Injektsion ta’minot tizimida shlangli filtrning ahamiyati




Download 1,7 Mb.
bet20/35
Sana15.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#15047
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Injektsion ta’minot tizimida shlangli filtrning ahamiyati
Shlangli filtr 3 qismga bo`linadi;

1- qismi avtomobilga yonilg`i quyish bo`g`zi va filtrning boshlanish qismi.

2-qismi 1-filtr bo`g`zidan 2-filtrlarining bo`g`zigacha bo`lgan qism.

3-qismi shlangli filtrni 2-filtrlari bo`g`zining boshlang`ich qismi va shlangning oxiri.

Bundan tashqari shlangli filtrni 3-xil ahamiyatli masofaviy qismlarga bo`linadi.

1-ahamiyatli masofa qismi. Avtomobil bakiga yonilg`i quyish bo`g`zini berkituvchi qopqoq bilan zichlagich rezinaning bir-biriga birlashtirib turuvchi zanjirli qismi. Zanjirning vazifasi agar shlangli filtrlari to`lganda yoki almashtirish lozim bo`lsa shlangli filtrni yonilg`i quyish yo`li (truboprovod) dan sug`irib olishga mo`ljallangan.

2-ahamiyatli masofa qismi. Avtomobil bakiga yonilg`i quyish bo`g`zini berkituvchi qopqoq va shlangli filtrni bir biri Bilan birlashgan qismidan to 1-filtrning filtri oxirigacha bo`lgan masofa. Bu masofa uzunligi 47 sm ga teng. Bu masofaning uzun bo`lishiga sababi bor. Sababi xar qanday suyuqlikni ma`lum bir uzunlikka ega bulgan filtrdan o`tkazilganda suyuqlikda filtrdan o`tish paytida filtr oxirgi qismida to`xtalish, suyuqlik va filtrlovchi elementning setkasi bilan urilib filtrdan o`tayotgan suyuqlik tezligi bir oz sekinlashib o`tadi natijada; Agar filtrning filtrlovchi elementi bilan shlang filtr orasidagi masofasi uzun bo`lsa filtrdan suyuqlik toshmay ravon o`tadi; Agar filtrning filtrlovchi element shlang filtr masofa qisqa bo`lsa suyuqlik toshib ketadi. Suyuqlikni shlang filtr toshib ketishiga suyuqlikni shlang filtrga qanday bosimda kirayotganiga ham bog`liq.

3- ahamyatli masofa qismi. 1-filtr bilan 2- filtrlar orasidagi masofa, bular orasidagi masofa 52 sm bo`lib, masofani 52 sm uzunlikka egaligi sababi 1-filtrning filtrlovchi elementlarining dag`alligi 2-filtrning dag`alligiga qaraganda pastroq, shuning uchun 1 va 2-filtrlar orasidagi masofani uzunligi aytib o`tganimdek suyuqlikning filtr bilan to`qnashish hisobiga yonilg`i filtridan o`tishida tiqilib qolishi mumkin.

Shlang filtrning 3-qismga bo`linadi deb o`tdim, chunki filtrga tiqilga chiqindilarni tozalash yoki almashtirish lozim bo`ladi. SHlang filtrning filtrlarini tozalash yoki almashtirish oson bo`lishi uchun filtrlarni shlangdan ajratib olishi mumkin bo`lishi uchun filьtlarni bosh qismlariga rezbali plastmassani va filtrlarning shlang bilan ulanish qismiga ham plastmassali rezba o`rnatiladi.

Shlang filtrning 3 xil dag`allikdagi filtri bor. Bu filtrlar yonilg`i tarkibidagi mexanik aralashma va shu kabi chiqindilarni o`zida ushlab qolib yonilg`i ta’minot tizimidagi qismlari ishonchli ishlashini ta`minlaydi.



  1. filtrning dag`alligi –5mkm

  2. filtrning dag`alligi – 8mkm

  3. filtrning dag`alligi – 10mkm

Shlang filtrining tayyorlanadigan maxsulot bu avtomobilsozlikda keng ko`lamda qo`llanilayotgan neft maxsulotlariga chidamli rezina kauchuk asosli materiallardan tayyorlanadi.

Avtomobillarning yonilg`i ta’minot tizimlarida yuzaga kelayotgan buzuqliklar nafaqat yonilg`i, ishqalanish yeyilish va iqlim sharoitlariga, balki avtomobildan foydalanayotgan haydovchilarning o`ziga ham bog`liq.

