Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish (1-TXK)




Download 2,05 Mb.
bet24/48
Sana18.03.2021
Hajmi2,05 Mb.
#13281
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish (1-TXK).

1-TXK vaqtida KTXK tarkibiga kiradigan barcha ishlar, shuningdek, navbatdagi 1-TXK yoki 2-TXK gacha yo‘lni bosib o‘tishda avtomobil agregatlari, qismlari va tizimlarning benuqson ishlarini ta’minlaydigan qo‘shimcha ishlar bajariladi.

1-TXK ko‘rsatish ishlarini bajarishdan oldin umumiy tashhis qo‘yiladi.

Rul chambaragi va rul tortqilari sharnirlarida lyuft bor-yo‘qligi rul boshqarmasini tekshirish asboblari yordamida bajariladi, yuk avtomobillari tormozlarini tekshirish stendida avtomobil ishlayotgan vaqtda va to‘xtatib turish tormozining me’yorda ishlayotganligi; yoritish va ogohlantirish asboblari, oyna tozalagich, yuvgichlarning ishlashi, shamolni to‘sadigan, oynadan shamol urishi, orqani ko‘rish ko‘zgulari to‘g‘ri o‘rnatilganligi, shinalar holati tekshiriladi va ulardagi havo bosimi manometr yordamida aniqlanadi.

1-TXK da bajariladigan nazorat, mahkamlash va rostlash ishlari:

dvigatelni ramaga, uskunalarning dvigatelga, shovqin so‘ndirgichga, gaz kirish naychasining chiqarish kollektoriga puxta mahkamlanganligi tekshiriladi. Moy va suv tommayotganligiga ishonch hosil qilinadi. Ventilator, generator, gidrokuchaytirgich nasosi yuritmasi, tasmalarning tarangligi tekshiriladi. Zarur bo‘lsa, yuritma tasmalarining tarangligi rostlanadi.

Ta’minlash tizimining tarkibiy qismini holati, ularning birikish jipsligi aniqlanadi va sezilgan yonilg‘i tomchisi tomishi bartaraf etiladi;

Uzatmalar qutisini ilashma karteriga, kardan flanetslarini uzatmalar qutisiga va ketingi ko‘prikka, oraliq tayanchni ramaning ko‘ndalang to‘siniga, yarim o‘qlar flanetslarini g‘ildiraklar gupchagiga, qopqoqlarning asosiy uzatma karteriga puxta mahkamlanganligi, ilashma tepkisining erkin xarakatlanishi, rul chambaragi, gaykalar, sharli barmoqlar, chashkalar, burilish sapfalarining richaglari puxta mahkamlanganligi, rul boshqarmasini kuchaytirish tizimining zichligi tekshiriladi;

Tormozlar yuritmasidagi naycha va asboblar jipsligi, tormoz suyuqligi tomayotganligiga yoki siqilgan havo chiqmayotganligiga ishonch hosil qilinadi, tormozlari gidravlik yuritmali avtomobillarda – ish tormozi tepkisining erkin harakatlanishi, to‘xtatib turish tormozi yuritmasi sozligi tekshirib ko‘riladi. Tormoz suyuqligining tomishi yoki havoning kirishi bartaraf etiladi, tormoz mexanizmlari va tormoz yuritmasi rostlandi;

Rama, osma, uzel va uning detallarini tirkamani shatakka olish qurilmasi asbobining holati tekshiriladi.




Download 2,05 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Download 2,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish (1-TXK)

Download 2,05 Mb.