• 15-MARUZA Katoddan elektronlar emissiyasi Reja
  • Termoelektron emissiya
  • Ayrim metallar uchun elektronning chiqish ishi
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 26,37 Mb.
    bet18/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Chiqish ishi. Katoddan elektronni uzib olish uchun elektronning katod musbat ionlari tomonidan tortib turish kuchlarini yengish kerak. Shuning uchun bu kuchlarni yengish uchun ma’lum miqdorda ish sarflash zarur. Bu ish miqdori chiqish ishi deb ataladi va elektron-voltlarda o‘lchanadi. Odatda chiqish ishi φ harfi bilan belgilanadi. Chiqish ishining kattaligi katodning materialiga va katodni qoplab turuvchi sirt plyonkalarining tarkibiga bog’liq. Agar kuchlanishning katodli tushishi chiqish ishining ikki karra kattaligidan katta bo‘lsa, u xolda ion katoddan bitta emas balki ikkita elektronni urib olish uchun yetarli energiya zaxirasiga ega bo‘ladi. (6-vaziyat).

    15-MARUZA
    Katoddan elektronlar emissiyasi
    Reja:
    1. Termoelektron emissiya.
    2. Avtoelektron emissiya.
    3. Anod sohasi
    Elektronlar katodni mustaqil tashlab ketishlari mumkin (5-vaziyat). Bunday jarayon elektron emissiyasi deb ataladi. Emissiyaning ikki turi farq qilinadi.
    Termoelektron emissiya. Katod qizitilganda elektronlarning issiqlik xarakati kuchayadi va ayrim elektronlar chiqish ishidan ortiqroq bo‘lgan kinetik energiya zaxirasiga ega bo‘ladi. Bu xolda elektron katod sirti chegaralaridan tashqariga uchib chiqishi mumkin.
    Termoelektron emissiyaning miqdoriy bog’lanishlari.
    Richardson-Deshman formulasi bilan aniqlanadi:

    bunda: j - termoelektron emissiya tokining zichligi;
    φ - chiqish ishi, e -v xisobida,
    K- Boltsman doimiysi, (1,38*10-23) j/grаd xisobida;
    А - Katod materialiga bog’liq doimiy (≈62,2  )
    Formuladan ko‘rinishicha termoelektron emissiya katodning xarorati ortganda kuchli ortadi.
    Ayrim metallar uchun elektronning chiqish ishi:
    17.1-jadval

    Metаll

    Elektronlаrning chiqish ishi, e-v

    Tozа sirt

    Oksidli sirt

    Kаliy

    2,02

    0,46

    Nаtriy

    2,12

    1,8

    Kаltsiy

    3,34

    1,7

    Bаriy

    2,29

    1,59

    Jelezo

    4,74

    3,92

    Volfrаm

    4,54

    -

    Shuni takidlash lozimki, katod sirtida ifloslanishlarning, ayniqsa oksidlar (K2O, CaO, BaO) ning mavjud bo‘lishi chiqish ishining kattaligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

    Download 26,37 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146




    Download 26,37 Mb.