5. Diplom loyixasi qismlari bo`yicha maslahatchilar:
№
|
Diplom loyixasining qismlari
|
Boshla-nish muddati
|
Tugalla-nish muddati
|
Imzo
|
Maslahatchining ismi va familiyasi
|
|
Kirish
|
14.01.17 y
|
20.02.17 y
|
|
S.Ortiqov
|
|
Asosiy qismi
|
30.01.17 y
|
26.05.17 y
|
|
S.Ortiqov
|
|
Konstruktiv (texnologik) qismi
|
08.02.17 y
|
03.05.17 y
|
|
S.Ortiqov
|
|
Hayot faoliyati xavfsizligi
|
20.04.17 y
|
19.05.17 y
|
|
A.Rahimov
|
|
Iqtisodiy qismi
|
01.05.17 y
|
22.05.17 y
|
|
M.Jo`raxonov
|
|
Xulosa va takliflar
|
22.05.17 y
|
29.05.17 y
|
|
S.Ortiqov
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
|
15.01.17 y
|
29.05.17 y
|
|
S.Ortiqov
|
6. Topshiriq berilgan sana: 04.01.2017 yil
7. Tugallangan diplom loyixasini topshirish sanasi: 05.06.17 y.
Diplom loyixasi rahbari
|
S.Ortiqov
|
Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi
|
I.Sharipov
|
Kafedra mudiri
|
N.A.Ikromov
|
MUNDARIJA
1.
|
KIRISH ………………………………………………………….…...........
|
5
|
|
ASOSIY QISM…………………………………………………….............
|
9
|
|
TEXNOLOGIK QISMI…………………………………………...............
|
27
|
|
HAYOTIY FAOLIYATI XAVFSIZLIGI………………………..............
|
42
|
|
IQTISODIY QISMI…………………………………………….................
|
47
|
|
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………............
|
51
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……………............
|
54
|
|
ILOVALAR ……………………………………………………….............
|
56
|
1. KIRISH
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev aytganidek “Har bir raxbar, xalq bilan muloqot qilishi va xar birini rozi qilishi kerak” degan fikrlari hozirgi kun talabidir.
2017-yil 14-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017-yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag`ishlangan kengaytirilgan majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.
Ma’ruzada O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o`zbek modeli”ni va mamlakatni o`rta muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016-yilda iqtisodiy o`sishning barqaror va yuqori sur`atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va sifati oshishini ta`minlaganligi qayd etib o`tildi [1].
Yurtimiz mustaqilligining 26 yillik shodiyonalari arafasida o`tgan yillar davomida turli sohalarda qo`lga kiritilgan yutuqlar beixtiyor har bir yurtdoshimizning ko`z o`ngida gavdalanadi. Bugungi ozod va obod yurtda amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida qo`lga kiritilayotgan yutuqlarga bevosita istiqlol sharofati tufayli. Aynan mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin yurtimizda avtomobil sanoati tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 1992-yil Janubiy Koreya Respublikasiga tashrifi chog`ida esa Asaka shahrida avtomobil zavodi qurish to`g`risidagi hujjatlar imzolandi. Bugun mamlakatimiz avtomobil sanoati - bu respublikamizdagi eng tezkor sur`atlarda rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo`lib yurtimizning iqtisodiy salohiyatining ramzi hisoblanadi. Ayni paytda “O`zavtosanoat” AK tarkibida yirik “GM-Uzbekistan” AJ, “JV MAN AUTO Uzbekistan” MCHJ va Samarqand avtomobil zavodlari bilan birga ularga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi 35 dan ortiq qo`shma korxonalar faoliyat yuritmoqda. “GM Uzbekistan” AJ avvaldan tasdiqlangan rejaga ko`ra, “Ravon” brendi ostida yetkazib berilayotgan rusumlar qatorini kengaytirishda davom etmoqda. Asaka avtomobil zavodida MDH davlatlariga eksport qilish uchun mo`ljallangan “Ravon R4” avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlandi. “Ravon R4” avtomobillarining dastlabki qismi Rossiya Federatsiyasiga jo`natildi. “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati 2016-yilning iyul-noyabr oylarida Rossiyada 1176 ta Ravon avtomobillarini sotdi. Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, 2016-yilning yanvar-noyabri yakunlariga ko`ra, “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati Rossiyada avtomobil savdosi hajmiga ko`ra 27-o`rinni egalladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Rossiya Federatsiyasida Ravon brendi ostidagi avtomobillar savdosi 2016-yilning iyulidan boshlandi. Bungacha “GM-Uzbekistan” o`z avtomobillarini Daewoo brendi ostida eksport qilar edi.
