Yuvish tozalash ishlari.
Kabina va kuzov tozalanib, avtomobil yuviladi, oynalari, orqani ko‘rish ko‘zgusi, faralar, gabarit chiroqlari, burilishni ko‘rsatkichlari, tormozlash signallari va avtomobilning raqamli belgisi artiladi.
Moylash, tozalash, yonilg‘i va moy quyish ishlari.
Dvigatel karteridagi moy sathi tekshiriladi (zarurat bo‘lsa, me’yorigacha quyiladi), moyni dag‘al tozalash filtri dastasi buraladi, sovitish tizimidagi suyuqlik sathi tekshiriladi (zarurat bo‘lsa quyiladi). Qish mavsumida avtomobil ochiq maydonchada saqlanganida dvigatelni sovitish tizimiga suv to‘ldirilgan bo‘lsa, suv to‘kiladi.
Kundalik texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun avtomobilda quyidagi asboblar bo‘lishi kerak.
|