• Tabiiy yeyilish.
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 0,86 Mb.
    bet2/5
    Sana19.06.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #264381
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    amaliyot xisoboti

    2 Texnologik qism.
    Temir yo‘llarida harakatlanuvchi vagon detallarining yeyilish sabablari, turlari va miqdorlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning qisqacha sharxi
    Vagon detallarini yeyilishi asosan ishqalanish ta’sirida material qatlamlarini charchashi va yuklamalar, tashqi muhit harorati o‘zgarishi hamda metallning korroziyalanishi natijasida yuzaga keladi. Yeyilish detal yuzasining sifat o‘zgarishi, geometrik o‘lchamlar va shakl o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Bir qator adabiyotlarda yeyilishni tabiiy, avariyaviy va ma’naviy kabi turlariga ajratiladi
    Tabiiy yeyilish. Bunda qattiq jismning yuza qismini buzilishi, parchalanishi natijasida tashqi qatlamning tarkibi o‘zgaradi. U ishqalanish kuchi, yuqori harorat, atmosfera sharoitlari o‘zgarishi bilan paydo bo‘ladi.

    Tabiiy yeyilish, ishqalanib yeyilish, siqilish, eskirish, yedirilish, charchash, parchalanish, kimyoviy, elektrokimyoviy va issiqlik xossalarining ta’siri natijasida ro‘y beradi. Yeyilish va ishqalanish o‘zaro bir-biriga aloqador hodisalar bo‘lib, ikkita predmetning o‘zaro harakati davrida bir-biriga tegishi tufayli yuz beradi. Yuzalari bir-biriga tegib, sirpanishi tufayli ular quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi :
    sirpanishdagi ishqalanish - bunda bir predmetning ma’lum yuzasi boshqa detalning har xil yuzalariga tegadi;
    chayqalgandagi ishqalanish - bunda bitta detalning ketma-ket kelayotgan zonalari boshqa detalning ketma-ket kelayotgan zonalari bilan ishqalanadi, binobarin, bitta detalning oniy aylanish o‘qi boshqasinikiga nisbatan ketma-ket tegish zonasidan o‘tadi. Chayqalgandagi ishqalanish ezilish va uqalanish hodisalari bilan tavsiflanadi .
    Surtiluvchi material qatlamining qalinligi va ishqalanuvchi yuza xolati bo‘yicha ishqalanishning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar
    sof ishqalanish - faqat vakuumda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan begona aralashmalarsiz detallar ishqalanuvchi yuzalari orasida hosil bo‘luvchi ishqalanish;
    quruq ishqalanish - detallar ishqalanuvchi yuzalari oralarida hech qanday surtov qatlamlari bo‘lmagan holda hosil bo‘ladi;
    chegaraviy ishqalanish - qalinligi 0,1 mkm dan kam bo‘lgan surtuvli detallardagi ishqalanish;
    suyuqli ishqalanish - detallar yuza qatlamidagi suyuqlik (surtuv) bilan ajratilganki, unning yuzalarda molekulyar o‘zaro ta’sir kuzatilmaydi;
    qotib yeyilish - katta bo‘lmagan tezlikda (1 m/s dan pastda) katta bosimda sirpanib ishqalanish natijasida metalga moy surkalmaganda bosim kuchi metall oquvchanligi chegarasidan ortiq bo‘lganda ro‘y beradi. Bunda bir-biriga tegib, ishqalanayotgan yuzalarda plastik deformasiya vujudga keladi va metalda qotish ro‘y beradi;
    oksidlanuvchi yeyilish - tashqi muhit kislorodi bilan birlashgandagi yeyilish kuchi ta’sirida vujudga keladi. Bunda qatlamlarda plastik deformasiya hosil bo‘ladi va metalda havo kislorodi diffuziyasi kuzatiladi;
    issiqlik tufayli yeyilish - ishqalanuvchi yuzalar nisbatan katta (3 - 4 m/s dan katta) tezlikda va katta nisbiy bosimda harakatlanganda hosil bo‘luvchi issiqlik tufayli detalning yemirilishiga bardoshlilik qobiliyati-qarshiligi pasayishi natijasida detal yuza qatlami siljiydi va uning geometrik o‘lchamlari o‘zgaradi;
    jilviriy yeyilish - sirpanuvchi yuzalarda qattik jismlarning qirqish yoki tirnashi oqibatida paydo bo‘ladi. Qattik va bo‘laklar ko‘rinishidagi yuzalar qatlamining yemirilishi, moy bilan ifloslanishi, qirindi, chang, qum va boshqalar tufayli vujudga keladi. Bu turdagi yeyilish eng ko‘p tarqalgan tur xisoblanadi;
    kimyoviy yeyilish - havo kislorodi, kislota, ishqor, har-xil gazlar, elektr razryadi va bug‘lar ta’sirida vujudga keladi. Kimyoviy yeyilishga xos bo‘lgan xususiyat-metall korroziyasidir. Vagonlar, korrozion yeyilishga moyildir .
    Avariyaviy yeyilishda - detal va mexanizmlar o‘rnatilgan muddatdan avval ishdan chiqadi. Bunga asosiy sabab-vagon konstruksiyasining takomillashmaganligi, detallar materiallarining sifatsizligi, ekspluatasiya qilish qoidalarining buzilishi, e’tiborning pasayishi, ta’mir ishlarining past darajada bajarilganligi, yig‘ish chilangarlik ishlarining noto‘g‘ri olib borilganligi, metall «charchog‘i» ning mavjudligidir .

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,86 Mb.