Injektsion sistemada yonuvchi aralashma xosil bo`lishi.
Injektsion sistema yonuvchi yonilg`ini xosil bo`lishi, tsilindrlarda yonuvchi aralashmani sifatli bo`lishida elektrobenzonasosi, yonilg`i bosim regulyatori va injektorlarning o`rni juda katta. Eletrobenzonasos bakdan yonilg`ini yuqori bosim bilan xaydab beradi. Yonilg`i injektor rompiga borguncha 2 ta filtrdan o`tadi. 1- filtr elektrobenzonasosning bakdan yonilg`ini so`rib oluvchi uchidagi filtr (pompers)dan va yonilg`i yurish magistralida joylashgan 2-filtrdan o`tadi.
Yonilg`i rompiga kelgach yonilg`i bosim regulyatori barcha injektorlarga yonilg`i bosimini bir xilda uzatadi. Injektorlar yuqori bosimli yonilg`ini tsilindrlarga bir vaqtning o`zida bug` xolida purkaydi.
Injektsion sistemani boshqa sistemalardan afzalligi. Yonilg`i tejamkorligi, yonilg`ini sifatli va tez bug` xolida tsilindrlar ichiga purkab berishi.
Yonilg`i ta’minot tizimida yuzaga kelayotgan buzuqliklar. Yonilg`i ta’minot tizimidagi asosiy buzuqliklarga duch kelayotgan qismlardan asosan tizimni yuqori bosmli yonilg`i bilan ta`minlovchi elektrobenzonasos, injektor, yonilg`i filtrlari va tizimda ba`zi xollarda bosim regulyatori, yonilg`i satxini o`lchovchi datchiklar, havo filtrlari va shu kabi ayrim qismlar buzilayotganligi.
6. Yonilg`i ta’minot tizimining ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillar va yonilg`i ta’minot tizimini ekspluatatsion ishonchliligini oshirish yo`llari.
|