Haydovchilarning avtomobildan foydalanish davomida avtomobilning texnik holatiga e`tiborsizligi sababli nafaqat yonilg`i ta’minot tizimlari, balki avtomobilning umumiy tuzilishidagi detal va uzellari buzilmoqda. Bunday buzuqliklarning yuzaga kelmasligi uchun haydovchi o`z vaqtida avtomobilning texnik qarovini o`tkazishi, qo`llanilayotgan yonilg`i sifatiga e`tibor berishi lozim.

Benzinni tashish, saqlash va berishda yong`inga qarshi barcha xavfsizlik choralari ko`rilishi lozim. Benzinni elektr uchquni chiqib (ishqalish ta’sirida yonilg`ining zaryadlanishi tufayli elektr uchquni chiqishi mumkin) alanganlanishdan saqlash uchun, rezervuar, shlanga va jo`mraklar yerga tutashtirilishi kerak. Metallga metall urilishidan saklanish uchun idishning probkasi va lyukini burab ochishda metall asboblar ishlatish taqiqlanadi. Benzin saqlanadigan joy va benzin tashiydigan avtomobillar yong`inga qarshi inventarlar bilan uskunalanishi lozim.

Benzinning xozirgi kunda davlat standartiga va yonilg`ini saqlash ularni tashish jarayonlari yomonligi sababli, avtomobilьning yonilg`i ta’minot tizimi va dvigatellarning ishonchli ishlashiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda.

Yonilg`ini saqlash jarayonlarida benzokalonkalardagi talab darajasi pastligi, yonilg`i tsisternalarining joylashishi ochiqlikdaligi ularda qo`llanilayotgan filtrlovchi elementlarga e`tibor berilmasligi, tsisternalarni o`z vaqtida xavfsizlik qarovlarini, ularning tozalash jarayonlariga e`tibor berilmayotganligi, yonilg`ini sifatiga ta’sir ko`rsatmoqda. Tsisternalarni o`z vaqtida tozalanmasligi sababli yonilg`idagi mexanik qo`shimchalar, zararli metall zarrachalar, mazutlar to`planib va shu kabilarni yonilg`ida ortib ketayotgani salbiy ta’sir ko`rsatmoqda. Filtrlarga e`tiborsizlik tufayli yonilg`i avtomobilьga tsisternada qay h olda bo`lsa, shu holda haydab berilmoqda. Avtotsisternalardagi yonilg`i oluvchi nasos quyish jo`mragiga o`rnatilgan flьtrlarni tozalash va almashtirish o`z vaqtida bo`lmayotganligi va avtotsisternalarning tsisternalari tozalanmayotganligi sababli yonilg`i sifati yomonlashmoqda.


Olimlarning olib borgan izlanishlari shuni ko`rsatmoqdaki, avtomobilga texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta’mirlash ishlarining 90 % dan ortig`i yonilg`ini elektron purkash tizimiga to`g`ri kelmoqda. Ushbu harajatlarni kamaytirish uchun ikki yonilg`ili tizimga o`tkazish va forsunkalarni joriy ta’mirlashda yangi uslub va vositalarini topish hamda ulardan kasbkorona foydalanishda ilmiy amaliy ko`nikmalarni shakllantirish kerak bo`ladi.

Hozirgi mavjud ta’mirlash uslub va vositalar bu forsunkalar uchun to`g`ri kelmaydi, sababi ularning samaradorligi past. Mazkur diplom loyixasining vazifasi “GM-O`zbekiston” va boshqa firmalarning yonilg`i elektron purkash tizimli avtomobillarning ikki yonilg`ili tizimga o`tkazish va forsunkalarini ta’mirlash va TXK uchun yangi samarali usul hamda texnik vositalarini topishdir.

Mazkur diplom loyixasida bajariladigan ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iboratdir:

“GM-O`zbekiston” va boshqa ikki yonilg`ini elektron purkash tizimli avtomobillarining forunkalarini ekspluatatsion ishochliligini tekshirish.

Ikki yonilg`ili ta’minlash tizimiga TXK vositalari va usullarini tahlil qilish.

Ikki yonilg`ili ta’minlash tizimi qismlarini yuvish va tozalash texnologiyasini yaratish.

Ikki yonilg`ili ta’minlash tizimiga TXKning hozirgacha mavjud va yangi tavsiya etilayotgan vositalari hamda usullarini o`zaro taqqoslash.

Avtoservis korxonalari uchun “GM-O`zbekiston” va boshqa firmalarning ikki yonilg`ili yonilg`ini elektron purkash tizimli avtomobillarning ta’minlash tizimlarini ta’mirlash, TXK vositalari va usullari bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish.




Download 1,7 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Download 1,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Injektsion ta’minot tizimida shlangli filtrning ahamiyati

Download 1,7 Mb.