I. NAZARIY QISM 1.1.Dasturlash tillari va texnologiyalari




Download 263.5 Kb.
bet2/17
Sana19.08.2023
Hajmi263.5 Kb.
#78982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Delphi tub son
Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja

I. NAZARIY QISM

1.1.Dasturlash tillari va texnologiyalari


Dasturlash tillari sun'iy tillar hisoblanadi, ularda sintaksis va semantik qoidalar qat'iy aniqlangan bo’ladi. Shu sababli Dasturlash tillari tabiiy tillardan farqli ravishda jumlalarni ko’pmazmunli va erkin talqin etishga yo’l qo’ymaydi. Buning asosiy sababi tildagi har bir ko’rsatma mashina tilidagi aniq bir buyruqqa o’tadi.
Sintaksis-bu qoidalar to’plami bo’lib, Dasturlash tilida ruxsat etilgan belgilarning ketma-ketligi va asosiy ichki tuzilishni aniqlaydi.
Semantika-til birliklariga (so’z, so’z birikmalari, jumlalariga) beriladigan qiymatlardir.
EHMlar endi yuzaga kelgan paytda Dastur tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo’lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushunarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo’lgan. Dastur mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.
Yuqori bosqichli Dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo’naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy printsplari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni diagnostika qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi.
EHM faqat mashina tilini-buyruqlar, operand va sonlarning ikkilik sanoq, sistemasidagi ko’rinishini «tushunadi». Shu sababli, Assembler tilida yozilgan Dasturlar uchun ularni mashina tiliga o’tkazuvchi «tarjimon» kerak bo’ladi.
Assembler tilidagi Dasturni mashina tiliga o’tkazuvchi maxsus Dastur translyator deyiladi, Ayrim hollarda uni assembler deb ham atashadi.
Mashinaga moslashgan tillarning asosiy kamchiligi bir turdagi mashina uchun tuzilgan Dastur boshqa mashinalarda bajarilmaydi, ya'ni bunday tillar mashinaning apparat tuzilishiga bog’liq qilib yaratiladi. Masalan, Pravets mashinasi uchun tuzilgan Dastur IBM yoki YAMAHA turidagi mashinalar uchun o’tmaydi va aksincha.
Dasturlash tillarining keyingi bosqichida protsedurali tillar joylashadi. Bu tillaring asosiy xususiyati shundaki, ularning sintaksis va semantikasi konkret EHM (protsessor) buyruqlari tarkibiga bog’liq, emas. Tuzilgan Dasturni konkret EHM ga bog’lashni translyator amalga oshiradi.
Dasturning boshlang’ich matni Operativ xotiraga kiritilgandan keyin u translyatsiya qilinadi. Natijada, aynan shu mashina «tushunadigan» buyruqlar ketma-ketligi hosil bo’ladi va ularni bajarish asosida EHM masalani yechadi.
Dasturni tarjimasi va uni bajarish jarayoni ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:
Birinchi usul-komplilyator deb nomlanuvchi usulda Dasturni EHMda bajarilishi-tarjima jaryoni to’liq, tugagandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tarjima Dastursini operativ xotirada saqlab turishga xojat yo’q, shu sababli xotirani tejashga erishiladi.
Ikkinchi usul – interpretatsiya - Dasturdagi Ayrim operatorlar ular tarjima qilingan zahoti bajariladi, shundan keyin navbatdagi operator tarjima qilinadi, bajariladi va xokazo. Bu rejimda xotirada interpretator Dastursi ham bo’lishi kerak, natijada qo’shimcha xotira ishlatiladi va Dasturning ishlashi kompilyatsiyaga nisbatan syokin ishlaydi. Interpretatorning afzallik tomonlari Dasturlarni sozlash paytida ko’rinadi, ya'ni yo’l qo’yilgan xatolar tuzatilishi mumkin. Kompilyatorda bunday imkoniyat yo’q.
Protsedurali tillarning umumiy xususiyatlarini ko’raylik. Bu tillarda Dasturdagi yozuvlar umumiy qabul qilingan matematik yozuvlarga juda yaqin va tushunish uchun yengildir. Masalan, 7 va 5 sonlaring yig’indisini hisoblash amalini Dasturlash tillarida yozilishini ko’raylik:

