3.4. Ekspluatatsion omillar
Yengil avtomobillar ishlash qobiliyatiga ta’sir etuvchi ekspluatatsion omillarga yo`l sharoiti va avtomobilning texnik holati kiradi. Avtomobillarni samarali ekspluatatsiya qilish uchun ravon va tekkis avtomobil yo`llar kerak bo`ladi. Hozirgi davrda xalq xo`jaligi yuklarini notekkis va tuproq qoplamali yo`llar orqali tashishdan zarar ko`rmoqda. Natijada texnik tezlikning pasayishi, yonilg`i sarfining ko`payishi, shinalarning ortiqcha yeyilishi, texnik xolatni yomonlashishi, ishlab chiqarishning ish unumdorligini pasayishiga olib keladi. Undan tashqari avtomobillarning nosoz yo`llardan yurishi oqibatida ularning hizmat qilish muddati kamayadi va yo`l transport xodisalarini sodir bo`lishiga olib keladi. Shuning uchun avtomobillarning ekspluatatsion ko`rsatkichlarini saqlash uchun o`z vaqtida ularga THK va ta’mirlash kerak.
O`zbekistonda avtomobillarga THK va ularni ta`mirlash ishlari bo`yicha qabul qilingan “Nizom” (tartib va qoida), “O`zavtosanoat” uyushmasi roziligi bilan “O`zavtotrans” korporatsiyasi tomonidan tasdiqlangan. Avtomobil transportiga THK va ta`mirlash ishlar uchun chiqarilgan “Nizom” ga asosan quyidagilar amalga oshiriladi [38]:
Kundalik THK (KTHK)
Birinchi THK (1-THK)
Ikkinchi THK (2-THK)
Mavsumsiy THK (MTHK)
Joriy ta`mirlash (JT)
Kapital ta`mirlash (KT).
KTHK ishlari ATKda avtomobilnig ishga chiqishidan avval xaydovchi tomonidan o`tkaziladi. 1-THK, 2-THK va MTHK ishlari ATKning ishchi postlarida ishchilar tomonidan o`tkaziladi. JT ishlari ATKning ishlab chiqarish binosida maxsus texnologik jixohlar yordamida bajarialdi, KT ishlari esa ixtisoslashtirilgan ta`mirlash korxonalarida. dastgoxlar yordamida o`tkaziladi.
Ushbu THK va ta`mirlashlarning barchasini belgilangan paytda o`tkazish- avtomobillarning: tortish kuchi, tormozlanish dinamikasi, yonilgi sarfining tejamkorligi, avtomobilning boshkaruvchanligi, xarakatlanishdagi turgunligi, yul karshiliklaridan uta olish xususiyati, yurish ravonligi, xarakatlanish xavfsizligi kabi ekspluatatsion xususiyatlarini saqlashga yordam beradi.
Avtomobilning ushbu ekspluatatsion xususiyatlarini saqlash esa- ta`mirlash jarayonining osonlashtirib, uni tezda yana ishlash qobiliyatiga kaytarishni ta`minlaydi.
Ekspluatatsiyadan olingan ma`lumotlarga kura [39] avtomobil transporti umumiy buzukliklarining 50 % dan ortigi dvigatelga tugri kelib, uning uzok muddatga chidamliligi, ya`ni, resurs kursatkichlari dvigatel detallarining yeyilishi bilan uzviy boglangan. Dvigatel detallarining yeyilishi tabiiy xol bulib, ularning yeyilish jadalligi va yeyilma kiymatlari avtomobil ekspluatatsiya sharoitlari xamda yeyilish turlarining dvigatelda tutgan urniga boglikdir. Dvigatel detallarining yeyilma mikdori yeyilish turlarining umumiy yigindisiga teng bulib, uning kiymatlari dvigatel konstruktsiyasiga, ishlatilayotgan yonilgi-moylash materiallari sifatiga xamda ekspluatatsiya sharoitiga boglik. Avtomobillarga texnik xizmat kursatish (TXK) ishlari sifatli bajarilgan xolatlarda yukorida kursatilgan birinchi va ikkinchi omillarning detallar yeyilishiga ta’siri bir nomli modeldagi dvigatellar uchun bir xil bulib ularning yeyilish jadalligi ekspluatatsion omillar asosida aniklanadi. Bu omillarga yul va tabiiy iklim sharoitlari, dvigatelni yurgizish, issiklik, tezlik-yuklanish rejimlari va xavo tarkibidagi chang mikdorlari kiradi.
