Dasturlash tillari haqida




Download 263.5 Kb.
bet3/17
Sana19.08.2023
Hajmi263.5 Kb.
#78982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Delphi tub son
Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja

1.2.Dasturlash tillari haqida


Shu paytgacha biz sizlar bilan sanoq sistemalari va kompyuter arxitekturasiga doir mavzulardan tashqari asosan algoritmlar va blok- sxemalar tuzish bilan shug’ullandik.
Endi bizning oldimizda algoritmlarni EHM tushunadigan tilda yozish masalasi turadi, buning uchun maxsus algaritimik tillar mavjud. EHM paydo bo’lganidan beri juda ko’plab algoritmik tillar yaratilgan. Ularni shartli ravishda uch tipga ajratish mumkin:
- quyi darajadagi Dasturlash tillari (mashina tillari)
- o’rta darajadagi Dasturlash tillari
- yuqori bosqichli Dasturlash tillari

Quyi darajadagi Dasturlash tillarida buyruqlar va amallar ma'lum kodlar (raqamlar) bilan ifodalangan bo’lib, ular EHM qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga mo’ljallangan va mashina tili ham deb yuritiladi.


O’rta darajadagi Dasturlash tillarida amallar va buyruqlarni (komandalar) ni ifodalash uchun odam tushunishi uchun qulay bo’lgan har-xil qiskartma so’zlardan foydalaniladi. Bunda ham programmist EHM qurilmalari adreslari bilan ishlashi lozim. Bu qiskartmalar-mnemokodlar deyiladi, bu turdagi Dasturlash tillari esa assemblyerlar deb ataladi.
Yuqori darajadagi Dasturlash tillarida ko’rsatmalar inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlar va birikmalardan iborat bo’lib, Dastur tuzish uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashqari hollarda adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog’liq ko’rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich Dasturlash tillariga misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASCAL, S, S+ + tillarini keltirish mumkin.
Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning paydo bo’lishi, yangidan yangi va ma'lum maqsadlarga mo’ljallangan Dasturlash tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP, FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual S++ HTTP, Java, Java Skript kabi tillarni keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib, Dasturlashning protseduraviy, strukturalari texnologiyalari o’rniga, ob'ektga yo’naltirilgan va Vizual kabi Dasturlash texnologiyalari keng foydalana boshladi.
Biz universal Dasturlash tillaridan biri bo’lgan Delphi-7 tilini o’rganamiz.
Har bir algoritmik tilning o’z alfaviti maxsus belgisi va birikmalari, operatorlari, konstruktsiyalari bo’ladi va ular ma'lum bir sintaktik va semantik qonun qoidalarga bo’ysinadi.
Sintaksis–bu alfavitdan foydalanilgan holda biror algoritmik tilda ishlatilishi mumkin bo’lgan konstruktsiyalarni aniqlovchi qoidalar sistemasidir. Bu konstruktsiyalar orqali algoritmlar ifodalanadi. Shunday qilib, sintaksis har bir simvollar ketma-ketligining berilgan tildan foydalanish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlab beradi.

Download 263.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 263.5 Kb.