3.2. Tabiiy omillar
Respublikamizda avtomobil transporti bilan yuk tashish 1990 yilda 300 mln t. ni tashkil qilgan bo`lsa, 2008 yilga kelib bu ko`rsatkich 700 mln t. ga yetdi. U umumiy yuk tashish hajmining 60% ni tashkil etdi. Kelajakda bu ko`rsatkich yanada ortishi ko`zda tutilgan.
Avtomobillarning uzel va detallarining ish qobiliyatiga bevosita ta’sir etadigan tabiiy omillarga quyidagilar kiradi: atrof- muxit harorati, havoning nisbiy namligi, chang, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, tashqi muxitning agressivligi.
Bulardan atrof- muhit harorati avtomobil dvigatellarining ishlashi uchun ayniqsa ko`p ta’sir o`tkazadi. Chunki haroratning yuqoriligi, hamda kunduz va tundagi haroratning tubdan farq qilishi dvigatellarni bir maromda ishlashiga to`sqinlik qiladi. Yoz fasli 115-160 kun davom etib,. bunda o`rtacha oylik harorat + 400S ni, maksimal sutkali harorat esa + 800S gacha borgani kuzatilgan [16].
Havoning nisbiy namligi- 43-75% ni tashkil etadi. Changning 1 m3 havodagi miqdori 0,01 dan 15 g/m3 gacha bo`lishi mumkin. Chang tarkibidagi har qanday qattiq zarracha avtomobilь dvigateli uchun havfli hisoblanadi, ulardan ayniqsa Kremniy oksidi ishqalanuvchi detallarning tez yeyilishiga olib keladi (jadv. 1).
Jadval. 1
Havodagi chang zarralari, %
Yo`ldan balandlik, m
|
Zarracha tarkibi
|
Zarracha o`lchami, mkm
|
SiO2
|
Al2O3
FeO
CaO
|
Boshqa elementlar
|
5 gacha
|
5-10
|
10-50
|
50 dan katta
|
0,45
|
30-50
|
55-65
|
5-10
|
8,9
|
38
|
41,5
|
11,6
|
0,65
|
50-60
|
40-45
|
0-5
|
19
|
48
|
28,7
|
5,3
|
Atmosfera bosimi dvigatel ishi uchun bosh omillardan hisoblanadi. Ayniqsa baland tog` yo`llarida atmosfera bosimi kamayib dvigatel ishi uchun yetarli havo yetkazib berish qiyin bo`lib qoladi. Masalan balandlik dengiz sathidan 0 dan 2000 m gacha ortsa atmosfera bosimi 0,098 mPa dan 0,077 mPa gacha, harorat +15 dan +20S gacha va havoning zichligi 20 % gacha kamayadi.
Quyosh radiatsiyasi avtomobilning elektron boshqaruv blokiga salbiy ta’sir o`tkazadi. Quyoshning charaqlashi yiliga 2690 dan 2750 soatgacha, quyosh radiatsiyasi esa 280 dan 300 Vt/m ni tashkil etadi.
Vatanimiz xududining iqlim sharoiti quruq, tog`li va cho`l zonalaridan iborat bo`lganligi, havo bosimini o`zgarishi va eng asosiysi havo tarkibidagi chang miqdorining ko`pligidir. Chang tarkibidagi abraziv zarralar avtomobilь detallarining yeyilishini jadallashtiradi va buning oqibatida ularning ekspluatatsion ishonchliligi pasayadi. Shuningdek, abraziv zarralar yonilg`i bilan birga dvigatel tsilindrlari ichiga tushib, uni ishdan chiqishini tezlashtiradi. Chang zarralari yonilg`i tarkibiga havo orqali, yonilg`ini bir joydan ikkinchi joyga tashishda, avtomobilga quyishda va boshqa bir qancha sharoitlarda tushishi mumkin. Shuning uchun “GM-O`zbekiston” qo`shma korxonasida ishlab chiqrilayotgan avtomobillarning O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston iqlim sharoitida ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammolari dolzarb masalalardandir.
Ma’lumki, avtomobil uzel va qismlarni odatda mo`tadil iqlim sharoitlar uchun loyixalanadi va ishlab chiqariladi, lekin ularni ekspluatatsiya qilish davrida har hil ekstremal, jumladan yuqorida ko`rsatilagn sharoitlarda ishlatishga to`g`ri keladi. Ayniqsa, bunday hollarda avtomobilning IYoDlarining asosiy ko`rsatkichlari pasayadi. SHuning uchun ham, IYoD va uning qismlarini bizning sharoitimizda, ya`ni, iqlimi issiq, atmosfera bosimi past va havoda chang miqdori ko`p sharoitda ishlashi tufayli ularning ekspluatatsion ko`rsatkichlarni salbiy tomonga o`zgarish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish usullarini yaratish zarur.
Vatanimiz iqlim va yo`l sharoitlarini hisobga olgan holda qator olimlar tomonidan avtomobilь ish qobiliyatiga ta’sir etuvchi mintaqaviy omillarni tadqiqotlash bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan, bulardan S.M.Kodirov [17], M.M.Mukadirovlar [18], V.A.Akopov [19], N.T.Karimxodjaev [20], K.Ibroximov, X.Rasulov [21] va boshqalardir. Ammo, bu olimlar olib borgan ishlar mustaqilligimizgacha ishlab chikarilgan, ya`ni "sobiq Ittifoq" avtomobillarining ishlash qobiliyati bo`yicha bajarilgan. Ushbu avtomobillardan zamonaviy yengil avtomobillarning konstruktiv tuzilishi va ekspluatatsion ko`rsatkichlari yetarli darajada farq qiladi. SHuning uchun ham, mazkur dissertatsiya ishi maqsadiga erishish uchun zamonaviy yengil avtomoillar ishlash qobiliyatiga ta’sir etuvchi konstruktiv va ekspluatatsion omillarni taxlil qilishga va buning uchun aloxida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishimizga to`g`ri keldi.
|