Xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlovchi tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash
Kirish instruktaji nazorat kartochkada hisobga olinadi va ishchining shaxsiy hujjatida saqlanadi. Qolgan hamma instruktajlar xavfsizlik texnikasi bo’yicha instruktaj qayd qilinadigan jurnalda hisobga olinadi, u tegishli ishlab chiqarish bo’linmasining boshlig’ida saqlanadi. Jurnalda instruktaj o’tkazilgan sana, uning turi va temasi, instruktaj olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va kasbi, instruktaj o’tkazgan shaxsning familiyasi va vazifasi, shuningdek, ulandan tashqari instruktaj o’tkazish sababi ko’rsatiladi. Instruktaj oluvchi ham, instruktaj o’tkazuvchi ham instruktaj o’tkazilganini tasdiqlab o’z imzolarini ko’yadilar.
Ishchilar xar yili xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha ishlab turgan kurslarga qatnaydilar. Tinglovchilarning bilimlarini xo’jalikda tuziladigan komissiya tekshiradi. Elektroustanovkalar, kozonlar, yuk ko’tarish mashinalari va bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko’rsatuvchilar maxsus kurslarda ta’lim oladilar. Shuningdek, ta’lim oluvchini tajribali xodimga biriktirib quyib, buni buyruk yoki farmoyish bilan rasmiylashtirish mumkin. Elektroustanovkalarning xodimlari instruktaj o’tishdan tashqari, xar yili ularning xavfsizlik texnikasi bo’yicha bilimi tekshiriladi. Elektroustanovkalardagi o’erativ xodimlar uchun (ulash, uzish saklagichlarning suyuklanuvchan kuymalarini almashtirish va xokazo ishlarni bajaruvchilar uchun) ta’lim olish va bilimlarini tekshirishdan tashqari, stajerlik davridan o’tish, ya’ni yangi xodim tajribali xodimning ishtirokida va kontroli ostida hamma o’eratsiyalarni bajarishi shart (dublyorlik davri). Stajirovkaga undan keyin esa mustaqil ishga quyish uchun korxonga bo’yicha (injener - texnik xodimlar uchun ) yoki sex bo`yicha (ishchilar uchun) buyruq chiqariladi. Odatda dublerlik vaqti ikki xaftadan kam bo’lmasligi, bir oydan oshmasligi kerak.
Xavfsiz ishlash usullarini targ’ibot qilish uchun korxonalarda xavfsizlik texnikasi bo’yicha kabinetlar tashkil qilinib, ular gruppaviy instruktajlar o’tkazish, o’quv filmlarini ko`rishga muljallab jixozlanadi. Ayrim bo’linmalarda xavfsizlik texnikasiga oid ko`rgazmali qo`llanmalar bilan jixozlangan vitrinalar va burchaklar tashkil qilinadi.
Mehnat muxofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablaglar hisobiga ta’mirlanadi:
Davlat va markazlashtirilmagan kapital mablaglar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamgarmasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilish jamgarmasi hamda korxona jamgarmasi;
Agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo’lsa - amortizatsiya jamgarmasi ;
Agar xarajatlar kapital xarajatlar bo’lsa- asosiy faoliyat, sex va umum xarajatlari mablag’lari;
Yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar.
Avtotransport va avtoservis korxonalarida mehnat muxofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma’muriyati maxalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, 5 yillik yoki ko’p yillik rejalardan tashkil topadi.
Mehnat muxofazasiga oid tadbirlar korxonada mehnat muxofazasiga oid nomenklaturasining yillik plani asososida o’tkaziladi, bu tadbirlar kelgusi yilning kollektiv shartnomasiga ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasidagi aloxida kelishuv tarzida kiritiladi. Kollektiv shartnomasi tuzilmaydigan korxona va xo’jaliklarda mehnat muxofazasi yuzasidan mustaqil shartnoma tuziladi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish-moliya planlarida bu maqsadlar uchun quyidagi mablag’ ajratmalar ko’zda tutiladi: mehnat muxofazasini takomillashtirish uchun qilinadigan xarajatlar kapital xasoblanganda kapital quyilmalarning mablag’ bilan ta’minlash manbalari, shu jumladan xo’jalikni mustaxkamlash va kengaytirish fondi hisobiga; tadbirlar korxonaning asosiy vositalarini kapital remont qilish doirasida amalga oshirilganda amortizatsiya fondi hisobiga, agar xarajatlar kapital xarakterda bo’lmasa, (nakladnoy) xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan mablag’lar hisobiga, agar nomenklatura tadbirlar yangi texnikani joriy qilish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan qilinadigan xarajatlarga, bank beradigan kredit xarajatlar kompleksiga, bank krediti hisobiga.
Shartnomaga birinchi navbatda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlargina kiritiladi, ishlab chiqarish zarurati taqozo qiladigan va mehnat sharoitini shunchaki yaxshilaydigan tadbirlar esa kiritilmaydi (ular tashkiliy-texnikaviy tadbirlar planiga kiritilib, kollektiv shartnomasiga qo’shib qo’yiladi. Shartnomaga, shuningdek, ventelyatsiya, ixotalar, dushxonalari va boshqa sanitariya-maishiy qurilmalarni joriy remont qilish, ishchilarni karjoma individual ximoya vositalari, sut, sovun bilan ta’minlash, ship devor va asbob-uskunalarni oqlash va yoki rang berib bo’yash, territoriyalarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, piyodalar yuradigan yo’laklarni asfaltlash va asosiy maqsadi korxona atrofida joylashgan turar joy rayonlari uchun normal sanitariya sharoiti yaratish bo’yicha xavo hamda suv basseynlarini ifloslanishdan saqlashga qaratilgan tadbirlar kiritilmaydi.
Nomenklatura tadbirlarni uch bo`limga bo`lish mumkin:
|