5. TEXNOLOGIK QISM.
Avtomobillardan foydalanish ishini yaxshilashda texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash texnologiyasini o`rganish, TXK va T texnologik jarayonlarini tashkil qilishni takomillashtirish hamda bajaruvchilar ishini ilmiy asosda tashkil qilish muhim o`rin tutadi. Bu tashkiliy-texnik tadbirlarni hayotga tatbiq etish, avtomobil transporti sohasida erishilgan ilm-fan yutuqlari asosida amalga oshiriladi.
Avtomobillarning nosozliklarini bartaraf qilishda texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash texnologiyasi asosiy bo`g`in hisoblanadi va avtomobillarning texnik holatini zaruriy darajada ushlab turish, uning o`zgarish sabablarini o`rganish, nosozliklarni aniqlash hamda bartaraf qilish usullarini o`rganadi. Buning uchun avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi to`g`risidagi ilm xizmat qiladi. U texnik holatning o`zgarish qonuniyatlarini o`rganadi, texnik hujjatlarda keltirilgan talablarni qondiruvchi ekspluatatsiya ko`rsatkichlarining miqdoriy qiymatini va avtomobillarning ishlash qobiliyatini, saqlab turish usullarini ishlab chiqadi.
Avtomobilni qismlarga ajratish va yig`ish jarayonida foydalaniladigan narsalarni to`rt guruhga bo`lish mumkin:
1. Asboblar
2. Uskunalar
3. Moslamalar
4. Jihozlar
|