2.1. Elektron boshqaruvli yonilg`i ta’minot tizimining tarkibiy qismlari.
Yonilg`i ta’minot tizimi - ishlayotgan dvigatelni yonilg`i va yonilg`ini yondirish uchun zarur bo`lgan havo bilan ta`minlaydi. Yonilg`i va havo dvigatel tsilindrlariga tashqarida tayyorlangan havo – yonilg`i aralashmasi xolida (karbyuratorli dvigatellar) yoki toza havo zaryadi hamda siqish takti oxirida beriluvchi tsilindirlarda havo bilan aralashib, yonilg`i – havo aralashmasi xosil qiladigan yonilg`i kukuni xolida (dizelli dvigatellar) beriladi. Shuningdek yonilg`ini havo bilan tsilindr ichiga injektor (forsunka) orqali yonilg`ini kukun, bug` xolida purkab yonilg`i aralashmasini xosil qilib so`ng xosil bo`lgan yonilg`i aralashmasini shamcha (svecha) yordamida o`t oldirishga asoslangan injektsion tizim.
1-rasm.
1-yonilg`i baki, 2-elektrli yonilg`i nasosi, 3-yonilg`i filtiri, 4-taqsimlash quvuri, 5-bosim rostlagichi, 6-elektron boshqarish bloki, 7-purkovchi forsunka, 8-yurgizib uborish forsunkasi, 9-salt ishlashni rostlash vinti, 10-drossel zaslonkasi datchigi, 11-drossel zaslonkasi, 12-havo sarfini aniqlagich
|