3. Moslamalar - biror ishni bajarishda qulaylik yaratish uchun foydalaniladi. Moslamalar ikki guruhga bo‘linadi.
A) Universal moslamalar;
B) Maxsus moslamalar;
Universal moslamalar har xil detallarni chiqarishda foydalaniladi. Masalan: universal chiqarish asboblari.
Maxsus moslamalar faqat bir xil ishni bajarish imkonini beradi. Masalan: avtomobilning old osmasining prujinasini qisib bo‘shatib olish va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan moslama yoki klapan prujinasini siqib undagi qulfni olish imkonini beruvchi moslama. Moslamalarning turlari ko‘p ular bilan o‘quv yoki ishlab chiqarish amaliyotida ish davomida tanishib, ishlash usulini o‘rganib olish mumkin.
4. Jihozlar - asosan avtomobilni qismlarga ajratish-yig‘ish, texnik xizmat ko‘rsatish, tashxiz qo‘yish va ta’mirlashda foydalaniladi.
Avtomobilni qismlarga ajratish-yig‘ishda quyidagi jihozlarni namuna sifatida ko‘rsatib o‘tamiz. (rasmlar).
4.1. yoki 4.2. avtomobil dvigatelini ko‘tarish uchun foydalaniladi. Albatta mavjud bo‘lgan boshqa yuk ko‘targichlar ham har xil sharoitdan kelib chiqib foydalaniladi.
4.1. Gidravlik yuk ko‘targichning afzalligi yengil xarakatlanishi, yukni oson ko‘tarish va tushirishi uchun kam kuch sarflashi. 7
4.4. Dvigatelni o‘rnatib mahkamlash stendida dvigatellarni 360 burchakka aylantirish imkoniyati mavjud. Bu dvigatelning barcha detallarini yechib olish uchun qulaylik tug‘diradi.
4.5. Gidropress taranglik bilan birikkan detallarni bosib chiqarish yoki kiritish imkonini beradi.
4.6. Gidrodomkrat yukni ko‘tarish uchun juda qulay bo‘lib undan detallarni yechish yoki o‘rnatishda foydalanish mumkin.
Shuning uchun men ushbu diplom loyixasida Andijon “Avtotexxizmat” XJ bazasida yengil avtomobillarni agregatlarga ajratish postini takomillashtirish mavzusida ish olib borib, avtomobil detallarini mahkamlashda qanday talablar qo’yiladi? Texnologik jihozlar qanday qismlardan tashkil topgan? Avtomobillarni agregatlarga ajratish ketma-ketligi, agregatlariga texnik xizmat ko’rsatishda qanday jihozlar ishlatilishi, agregatlarni mahkamlash uchun kalit qanday ahamiyatga ega? U qanday konstruktsiyaga ega? va shu kabi savollarga javoblar quyida keltiriladi.
|