|
Mashinasozlik
|
bet | 17/48 | Sana | 18.03.2021 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #13281 |
8-rasm. Uzatmalar qutisi.
Kuch uzatmasining taqsimlash qutisi.
Taqsimlash qutisi o`ta qiyin yo`llardan ham yura oladigan avtomobillarda ishlatiladi va aylantiruvchi momentni avtomobilning yetaklovchi ko`priklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Avtomobilning bajaradigan vazifasiga qarab taqsimlash qutisi qo`shimcha pasaytirish uzatmasi bo`lgan yoki bo`lmagan qilib tayyorlanadi.
Kuch uzatmasining kardanli uzatmasi.
Avtomobilning yetaklovchi ko`priklari ramaga yoki kuzovga osmalarning elastik elementlari yordamida o`rnatiladi va harakatlanish chog`ida ko`priklar o`z holatini mahkamlangan joyga nisbatan o`zgartirib turadi. Bunday sharoitlarda uzatmalar qutisidan yetaklovchi ko`priklarga aylantiruvchi momentni uzatish uchun kardanli uzatmalar qo`llaniladi. Ulardan oldingi boshqariladigan va yetaklovchi bo`lgan g`ildiraklar yuritmalarida ham foydalaniladi. Yetaklovchi ko`prikka ulanadigan kardanli uzatma kardanli val, sharnirlar va oraliq tayanchdan iborat. Kardanli sharnirlar aylantiruvchi momentni o`qlari o`zgaruvchan burchak ostida kesishuvchi vallar orasida uzatilishini ta`minlaydi. Avtomobillar transmissiyasida burchak tezliklari bir xil va bir xil bo`lmagan bikr (qo`zg`almas qilib mahkamlangan) kardanli sharnirlar ishlatiladi.
|
| |