2017-yilning 3-fevralida sertifikatlashtirish bo`yicha menejment tizimi organi “Russkiy registr-Srednya Aziya” tomonidan “GM-Uzbekistan” AJda O`z DSt ISO 50001:2015 energomenejment tizimi talablari bo`yicha sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli o`tkazildi. “GM-Uzbekistan” AJ da joriy etilgan energetika menejmentining asosiy maqsadi energetik samaradorlikni oshirish yo`li bilan ortiqcha sarf-harajatlarni kamaytirishdan iborat. Shu munosabat bilan korxona ISO 9001(sifat menejmenti), ISO 14001 (ekologiya menejmenti) va OHSAS 18001 (mehnat muhofazasi va kasb xavfsizligi talablari bo`yicha menejment tizimining) standarti talablariga mos keluvchi sertifikatga ega bo`ldi.
2017-yil 22-23-mart mexr - oqibat, yangilanish, yasharish va do`stlik bayrami bo`lmish Navro`z kunlari ikki davlat raxbarlarining – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Ostona shaxrida bo`lib o`tgan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarini ekspertlar har tomonlama samarali va aloqalarda yangi saxifani ochdi, deya baholadilar. Ta`kidlash joizki, ikki qardosh xalq o`rtasidagi munosabatlar ayyom targ`ib etadigan joyalar – o`zaro xamjixatlik, xurmat, ishonch va do`stlik asosida rivojlanib bormoqda. 2 milliard dollar, bu 2016 yil yakunlariga ko`ra mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro tovar ayirboshlash xajmi. Uchrashuvda ta`kidlanganidek, bu ko`rsatkich ayni damdagi mavjud saloxiyatga mos emas. Shu sabab tomonlar savdo aylanmasini kamida ikki barobarga oshirishdan manfaatdorlar. Salohiyat ko`lamini esa O`zbekistonning Milliy sanoat yarmarkasi va har ikki davlat ishbilarmonlari qatnashgan biznes forumdan ham anglash mumkin bo`ldi. Unda O`zbekiston va Qozog`istonlik 500 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdilar. Ikki tadbir natijasi o`laroq esa 1 milliard dollarga yaqin savdo shartnomalari va sarmoyaviy kelishuvlar imzolandi. O`zbek avtomobil sanoati yarmarkaning eng nufuzli qismi bo`ldi, desak yanglishmaymiz. Aynan ushbu soha hamkor davlat tomonida alohida qiziqish uyg`otdi. Aytish joizki, bugungi kunda o`zbek avtomobilsozligi innovasiyalarni joriy qilish va jadal rivojlanish bo`yicha qariyib 23 yillik tajribaga ega. Tadbirda ham “O`zAvtosanoat” AK mutahassislari tarmoq korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahalliylashtirilgan maxsulotlarning ko`lamini namoyish qilishdi. Ko`rgazmalarzali maydonida “O`zAvtosanoat” AK tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillardan tortib, yuk tashuvchi avtomobillargacha, maxsus texnikalar, extiyot va butlovchi qismlar, shuningdek, turli sport anjomlarini ko`rish mumkin. Qolaversa yana bir qo`shni davlat Turkmanistonda yangi “Ravon” brendiga mansub avtomobillar taqdimoti o`tkazildi. Unda ta`kidlanganidek, dunyo standartlari va ekologik talablarga javob beradigan darajada ishlab chiqarilgan tejamkor avtomobillar konditsioner va rul kuchaytirgichlari bilan jihozlangan. O`zbek tilidan tarjima qilinganda “Ravon” so`zi “Oq yo`l”, “Tekis yo`l” ma`nolarini anglatadi. Taqdimot marosimiga tashrif buyurganlar Ravon Gentra, Ravon Nexia R3 va Ravon R4 avtomobillarini ko`zdan kechirib, ularning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, taqdimot marosimida O`zbekistonda aynan kommunal xizmat, qurilish ishlari va qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallab ishlab chiqarilayotgan avtotexnikalar ham namoyish etildi. “GM-Uzbekistan” AJ va unga aloqador qo;shma korxonalarning barpo etilishi mamlakatimiz xalq xo`jaligining avtotransportga boʻlgan ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, minglab zamonaviy ish o`rinlar bunyod etilishiga sabab bo`ldi. Shuning uchun ham vatanimiz asoschisi I.A.Karimov: “Avtomobil sanoati O`zbеkiston iqtisodiyotining tayanchiga aylanadi” - dеb bеjiz xitob qilmagan. Men ushbu diplom loyixasini bajarishda “GM-Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilayotgan ikki yonilg`ili benzinda va metan metan gazballonli qurilma bilan jixozlangan “Jentra” avtomobilining ta’minlash tizimini o`rganib chiqdim. Bu avtomobil xavfsizligi, ekalogiya zararli moddalarni nisbat kam chiqarishligi va kam rasxodligi bilan ajralib turadi.
|