  1. mashina tilida




Buyruq

Operand adresi

0011 1111

1101 0001

0000 0101

1101 0010

0000 0110

1101 00111

0000 0111

1101 0100

1000 0000

1101 0101

2) mashinaga moslashgan tilda
MOV A, 7
MOV B, 5
ADD B
3) protsedurali tillarda A75.
Ko’rinib turibdiki, protsedurali tillardagi yozuv tabiiy yozuvga yaqin.
Birinchilar qatorida yuzaga kelgan protsedurali tillar ichida FORTRAN (FORmula TRANslation - formulalarni boshqa ko’rinishga aylantirish). O’zining sodda tuzilishi, samarali translyatsiyalanishi bu tilni nafaqat shu kungacha saqlanib qolishiga sabab bo’ldi, balki uning ilmiy tadqiqot, injener-texnik masalalarini yechishda eng samarali til sifatida rivojlanib, keng tarqalishiga sabab bo’ldi.
Fortran tili Beysik tilining asosiga qo’yildi. Beysik so’zi inglizcha «VASIC-Veginners All-purpose Symbolic Instruction Code» ma'noni anglatadi. Bu jumla quyidagicha tarjima qilinadi: boshlovchilar uchun ko’pmaqsadli belgili buyruqlar tili.
Beysik tili mutaxassis bo’lmagan odamlarni Dasturlash texnologiyalariga jalb qilish imkoniyatini berdi. Beysik tilida Dastur operatorlarining kamligi, tuzilishining soddaligi uni Dasturlashga o’rgatish tili sifatida keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Bu til asosan maktablarda o’rgatiladi.
Algol-60 tili Fortranga nisbatan takomillashgan til, unda tuzilgan Dasturlar moslashuvchanlik va yuqori ishonchlilik xususiyatlari bilan harakterlanadi.
Prolog va Lisp tillari sun'iy tafakkur sohasidagi masalalarni yechishga moslashgan. Bu tillar belgili berilganlarni qayta-ishlash orqali matematika va mantiqiy masalalarni yechishga eng qulay tillardir.
1971 yilda paydo bo’lgan Delphi-7 tili Dasturlash texnologiyalariga strukturali Dasturlash g’oyasini olib kirdi. Natijada bitta masala bir nechta bo’laklarga bo’lingan holda alohida yechilishi va oxirida bitta Dasturga jamlanish imkoniyati yuzaga keldi.
C tili zamonaviy kompyuterlar xususiyatlarini o’zida aks ettirgan va samarali Dasturlar yaratishda Assemblerga murojaat qilmaydigan til sifatida namoyon bo’ldi. Bu til UNIX operatsion sistemasida yozilgan.
Ayni paytda Dasturlash texnologiyasining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ob'ektga yo’naltirilgan Dasturlash tillaridir (ob'ektno-orientirovannoe programmirovanie).
Ob'ektlar ko’p ishlatiladigan Dastur modullaridir. O’z navbatida ob'ektlar ikkita qismdan tashkil topadi: metodlar va o’zgaruvchilar. Metodlar protsedura va funksiyalar to’plami bo’lib, ob'ekt ishlash algoritmini aniqlaydi. O’zgaruvchilar turli xil qiymatlarni qabul qiladi.
Ob'ektga moslashgan Dasturlashning asosiy mohiyati shundaki, sodda ob'ektlardan vorislik orqali murakkab ob'ektlar shajarasini yaratish mumkin. Bunda biror masalani yechish deganda masala algoritmiga mos ob'ektlar shajarasini ko’rish tushuniladi.
Ob’ektga yo’naltirilgan tillarning yaqqol namunasi - bu Delphi vizual Dasturlash muhitidir. Bu muhit Turbo Delphi-7 tili asosida yaratilgan bo’lib, unda Dastur yaratish muhitidagi mavjud komponentalarni loyihalash asosida bo’ladi. Shuning uchun ham bosh Dastur Rgoject deyiladi. Delphining yana bir muhim xususiyati vizual Dasturlashdir, ya'ni Dastur yaratilayotgan paytda tuzuvchi hosil bo’ladigan Dastur shaklini ko’rib turadi va grafik interfeys yordamida komponentalar shaklini o’zi ma'qul topgan joyiga qo’yishi mumkin.
Visual Basic tili ham ob'ektga moslashgan til hisobalanadi va Windowsning ofis Dasturlarida makroslar yozish uchun til sifatida ishlatiladi.
Internet uchun Dasturlar yaratish uchun NTML (Nureg Text Markur Language) 1989 yilda yaratilgan bo’lib, WWW saxifalarini yaratish uchun asosiy til bo’lib qolmoqda. Bu til yordamida saxifa poligrafik usulda yaratishilishi mumkin, unda matn, audio, video, animatsiya va boshqa ma'lumotlar joylashishi mumkin.
Java tili kompyuter tarmoqlarida amal qiladigan Dasturlarni yaratishga mo’ljallangan. Java tilida yozilgan Dasturlar global tarmoqlarda dinamik reklamalarni (animatsiya, teletayp lentalari) global tarmoqda joylashtirish uchun ishlatiladi, Java tilining afzalligi shundaki, u turli operatsion sistemalarda ham birdek amal qilaveradi. Java Dastursi bir paytda Windows, UNIX va Macintosh operatsion sistemalarida ishlashi mumkin.


Download 263.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 263.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. NAZARIY QISM 1.1.Dasturlash tillari va texnologiyalari

Download 263.5 Kb.