Kontakt payvandlab qoplash usuli. Yeyilgan detallarni qayta tiklashda
metall kukunlaridan foydalanish hozirgi kunda juda katta qiziqish uyg’otmoqda,
chunki bunday materiallar yordamida asosiy detallarning xossalarini saqlashga va
oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Mashina detallarining yeyilgan yuzalarini kukunli kompozitsion materiallar
bilan kontakt payvandlash usuli, ularning yeyilishga bardoshliligini va
chidamliligini oshirishga mo’ljallangan.
Kontakt payvandlash usulning ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:
1.Ish unumining yuqoriligi;
2.Tiklanayotgan detallning qizimasligi;
3.Qayta tiklash jarayonida materialning iqtisod qilinishi;
4.Energiya sarfining kamayishi;
5.Sanitar-gigienik xavfsizlikning yaxshiligi.
Ushbu usul detallarning 0,1 dan 0,5 mm gacha qalinlikdagi lentalar bilan
qoplash imkonini beradi va 0,5 mm gacha yeyilgan detallar qayta tiklanishi
mumkin.
Ushbu usulning ish unumdorligi tebranmayoy usuliga qaraganda 3...5
barobar yuqoridir. Usulning afzalligi shundaki, qoplama yuzasidagi g’adirbudirliklar
nisbatan kichik bo’lganligi uchun mexanik ishlovga qolgan quyimlar
kichik va 0,1...0,5 mm dan oshmaydi.
Tok impulg’slari nihoyatda qisqa bo’lgani va sovutish suyuqligi
qullanilgani uchun asosiy detal qoplash jarayonida termik ta’sirga uchramaydi.
Payvandlash zonasida esa (impulg’sning termik ta’siri zonasi) metall toblanadi,
chunki uning hajmi impulg’s o’tishidan qiziydi va katta tezlikda soviydi. Termik
zonaning sovushi issiqlikning sovuq detalga o’tishi va qo’shimcha suyuqliklar
bilan sovutish hisobiga bo’ladi. SHunday qilib, ushbu usul bilan qayta tiklangan
detallar qo’shimcha toblashni talab qilmaydi va kerakli qattiqlikni qoplash
jarayonida oladi. Masalan, kam uglerodli po’latlarni payvandlaganda qoplama
qattiqligi 35HRC bo’ladi, o’rtacha uglerodli po’lat lenta (St. 40, St. 45) bilan
payvandlaganda 55HRC bo’ladi, ko’p uglerodli po’lat lenta 65G va U8A bilan
qoplanganda esa qattiqlik 65...68 HRC ga yetadi.
|