• Ish joyidagi yo`riqnoma
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 0,86 Mb.
    bet3/5
    Sana19.06.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #264381
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    amaliyot xisoboti

    ma’naviy yeyilish - mukammal konstruksiyaga ega vagonlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday vagonlar yuksak unumdorlik va iqtisodiy ko‘rsatgichlar, ekspluatasiya qulayligi bilan ajralib turadi .
    Avtosepka tarkibiy qismlariga doimiy yuqori bosim ostidagi kuchlanishlar ta’sir etib, bu zarbiy yuklamalar natijasida kichik siklli o‘qlar orasidagi siqilish, bukilish, sirpanish, yeyilish kabi omillar bilan xarakterlanadi .
    Avtosepka korpusining bir-biriga biriktirib turuvchi hamda zarbiy yuklamalarda yeyiluvchi ishchi yuzalari kichik tish 3 va unga tegib turuvchi qulf halqasi 1, shuningdek kichik tish 2 va katta tishning 4 tirab turuvchi yuzalaridan tashkil topgan Tarkibning harakatlanish vaqtida ajralib ketishini oldini olish maqsadida unga qulf biriktiriladi. Tortilish kuchini tortish xomutlari pona orqali korpusning orqa (dum) teshigi 5 qismiga uzatadi. Zarbiy yuklamalar tirgak so‘ndiruvchi qismi orqali avtosepkaning orqa (dum) 6 qismi yuzalariga uzatiladi . Shuningdek avtosepkaning orqa qismidagi markazlashtiruvchi balka 8 va tortish xomutlari bilan kontakt joylarida intensiv yeyilish vujudga keladi. Bu kontakt hududlaridagi yuklamalar mos ravishda 0,67-0,88 kg/ ni tashkil etib, ekspluatasiya jarayonidagi detallar turi va dinamik ta’sirlariga qarab yana ham ortishi mumkin
    Korxonada ish joyini to`g`ri tashkil qilishlikda biz «5S» talablariga amal qilgan xolda amalga oshiriladi.
    1. Ajratish – bu birinichi qadam bo`lib, asbob-uskuna (detal va anjom)larni tur-turiga va xil-xiliga karab, ajratishni bildiradi.
    2. Saralash – bu ikkinchi qadam bo`lib, ish joyimizdagi barcha narsalarni tur-turi va xil-xiliga ajratilgan kerakli narsalarni keraksizidan saralab, o`z joyiga tartib va qulay xolda qo`yish orqali amalga oshiriladi.
    3. Tozalik – bu uchinchi qadam bo`lib, ish joyimizdagi barcha jixoz, asbob uskuna, doska va pol qismlarini tozalikda ushlab turishilik, ya’ni kir, chang, xar xil kerakmas narsalarni bartaf qilishlik yo`li bilan tozalikni saqlash.
    4. Rioya qilish va Standartlashtirish – bu to`rtinchi qadam qadam bo`lib, ish joyini tashkil qilishni standart qilib olishimiz, ya’ni yuqoridagi talablarga doimiy rioya qilgan xolda amalga oshirish.
    5. (Doimiy takomillashtirish) - so`nggi beshinchi qadam bo`lib, shaxsiy intizom tizimida barcha ishchi xodimlar korxonamiz xududida uniforma va ish joyida ShXV (shaxsiy ximoya vositasi)larini kiyishi, ishga vaktida kelib ketishi, korxona ichki tartib qoidalariga rioya qilishi, biriktirilgan joyida ishlashini ta’minlagan xolda, doimiy o`zining malakasi va bilimini oshirishi, o`zini ustuda ishlash va rivojlanishi, ish joyini doimiy takomillashtirishni anglatadi.



    Ish joyidagi yo`riqnoma
    Hamma ishchilar kirish yo`riqnomasidan tashqari ish joyida ham yo`riqnoma, olishlari kerak. Buning maqsadi-to`g`ri va xavfsiz ish usullarini o`rgatishdan iborat. Bunda ishchiga uskuna , mexanizmlar, moslamalarning tuzilishi, tavsiflari, ishlash printsiplari o`rgatiladi, ehtimoliy xavflar va xavfsiz ishlash usullari, ish o`rnini tayyorlash haqida ma’lumotlar beriladi.
    Bu turdagi yo`riqnomani ishchiga bevosita raxbarlik qiladigan usta o`tkazadi. Zarur bo`lgan hollarda boshqa mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog, maxsus instruktorlar) o`tkazishi mumkin.
    Malakasi elektr tokidan uzoq bo`lgan xodimlarga elektr xavfsizligi bo`yicha yo`riqnoma berish bosh energetik xizmati mutaxassisi tomonidan bajariladi.
    Ish joyidagi yo`riqnoma tsex boshliqlari tuzgan, bosh muxandis tasdiqlagan dastur bo`yicha o`tkaziladi. Bunda kasaba uyushmasi ham ishtirok etadi.
    Xavfsiz ishlash bo`yicha yo`riqnomalar ishlab chiqish va ularni ishchilarga, ish o`rinlariga yetkazish tsex boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
    Bevosita ish o`rnida amaliy o`rgatish (stajirovka) bilan birga (birlamchi yo`riqnoma) , ishchini mustaqil tarzda ishga tushirishdan oldin yoki u ish o`rnini o`zgartirganda (ishlab chiqarish sharoiti o`zgarganda) o`tkazilishi kerak. Stajirovkani tajribali ishchi o`tkazadi. Buning uchun ishchini tajribali ishchiga biriktirish haqida tsex boshlig`i yozma ravishda ko`rsatma beradi, o`rgatish davomiyligi, o`rgatuvchi ma’sul shaxs (master) ko`rsatiladi. O`tkazilgan birlamchi yo`riqnoma maxsus jurnalga qayd etiladi.
    Ishchilar, malakasi va ish tajribasidan qat’i nazar, uzog`i bilan har 6 oyda xavfsiz ishlash usullari bo`yicha takroriy (davriy) yo`riqnomalar o`tishlari kerak. Bundan maqsad ishchining asosiy va tez-tez bajarib turadigan ishlari bo`yicha xavfsiz ishlash usullariga tegishli bilimlarini yangilash va to`ldirishdir.

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,86 Mb.