Mashinasozlik




Download 1,7 Mb.
bet6/35
Sana15.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#15047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2. ASOSIY QISM.
Adabiyotlar sharxi

Diplom loyixasini bajarish uchun bir nechta adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan foydalanildi. Quyida eng asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar hamda ulardan olingan ilmiy ma’lumotlar sharxi keltirilgan.

Mirziyoyev Sh.M. “2017-2021 yillarda O`zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish uchun xarakatlar strategiyasi”. Bunda besh yillikka mo`ljallangan loyihalarni ketma ketlikda amalga oshirish ko`zda tutilgan bo`lib, Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo`nalishi belgilangan: 

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 


Mazkur yo`nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo`limlardan iborat [1-2]. 

Karimov I.A. “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari”. O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modemizatsiya modeli orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo`yar ekanmiz, eng avvalo “shok terapiyasi” deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o`zini o`zi tartibga soladi, degan o`sha jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik. Shubxa yo`q jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta`sirini hisobga olgan holda qat`iy, har tomonlama o`ylangan keng ko`lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda [3].

Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida hozirgi kunda davlatimiz rivojlanish bosqichlarini bosib o`tmoqda. Iqtisodiy ijtimoiy rivojlangan davlatlar qatoriga kirish uchun O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni tez fursatda imkon boricha yuqori darajalarga olib chiqishi kerak. Energetika, kommunikatsiya, transport va ishlab chiqarish tizimlari shular jumlasidandir [4].

Xamroqulov O., Magdiev Sh. “Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi” darsligida amaliy faoliyatidagi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati, ya’ni avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta’mirlash, texnologiyasi, hamda avtotransport korxonalarda ishlab chiqarishda qo`llaniladigan texnologik jihozlar, harakatdagi tarkibga moddiy texnik ta`minotni tashkil qilish va resurslarni tejash usullari, avtomobil transportini turli ekstrimal tabiiy-iqlim va yo`l sharoitlaridagi, asosiy ishlab chiqarish bazalaridan ajralgan holdagi, hamda mahsuslashtirilgan harakatdagi tarkibning ekspluatatsiyasi, avtomobil transportining atrof muhitga zararli ta`sirining yo`nalishlari va ularni kamaytirish yo`llari keltirilgan [5].

Fayzullaev E. va boshqalar “Transport vositasining tuzilishi va nazariyasi” darsligida avtomobil mexanizmi va tizimlarining vazifasi umumiy tuzilishi, ishlash printsipi va turlari keltirilgan [6].

Q.M. Sidiqnazarov umumiy tahriri ostida tarjima qilingan “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi” darsligida avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati fan tarmog`i va amaliy faoliyat sifatida, ekspluatatsiya sohasida ishlayotgan muhandisga talablar yoritilgan, avtomobillar texnik holatining o`zgarish sabablari, texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash rejali-ogohlantirish tizimi, ularning me`yorlari, xizmat ko`rsatish vositalarining o`tkazish qobiliyatini shakllantirish qonuniyatlari, avtomobillarga TXK va ta’mirlash texnologiya asoslari, ishlab chiqarishni boshqarish uslublari va moddiy texnik ta’minotni tashkil etish, mahsus sharoitlarda avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi taraqqiyotining istiqbollari va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uslublari bayon etilgan [7].

O.Xamraqulov va boshqalar “Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar” o`quv qo`llanmada neft va neftdan olinadigan yonilg`i, moylash materiallari va mahsus suyuqliklarni avtomobillar va boshqa qishloq xo`jaligi mashinalari ekspluatatsiyasida ishlatilishi, ularning fizik-kimyoviy xossalari va sifatini dvigatel ishiga ta`siri, texnikada ulardan oqilona foydalanish, yonilg`i va moy mahsulotlarini me’yorlash haqida ma`lumotlar mujassamlashgan [8].

Qodirov S.M. “Mashina detallarini tiklash texnologiyasi” darsligida avtomobil, traktor, qismlariga bog`liq va yo`l qurish mashinalarining ekspluatatsiya jarayonida sodir bo`ladigan jarayonlarning nazariyasi hamda ularning ish tsikli, vaqti va yonilg`i sarfiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar tahlili jarayonlari ko`rsatilgan. Dvigatellarni sinash usullari hamda dvigatellarni tuzilishi keltirilgan [9].

G`.Yo.Yormatov, O.R.Yuldashev, A.L.Hamrayev “Hayot faoliyati xavfsizligi“ darsligida ob-havo sharoiti va inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti, sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga qo`yiladigan asosiy talablar, changlangan havoni tozalash qurilmalari, shovqindan saqlanish, texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan muhofazalanish, elektr xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish qonunlari va tashkiliy asoslari va yong`inni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlari to`risida kerakli ma`lumotlar berilgan.

Yo`ldoshev SH.U. “Mashinalar ishonchliligi va ularni ta’mirlash asolari”. Darslikda mashinalar detallarining yeyilishi asoslari to`g`risida fikr yuritilib mashinalar ishonchliligi va ta`mirlash jarayonlari bayon etilgan.

И.И.Kaрбонович “Экономия автомобилного топлива” Ushbu adabiyotda avtomobillarning turg`un va salt rejimda ishlatishda, hamda har hil rejimda sihlatgan taqdirda yonilg`ilarni iqtisod qilish yo`riqnomalarini o`z ichiga olgan.

U.Yuldoshev, U.Usmonov, O.Qudratov, “Mehnatni muxofaza qilish”. Darslikda avtomobillarni ishlab chiqarishda, detallarni qayta tiklashda, elektr xavfsizligi va yong`in xavfsizliklari to`g`risida yo`riqnomalar berilgan.Avtomobil avtof-muhitni ifloslash bo`yicha eng katta ob`ektlardan sanaladi. Ma`lumotlarga tayanadigan bo`lsak, hatto sanoati rivojlangan eng katta shaharlarda ham avtomobillar ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gazlar miqdori boshqa ob`ektlar chiqarayotgan zaharli gazlardan ortiqroqdir. Mazkur adabiyotdan foydalangan holda masalaga to`g`ri yondoshib, muammoni hal qilsa bo`ladi. Avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish va tamirlash vaqtida nimalarga e`tibor berish kerakligi va ulardan qanday foydalanish yo`riqnomalari haqida ham ushbu kitobdan ma`lumotlar olish mumkin.

Foydalanish bo`yicha mavzuga oid gazeta va jurnallardan xam foydalandim. Avtomobillar olamidagi barcha yangiliklar, avtomobillar uzatmalar qutisi asosiy nosozliklari, uni bartaraf etish yo`llari bilan tanishdim. [17-22].



Fan-texnikaning tez suratlarda rivojlanishdan foydalangan holda diplom loyixasi ishi yuzasidan soxaga oid ma’lumotlarni intenetning bir qancha saytlaridan olindi. Jahon avtomobil olamidagi yangiliklar, avtomobillarning har bir agregat va detallari haqida to`liq ma`lumot shuningdek, uzatmalar qutisining ikkilamchi vali, Damas avtomobili uzatmalar qutisi haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni tez va sifatli olishimga imkoniyat beradi [23-31].


Download 1,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 1,7 Mb.