Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus.
Xodimlarga dam olish va ovqatlanish uchun ko`pi bilan ikki soat tanaffus beriladi. Bu tanaffus ish vaqtiga kirmaydi.
Tanaffus, odatda ish boshlangandan keyin, uzog'i bilan to`rt soatdan keyin beriladi, tanaffus muddati va uni berish ichki mehnat tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Xodim tanaffusdan o`z ixtieriga ko`ra foydalanadi va bu vaqt ichida ish joyidan chiqib ketishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoitiga ko`ra tanaffus berish mumkin bo`lmagan ishlarda xodimlarga ish vaqti davomida ovqatlanib olish uchun imkoniyat berilishi lozim.
|