Ish va dam olish tartibi.
Korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar ish vaqtining normal muddati xaftasiga 40 soatdan oshiq bo`lishi mumkin emas. O`zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksida o`n sakkizo` yoshga to`lmagan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagicha belgilangan:
16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan xodimlarga xaftasiga ko`pi bilan 36 s.
15 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan xodimlarga, shuningdek ta'til vaqtida ishlayotgan 14 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan o`quvchilarga xaftasiga ko`pi bilan 24 soat.
Mehnat sharoitlari zararli bo`lgan ishlarda band bo`lgan xodimlar uchun xaftasiga ko`pi bilan 36 soatdan iborat ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilangandir.
Xodimlar uchun ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish xaftasi belgilangan.
Mehnat qonunlarida ko`rsatilishicha ishlab chiqarish harakteri va ish sharoitiga ko`ra besh kunlik ish haftasi joriy qilish.maqsadga muvofiq bo`lmagan korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda bir kun dam olinadigan olti kunlik ish xaftasi belgilanadi. Ish xaftasi olti kunlik bo`lganida haftalik ish vaqti normasi 40 soat bo`lgani holda har kungi ish muddati 7 soatdan oshmasligi, haftalik ish vaqti normasi 36 soat bo`lganda 6 soatdan oshmasligi va haftalik ish vaqti normasi 24 soat bo`lganida har kungi ish muddati 4 soatdan oshmasligi kerak.
Dam oliSh kunlari arafasida ish haftasi olti kunlik bo`lganida ish muddati 6 soatdan ortiq bo`lishi mumkin emas.
Belgilangan ish vaqti muddatidan ortiqcha ishlash ish vaqtidan ortiqcha ish deb hisoblanadi.
|