• 16-MARUZA 15-mavzu. Yoyning energetik balansi Reja
  • Energiya sarfi.
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 26,37 Mb.
    bet19/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Avtoelektron emissiya. Katod sirti yaqinida kuchli elektr maydoni mavjud bo‘lganda katoddan elektronlar emissiyasi engillashadi, ya’ni elektronning chiqish ishi kamayadi.
    Bu xolda termoelektron va avtoelektron emissiyaning umumiy formulasi quyidagicha bo‘ladi:

    bunda
     ;  
    Yoy razryadlarida termoelektron emissiya qiyin eruvchan katodlarda ustuvor o‘rinni egallaydi (W, C). Boshqa katodlarda (Cu, Al, Fe va boshqalar) emissiyaning ikkala turi o‘rinli bo‘ladi.
    Anod soxasi. Katod sohasidagi kabi anod sohasida ham kuchlanish tushishlari mavjud, anodda - Uа; u elektronlarni anod tomonidan yutilishi tufayli ionlarning musbat xajmiy zaryad bilan vujudga keladi. Issiqlik xarakati natijasida anod soxasi chegarasiga uchib kelgan yoy ustuni ionlari anodlarning elektr maydoni tomonida qaytadan yoy ustuniga qaytarib tashlanadi (1-vaziyat). Yoy ustuni elektronlari uchib kelib anodning elektr maydoni tomonidan tortiladi (2-vaziyat) va kuchlanish tushishi anod soxasidan o‘tishda kinetik energiyani to‘plab, anodga urilib, bu energiyani anodga berib uni isitadi (3-vaziyat). Bunda elektronlar anod ichiga kiradi (4-vaziyat) bunda qo‘shimcha ravishda chiqish ishiga teng ma'lum miqdordagi energiya ajratadi, u xam anodni qizdirishga sarflanadi.
    Shunday qilib, anod sohasida xam elektr toki elektronlar tomonidan tashiladi.


    16-MARUZA
    15-mavzu. Yoyning energetik balansi
    Reja:
    1. Energiya sarfi.
    2. Yoy ustuni energiya balansi.
    3. Anoddagi energiya balansi.
    Yoyning energetik balansi va turli omillarning yoy balansi moddalarining o‘zgarishiga ta’siri elektr yoyli payvandlash amaliyoti uchun muxim axamiyatga ega, chunki elektrod materiallarining erish unumdorligini va payvandlanayotgan metallarning erishi jadalligini aniqlaydi.
    Yoyning energetik balansini katod, yoy ustuni, anod sohalariga xos bo‘lgan mos qismlarga bo‘lamiz.
    Katodda energetik balans.
    Balansni qismlarga ajratamiz: kirim va chiqim, ular issiqlik muvozanati shartlariga ko‘ra teng bo‘lishi kerak: elektron tokni yoydagi tokga nisbatini ƒ deb belgilaymiz.
    f= Je/Jyoy

    Jyoy - yoyning to‘liq toki


    ƒ∙Je - yoyning elektron toki ulushi
    (1-f) Jyoy - yoyning ion toki ulushi
    Uk, Uust, Ua - katodli, ustunli, anodli kuchlanish tushishi.
    Ui - ionizatsiya potentsiali, v-dа;
    φ - chiqish ishi,e - volt xisobida:
    e0 - elektron va ionning elementar zaryadi, birlik uchun qabul qilingan;
    Energiyaning kirishi:
    1. Ionlarning kinetik energiyasi:
    (1-f)Just∙Uk
    2. Ionlarni deionizatsiyalash energiyasi:
    (1-f)Jyoy∙Ui

    1. Yoy ustuni nurlanishi ulushi:

    k∙Ryoy k - katodga to‘g’ri keluvchi ustun nurlanishi ulushi.
    2. Kiruvchi energiya yig’indisi:
    (1-ƒ)(Uk+Ui)Jyoy+∆kRyoy
    Energiya sarfi.
    1. Elektronlarning katoddan chiqishi uchun energiya sarfi:
     
    2. Katod nurlanishiga energiya sarfi: Rk
    3. Katodni qizitish uchun energiya sarfi: Wk
    4. Jami energiya sarfi:  
    Yoy balansi kirimi, chiqimiga teng:


    Download 26,37 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146




    Download 26,37 Mb.