Injektorning ishdan chiqayotgan detallari va ularning sabablari.
Injektorning asosiy ishdan chiqayotgan detallari klapan va filtrlaridir. Filtr injektorga kirayotgan yonilg`ining yomonligi sababli to`lib qolmoqda, bu esa tsilindrlarga yonuvchi aralashmani yetarli darajada kirmasligiga olib keladi. Klapan esa injektorning uch qismi bilan ishqalanish natijasida yeyilib ketmoqda. Shu sababli injektorda yonilg`i purkash o`rniga yonilg`ini tomchilatib o`tkazmoqda. Bu narsa yonilg`ining sarfiga katta ta’sir ko`rsatadi.
Yonilg`i forsinkasi EV1. 3C 0280150711 (BOSCH)
Forsinka dvigatel tsilindirini kiritish klapini tomoniga yonilg`ini tozalash va changlatish uchun mo`ljallangan. Forsinka tez ta’sir etuvchi elektromagnit ta’sirida xarakatga keluvchi yoqilg`i chiqish teshigiga prislanib turuvchi gidravlik klapinga ega. Forsinkaning konstruktiv sxemasi ignasimon klapin va butun korpus bo`ylab joylashgan elektro magnitdan iborat. g`altak elektro magniti ishlamayotgan holda klapan pruxsinalar bilan itarilib klapin egariga jipslashgan bo`ladi. g`altakning uchlari, korpus bilan elektr bog`lanish bo`lmasligi uchun izolyatsiyalangan holatda tashqariga chiqarilgan yonilg`i, yonilg`i ramasidan kirish shtutseri orqali forsinka korpusi ichiga qo`shimcha to`r filter orqali kirib boradi. forsinkani himoyalovchi qismi changlatuvchi va klapan teshiklari ifloslanishidan saqlaydi. Changlatishning tozalash qismi, eni 0,075mmli xalqasimon teshik ko`rinishida bo`ladi. Forsinkaning elektr iste’moli asosiy rele orqali tashqi tarmoqdan olinadi. Forsinkani ishga tushurish, boshqaruv blokining kuch kanali orqali chulg`amni massaga qisqa tutashuv qilish yo`li bilan amalga oshiriladi. Magistraldagi, doimiy bosim ostidagi yonilg`i va elektro magnit iste’mol qilayotgan kuchlanish va dozalanuvchi yonilg`i xajmi, forsinkani ulanishini boshqarayotgan inpuls davomiyligiga proportsional. Purkash davomiyligi, dvigatel ishga tushushiga 100 milli sekuntdan, salt yurish rexsimida bir necha milli sekuntgacha cho`ziladi. Salt yurish rexsimida boshqaruv bloki forsinkani o`chirib qo`yadi, dvigatelga yonilg`i uzatishning to`xtatadi. Bu esa o`z navbatida qo`shimcha yonilg`i iqtisodini ta`minlaylaydi.
Konstruktsiyaga binoan elektro mexanizm qo`yidagi elementlardan tashkil topgan.
Elektromagnit chulg`ami va proxsini ostidagi ignasimon klapanni o`z ichiga oluvchi, kiritish va chiqarish shtutseri mavjud bo`lgan korpus.
Shtutserlar oxirida zichlashtiruvchi rezinkali xalqalan.
Ulanish uchun ikki kontektiv vilkka korpusga preslangan.
|