II. ASOSIY QISM 2.1. Delphi muhiti




Download 263.5 Kb.
bet7/17
Sana19.08.2023
Hajmi263.5 Kb.
#78982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Delphi tub son
Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja

II. ASOSIY QISM

2.1. Delphi muhiti


Delphi dasturlash tilini ishga tushirganimizda uning ishchi ekran ko‘rinishini ko‘ramiz. Dastur muxitidan buyruqlar menyusi, buyruq tugmachalari, komponentlar palitrasi, ob’ekt inspektor, forma va uni ortida tahrirlagich oynaklari joy olgan bo‘lib deyarli ekranni to‘ldirib turadi.
Buyruq menyusi.
Delphi ning menyu satridan quyidagilar joy olgan.
File, Edit, Search, View, Project, Run, Component, Database, Tools, Help.
Bularning barchasida ost menyular mavjuddir. File ning ost menyusida bir necha buyruqlar bo‘lib ular yordamida yangi proekt ochish, yangi forma ochish va ularni saqlash mumkin shu bilan birgalikda ochilgan proektni yopish, Delphi dan chiqish va shularga o‘xshash fayllar bilan ishlash imkoniyatlari bor.
Edit menyusi ost menyularidan foydalanib kodlarni tahrirlash, umuman kodlar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin.
View yordamida esa Delphi ishchi muhiti ko‘rinishining o‘zgarishi mumkin.
Run menyusi yordamida dasturni ishga tushirishni turli yo‘llari amalga oshiriladi.
Database menyusida malumot ba’zasini tashkil qilish mumkin.
Help menyusi esa Delphi va unda dasturlash haqidagi barcha ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Buyruqlar tugmachasi
Buyruqlar tugmachasi yordamida yangi formalar yaratish, mavjud faylni ochish, Dasturni saqlash, yangi forma yaratish va shunga o‘xshash amallar tez bajariladi.
Komponentlar palitrasi
Bu erda standart yoki dasturchilar tomonidan yaratilgan komponentlar mavjud bo‘lib, ulardan tez va sifatli dasturlar yaratishda foydalaniladi.
Object Inspector oynasi
Object Inspector oynasi quyidagi ob’ektrlarning xolatini o‘zgartiradi: formalar, buyruqlar tugmachasi, kodlar maydoni va boshqalar.
Dastur formasi
Dastur tuzishda ishlatiladigan barcha komponentlar dastur formasiga joylanadi va ana shu erdan ularga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Dastur ishga tushirilgandan so‘ng, barcha amallar dastur formasi yordamida bajariladi.
Dastur kodi
Dastur kodi forma orqasiga yashiringan bo‘lib, u erga dastur matnlari kiritiladi. U oynaga F12 yoki Ctrl+F12 tugmalari yordamida o‘tish mumkin. Delphi dasturlash muxitida ishlash jarayonida kuyidagi kengaytmali fayllar ishlatiladi:
-loyixa fayli, kengaytmasi .dpr;
-paskal moduli fayli, kengaytmasi .Pas;
-komponentlar joylashgan fayl, kengaytmasi .dcu;
-formalar joylashgan fayl, kengaytmasi .dfm;
-ma’lumotlar bazasi fayli, kengaytmasi.dbf .
Kompilyasiya etapida tayyorlangan dastur matni Object Pascal tiliga o‘tkaziladi. Kompanovka bosqichida esa kerakli qo‘shimcha yordamchi dasturlar va ostdasturlar unga birlashtiriladi. F9 tugmasini bosish bilan Save Unit As dialog oynasi paydo bo‘ladi va u foydalanuvchidan Unit.pas moduli uchun fayl nomini va u joylashadigan papka nomini ko‘rsatishingizni so‘raydi. Agar joy ko‘rsatilmasa Delphi tizimi avtomatik ravishda dasturni Bin papkasiga joylashtiradi. Dastur kompilyasiya qilinish paytida Delphi sistemasi .Pas; .dfm; .dcu kengaytmali modullar tuzadi. .Pas kengaytmali fayl kodlarni yozish oynasiga kiritilgan dastur matnini, .dfm forma oynasi tashkil etuvchilarini, .dcu kengaytmali fayl esa .Pas va .dfm kengaytmali fayllarning birgalikdagi mashina kodiga o‘tkazilgan variantini saqlaydi. .dcu kengaytmali fayl kompilyator tomonidan tashkil qilinadi va yagona ishchi (bajariluvchi) .exe kengaytmali fayl tashkil qilishga baza yaratadi.



Download 263.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 263.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. ASOSIY QISM 2.1. Delphi muhiti

Download 263.5 Kb.