HAYOTIY FAOLIYATI XAVFSIZLIGI




Download 1,7 Mb.
bet27/35
Sana15.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#15047
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
4. HAYOTIY FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Avtotransport va ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasbiy kasallanishlarni kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muxofazasi bo`yicha ishlarni amalga oshirish va tadbirlarni o`tkazish ishiga umumiy raxbarlik hamda bu ishga javobgarlik korxona direktori va uning o`rinbosari-bosh muhandis zimmasiga yuklatiladi.

Avtotransport va ishlab chiqarish korxonalari uchun xavfsizlik yo`llari va ishlab chiqarish sanitariyasining namunaviy qoidalariga muvofiq korxona ma’muriyati zimmasiga xavfsiz ishlash usullaridan yo`l-yo`riq berish va o`qitish vazifasi yuklatilgan.

Ishlab chiqarishda shikastlanishlarni kamaytirish va ularning oldini olish uchun ishchilarni xavfsizlik yo`llariga va xavfsiz ishlash usulariga o`rnatish (instruktajlash) quyidagi tartibda olib boriladi: ishga kirish vaqtida kirish yo’l-yo’rig’i; ish o’rnida yo’l- yo’riq; takroriy yo’l- yo’riq; rejasiz yo’l- yo’riq va xavfsizlik yo’llari o’rgatiladi.



Kirish yo`l-yo`rig`i. Kelgan hamma ishchi- xizmatchilar, ishlab chiqarish amaliyoti o`tashga yuborilgan oliygoxlar talabalari, texnikumlar, xunar-texnika bilim yurtlari va maktab o’quvchilari, albatta, kirish yo`l-yo`rig`ini olishlari zarur. Kirish yo`l-yo`rig`idan maqsad - ishga yangi kelgan ishchi yoki ishlab chiqarish amaliyotini o’taydigan yoshlarga xavfsizlik yo’llari hamda ishlab chiqarish sanitariyasidan bilimlar berish. Kirish yo’l-yo’rig’ini, odatda, xavfsizlik yo’llari bo’yicha yo’riqni muhandis, bosh muhandis tasdiqlangan dastur bo’yicha beradi. Mashg’ulotlar ko’rgazmali qo’llanmalar bilan jixozlangan xavfsizlik yo’llari xonasida, ko’pchilik bilan yoki yakka tartibda, lektsiyalar, suxbatlar yoki savol-javoblar tarzida o’tkaziladi.

Kirish yo`l-yo`rig`ida ishga yangi kelganlar, mehnat konunlarining asosiy nizomlari, ichki tartib qoidalari bilan, ushbu korxonaning xususiyatlari, yakka tartibdagi ximoyalash vositalari va karjomadan foydalanish qoidalari, elektr xavfsizligi hamda yong’indan ximoyalash qoidalari, ko’ngilsiz xodisa ro’y berganda birinchi yordamni ko’rsatish tadbirlari bilan tanishtiradilar.

Kirish yo`l-yo`rig`i berilgandan so`ng ishchi uchun nazorat varaqasi to’lg’azilib, unga beriladi. Keyin ishchi ish o’rnida yo’l-yo’riq olish uchun sex boshlig’i oldiga yuboriladi.

Ish o’rnidagi birinchi yo`l-yo`riq xar bir ishchidan alohida o’tkaziladi va uning mustaqil ishlashga qo’yilganligi to`g`risida nazorat hamda xavfsizlik yo’llaridan yo`l-yo`riq berilganligini qayd qilish daftariga yozib qo’yiladi. Bu daftar sex ustasi yoki boshliqda saqlanadi.

Ishlab chiqarish korxonalarida takroriy yo`l-yo`riq malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, hamma xodimlar uchun kamida uch oyda bir marta o’tkaziladi. Takroriy yo’l- yo’riq xavfsiz ishlash usullari va yo’llaridan ilgari olingan bilimlarni yaxshiroq o’zlashtirish hamda mustaxkamlash uchun zarur. U yakka tartibda ham, bir yo’la bir necha ishchi bilan ham o’tkazilishi mumkin. Shundan so’ng takroriy yo’l-yo’riqni o’tkazish natijalari maxsus daftarda qayd qilinadi.

Rejasiz yo`l-yo`riq mehnat sharoiti, texnologik jarayon o’zgarganda, uskunalar almashtirilganda ishchi xizmatchilar noto’g’ri yoki xavfli mehnat usullaridan foydalanganda va xavfsizlik yo’llari qoidalarini buzishlari natijasida ko’ngilsiz xodisalar yuz berganda yoki kasbiy kasallanishlar kuzatilganda sex boshlig’i yoki ustasi tomonidan o’tkaziladi.

Avtomobil korxonalarida yo’piq idishlar, quduqlar, xandaklar ichida, balandlikda o’ta xavfli hisoblangan qator tuzatish yoki umum qurilish ishlarini bajarishga to’g’ri keladi. Bunday ishlarni bajarishdan oldin ishchilarga ruxsat etuvchi maxsus yo’riqnoma yozib berilishi, ularda barcha turlardagi, shu jumladan, qo’shimcha yo’l-yo’riqlarning o’tkazilganligi yozilgan bo’lishi va barcha zarur extiyotkorlik choralari qayd qilingan bo’lishi kerak.



Download 1,7 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Download 1,7 Mb.