• Ishlab chiqarish amaliyoti HISOBOTI
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 0,86 Mb.
    bet1/5
    Sana19.06.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #264381
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    amaliyot xisoboti


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    ANDIJON MAShINASOZLIK INSTITUTI
    Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti

    Kafedra: Texnologik mashinalar va jihozlar


    Yoʻnalish: Texnologik mashinalar va jihozlar


    Ishlab chiqarish amaliyoti
    HISOBOTI

    Bajardi: Guruh ______________________ Kurs ________________________


    __________________________________________________________________
    (F.I.Sh.)
    _________________________
    (imzo)
    Tekshirdi:
    ________________________________________________________________
    (korxonadan amaliyot rahbari, F.I.Sh.)
    ______________________________ ___________________
    (baho) (imzo)
    M.Oʻ _____________
    (sana)
    __________________________________________________________________
    (kafyedradan amaliyot rahbari, F.I.Sh.)
    ______________________________ ___________________
    (baho) (imzo)
    _____________
    (sana)
    REJA

    1 Kirish.


    2 Texnologik qism.
    3 Korxonaning tarixi
    4 Texnologik jarayonning tavsifi.
    5 Hayotning xavfsizligini ta’minlash.
    6 Xulosa
    7 Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar roʻyxati

    1 Kirish.
    Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining qon tomiri deb hisoblanadigan temiryо‘l transport tizimlari orqali yuk va yо‘lovchilarni tashish eng xavfsiz va arzon usullardan biri hisoblanadi. Harakat tarkibining ishonchliligi hamda uzoq muddat davomida sifatli ishlashini ta’minlashga qaratilgan talablarning ortib borishi, sohada foydalanilayotgan texnik vositalarning ish unumdorligi va foydalanish samaradorligini oshirish, energiya, materiallar va ehtiyot qismlar sarfini kamaytirishga bо‘lgan talablar kun sayin ortib bormoqda. Bu borada, jumladan vagonlarning harakatlanishi natijasida tez yeyilib ishdan chiqadigan qismlari, xususan CA-3 turidagi avtotsepka detallarini ta’mirlash jarayonida maxsus qoplamali elektrodlar bilan eritib qoplab ish resursini oshiradigan payvandlash materiallarini yaratish va bu usullarni takomillashtirish hamda ularni ta’mirlash jarayonlariga keng miqyosda qо‘llash katta ahamiyat kasb etadi.
    Dunyoda xususan Germaniya, Rossiya, AQSH, Xitoy kabi kо‘plab rivojlangan mamlakatlarning yetakchi olimlari tomonidan poyezd vagonlarining xavfsiz, qulay harakatlanishini ta’minlash, texnik vositalarning ish unumdorligini oshirish, energiya, materiallar va extiyot qismlar sarfini kamaytirish, vagonlarning harakatlanishi natijasida tez yeyilib ishdan chiqadigan qismlari, xususan CA-3 turidagi avtotsepka detallarini ta’mirlash jarayonida maxsus qoplamali elektrodlar bilan eritib qoplab, ish resursini oshiradigan payvandlash materiallarini yaratish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida kо‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, jumladan, ta’mirlash jarayonidagi mavjud yeyilib ishdan chiqqan vagon detallarining ma’lum qismini ilg‘or texnologiyalar yordamida yangi payvandlash va maxsus qoplamali elektrodlar bilan payvandlab qoplab, yeyilishga chidamliligini oshirish usullarini ishlab chiqishga alohida e’tibor berilmoqda.
    Respublikamizda ham temir yо‘l transporti boshqaruvida funksional va hududiy yondashuvlarning о‘zaro yaqin aloqasini ta’minlaydigan mintaqaviy temir yо‘l uzellari barpo etilib, harakatdagi tarkib ta’minoti, uni ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda uning bazasini mustahkamlash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Yangi О‘zbekistonni yanada rivojlantirish bо‘yicha taraqqiyot strategiyasida «...Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yо‘l infratuzilmasini elektrlashtirish...»1 bо‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, vagonlarning yeyilgan detallarini innovatsion usuldan ishlab chiqarilgan maxsus qoplamali elektrodlar yordamida qayta tiklash orqali ish resursini bir necha barobarga oshirish, takomillashgan texnologiya va vositalarini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi PQ-3682-son «Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi, 2020 yil 21 avgustdagi PQ-4812-son «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qо‘llab-quvvatlashga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi hamda Vazirlar maxkamasining 2004 yil 3 avgustdagi 366-son «О‘zbekiston temir yо‘llari davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish» tо‘g‘risidagi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
    Andijon mexanika zavodining tarixi
    Andijon mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati «O‘ztemiryo‘lmashtaʼmir» unitar korxonasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda  “Andijon mexanika zavodi” ShK bosh korxonasi Andijon shahrida joylashgan bo‘lib, o‘zida nostandart, ehtiyot qismlar, yopiq vagonlar taʼmiri uchun yog‘ochni qayta ishlash va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish bo‘linmalaridan tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 80 foizdan ortig‘i mahalliylashtirilib, xalqaro bozorda muvaffaqiyatli sotilmoqda.

    Bugungi kunda “Andijon mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi bir qator yuk vagonlari ishlab chiqaradi va taʼmirlaydi, jumladan, don tashuvchi xopper vagonlar, mineral o‘g‘itlar tashuvchi xopper vagonlar, kimyoviy yuklarni tashish uchun sisternalar, suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashuvchi 15-9872 rusumli sisterna vagonlar va boshqalar.
    Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan xorijiy hamkorlar bilan qator shartnomalar tuzilib kelmoqda, hamda jahon darajasidagi mavqeni mustahkamlamoqda. Turkmaniston temir yo‘l transport vazirligi bilan 100 dona vagon platformalarni xizmat muddatini uzaytirib tsement tashuvchi vagonga modernizatsiya qilishga shartnoma imzolangan va vagonlar muvaffaqiyatli eksport qilindi, hamda 100 dona vagon sisternalarni kapital taʼmirlab xizmat muddatini 16 yilgacha uzaytirilgan. Bundan tashqari Turkmaniston Respublikasining qator logistika kompaniyalari bilan shartnomalar imzolab, yuk vagonlari qayta ishlab xizmat muddatlari uzaytirilib kelinmoqda.
    Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan eksport salohiyatini jadal rivojlantirish borasida qator ishlar olib borilmoqda ulardan biri, xalqaro standart ISO 9001 versiya 2000 yil" Sifatni boshqarish tizimi "joriy qilindi, hamda 2010 yil may oyidan ISO 9001:2008 Xalqaro sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda, 2007 yildan boshlab 4 o‘qli platformalarni tsement tashuvga, vagonlarga qayta jihozlash ishlari va temir yo‘l kesishmalari uchun to‘siq ( UZP ) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
    Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan sifat sohasidagi siyosatda alohida eʼtibor qaratilgan. Sho‘ba korxona tomonidan xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejment tizimmi yana-da rivojlantirish borasida qator vazifalarni o‘z zimmasiga olib, yuk vagonlarini taʼmirlash hajmini oshirish, va sotuv hajmini oshirishni rejalashtirgan.

    Download 0,86 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,86 Mb.