Ekspluatatsiya sharoitlari uzgarishi bilan dvigatelning umumiy yeyilish jadalligigina emas balki uning tashkil etuvchilari nisbatlari xam uzgaradi.
Dvigatel detallarining umumiy yeyilish jadalligi bir-biriga boglik bulib, ularning yeyilish jarayonini tsilindr porshen guruxi (TSPG) detallarning yeyilish jadalligi orkali baxolash mumkin. SHunga kura dvigatel asosiy detallari yeyilishini baxolash uchun tsilindrlarning yeyilish darajasi kriteriy sifatida kabul kilinishi mumkin.
Tsilindrlarning umumiy yeyilishini kuyidagi ifoda orkali baxolash mumkin.
J q J1+J2+J3+J4 (1)
bu yerda: J1,J2 dvigatelning chang zarrachalari kirmagan xolda normal (J1) va past (J2) xaroratli rejimlarda ishlagandagi tsilindrlarning yeyilishi.
J3- dvigatelni yurgizish paytlaridagi tsilindrlarning yeyilish mikdori.
J4-tsilindrlarning dvigatelga abraziv zarrachalar kirishi tufayli yeyilish mikdori.
Ushbu (1) ifodadagi tashkil etuvchilarning umumiy yeyilishdagi tutgan urnini aniklash maksadida utkazilgan ishlarning [40] natijalari shuni kursatadiki, ekspluatatsiya sharoitida avtomobil dvigatellari detallari asosan abraziv zarrachalar ta’siri tufayli yeyiladi, ya’ni
J4q J-(J1+J2+J3) (2)
Avtomobil dvigatellari detallarining umumiy yeyilish jarayonida yeyilish turlarining tutgan urnini aniklash maksadida Uzbekistonda o`tkazilgan ishlarning natijalari quyidagi ma’lumotlarda berilgan.
Avtomobil dvigatellarida kullanilayotgan yonilgi moylash materiallarining tozalik buyicha sifati talab darajasida emas. Buning tasdiki sifatida ushbu ma`lumotlarni keltirish mumkin, ya`ni avtomobil ekspluatatsiya kilinayotgan zonalardagi xavo tarkibidagi chang zarrachalarining mikdori 0,003....1,7 g/m3 bulib yonilgi baklaridagi ifloslovchi zarrachalarning soni 300-500 g/t ga boradi. Natijalar shuni kursatadiki, atmosfera xavosi tarkibidagi chang mikdori kancha kup bulsa avtomobil yonilgi baklaridagi ifloslovchi kushimchalar soni xam shuncha kup buladi. Demak, xavo tarkibidagi chang zarrachalari mikdori bilan yonilgi moylash materiallarining ifloslanish darajasi orasida korrelyatsion boglanish mavjud.
Yonilgi moylash materiallari va xavo tarkibidagi chang zarrachalarining abrazivlik xususiyatlarini aniklash maksadida yonilgi baki, filtrlari, avtomobil kapotlari va yul kirgoklaridan yigib olingan chang namunalari ustida tajriba utkazildi. Olingan natijalar shuni kursatadiki, avtomobil yonilgi moylash materiallari va dvigatelga kirayotgan chang zarrachalari abrazivlik xususiyatiga ega. Ta`kidlash lozimki, chang zarrachalarining tarkibida kvarts mikdorining ortishi bilan zarrachalarning abrazivlik kobiliyati xam mos ravishda ortib boradi.
|