Mashinasozlik




Download 1,7 Mb.
bet24/35
Sana15.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#15047
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
3.3. Konstruktiv omillar

Avtomobil- murakkab sistema bo`lib, u birgalikda ishlaydigan agregat, mexanizm va detallardan tashkil topgan. Zamonaviy yengil avtomobil o`rtacha 15-18 mingta. detallardan tashkil topgan va ulardan 200-300 tasi ishlatish mobaynida o`zining ish qobiliyatini yo`qotadi. Ularning ishlash muddati avtomobilnikidan kam bo`lib, ular ekspluatatsiyada doimo diqqat markazida bo`ladi va ular ishonchlilik tomonidan “kritik” detallar bo`lib, ular boshqalarga qaraganda tez almashtiriladi va avtomobillarni to`xtab qolishiga sabab bo`ladi. Natijada avtomobillarning ekspluatsion xarajatlari ortib ketadi.



Engil avtomobillarning eksplatatsion xarajatlari ortib ketishiga eng ko`p omillar uning IYoDlir. Uning 3 ta tizimi, ya`ngi ta`minlash, sovutish va moylash tizimlarining ishlash qobiliyati xarajatlarning o`zgarishiga to`g`ridan-to`g`ri ta’sir etadi (2-rasm). Yangi ishlab chiqarilayotgan zamonaviy yengil avtomobillarda bu tizimlardan tashqari Elektron boshqaruv qurilmasi (EBQ) va injektor majudki, ular xarajatlarning o`zgarishiga yanada ko`proq ta’sir o`tkazadi.

3-rasm. Xarjatlarga IYoDning ta’siri


Statistik ma’lumotlarga tayanadigan bo`lsak, agar 2000 yilda dunyodagi ishlab siqarilayotgan yengil avtomobillarning 45 % karbyuratorli ichki yonuv dvigatellari bilan ta`minlangan bo`lsa [22], 2007 yil dekabr oyiga kelib, ko`rsatkich 75% ni tashkil etmoqda. Demak, bugungi kunda ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishimiz uchun EBQga ega bo`lgan avtomobillarning turlari va ularning texnik- iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobga olishimiz kerak bo`ladi.

Bugungi kunda Citroen Xsara 1.6i SX, Fiat Marea 1.8 ELX, Ford Focus 1.6, Honda Civic 1.4 i S, Mazda 323, 1.5 GLX, Merc-Benz A 500, Nissan Almera 1.6 SLX, Opel Astra 1.6i 16 V, Skoda Oktavia 1.6, Suzuki Baleno 1.6i yengil avtomobillari va “GM-Uz” ning “Damas” rusumli avtomobilidan boshqa barcha modellari injektorli yonilg`i purkash sistemalari bilan ta’minlangan[22-26].



Misol tariqasida “Jentra” avtomobilining yonilg`i purkash tizimini ko`rib chiqamiz (4- rasm).

4-rasm. “Jentra” avtomobilining umumiy ko`rinigi



5- rasm. Yonilg`ini purkash sistemasining sxemasi



Ushbu yonilgi purkash sistemasida elektoron blok 1 boshkaruvining markaziy elementi xisoblanadi. U mikrokompyuter asosida yaratilgan bulib, elekromagnitli forsunkalar 2 ga (5- rasm) buyruk beradi, ular esa xar kaysi tsilindrning kiritish kuvurlariga uzlukli ravishda yonilgi purkaydi. Purkash tsiklining davomiyligini belgilovchi buyruk signali xavo sarfi datchigi 4 va aylanish chastotasi datchigi 12 ning signallari asosida, atrof muxit xaroratini (datchik 13), drossel zaslonkaning vaziyatini (datchik 5) va shu kabilarni xisobga olgan xolda xosil kilinadi. Yonilgi forsunkalarga elektr motr 9 li nasos 8 vositasida 200...300 kPa bosim bilan uzatiladi. Bunday bosim rostlagich 11 yordamida rostlab turiladi. Ishga tushirish davri uchun forsunka 3 kuzda tutilgan bulib, u kiritish kollektorining markaziga urnatilgan.

6- rasm. Injektor sxemasi



Download 1,7 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Download 1,7 Mb.