Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish
Ma’lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog’liq bo`ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo`limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta’minlanadi.
|