• 6. Topshiriq berilgan sana
  • Sog`lom ona va bola yili”
  • Diplom loyixasi qismlari bo`yicha maslahatchilar




    Download 2,05 Mb.
    bet4/48
    Sana18.03.2021
    Hajmi2,05 Mb.
    #13281
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    5. Diplom loyixasi qismlari bo`yicha maslahatchilar:



    Diplom loyixasining qismlari

    Boshlanish muddati

    Tugallanish muddati

    Imzo

    Maslahatchi-ning familiyasi

    1

    Kirish

    27.12.2015 y

    04.01.2016 y




    Xalilov S.

    2

    Mavzuning dolzarbligi

    04.01.2016 y

    01.02.2016 y




    Xalilov S.

    3

    Adabiyotlar sharxi

    01.02.2016 y

    01.03.2016 y




    Xalilov S.

    4

    Asosiy qism

    01.03.2016 y

    01.04.2016 y




    Xalilov S.

    5

    Texnologik qism

    01.04.2016 y

    03.05.2016 y




    Xalilov S.

    6

    Iqtisodiy qism

    03.05.2016 y

    10.05.2016 y




    Xalilov S.

    7

    Mehnat muhofazasi qismi

    10.05.2016 y

    20.05.2016 y




    Raximov A.

    8

    Xulosa va takliflar

    20.05.2016 y

    01.06.2016 y




    Xalilov S.

    9

    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

    25.05.2016 y

    30.05.2016 y




    Xalilov S.

    10

    Ilovalar

    01.03.2016 y

    01.04.2016 y




    Xalilov S.

    11

    1-2-chizma

    03.05.2016 y

    10.05.2016 y




    Xalilov S.

    12

    3-4-chizma

    10.05.2016 y

    20.05.2016 y




    Xalilov S.

    13

    5-chizma

    20.05.2016 y

    25.05.2016 y




    Xalilov S.

    14

    6-chizma

    03.05.2016 y

    10.05.2016 y




    Xalilov S.


    6. Topshiriq berilgan sana 27.12.2015 y.
    7. Tugallangan diplom loyixasini topshirish sanasi 02.06.2016 y.
    Diplom loyixasi rahbari Xalilov S
    Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi SHerboyev A
    Kafedra mudiri Ikromov N
    M U N D A R I J A

    1.

    KIRISH....................................................................................................

    5

    2.

    MAVZUNING DOLZARBLIGI ............................................................

    10

    3.

    ADABIYOTLAR SHARHI ...................................................................

    14

    4.

    ASOSIY QISM........................................................................................

    19

    4.1.

    Avtomobil agregatlarining ishonchlilik xossalari va ularning xususiyatlari ……………………………………………………………

    19

    4.2.

    Kuch uzatmasining agregat va mexanizmlari ……………....................

    20

    5.

    TEXNOLOGIK QISM…………………………………………………

    41

    6.

    IQTISODIY QISM …………………………………………………….

    44

    7.

    XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI...................................................

    53

    8.

    XULOSA VA TAKLIFLAR ..................................................................

    61

    9.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI...........................

    65

    10.

    ILOVALAR ............................................................................................

    67



    1. KIRISH
    Yurtboshimiz I.A. Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida 2016-yilni yurtimizda “Sog`lom ona va bola yili”, deb e’lon qilishni bilan birga ko`plab vazifalar belgilab olindi.

    Bugun biz O`zbekistonimizda barpo etilayotgan eng zamonaviy, ulkan va noyob sanoat obyektlari bilan har tomonlama faxrlanishga haqlimiz. Ayniqsa, Surg`il koni negizida qiymati 4 milliard dollardan ziyod bo`lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kabi obyektlarning foydalanishga topshirilayotgani, “Jeneral motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilayotgani, “MAN” kompaniyasi ishtirokida Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi kompleks tashkil etilgani, shuningdek, Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar ishlab chiqarilayotgani, “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas`uliyati cheklangan jamiyati bazasida “Damas” va “Orlando” yengil avtomobillari ishlab chiqarish o`zlashtirilganini alohida ta’kidlash o`rinlidir [1]. 

    Mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish borasida boshlangan tizimli islohotlarni, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat va qishloq xo`jaligida tub tarkibiy o`zgarishlarni so`zsiz davom ettirish, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va bu soha vakillari manfaatlarini himoya qilish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta`minlash 2016-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishiga aylanishi zarur.

    Joriy yilda yalpi ichki mahsulotning o`sish sur`atlari 7,8 foizdan iborat bo`lishini ta`minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo`jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko`rsatish hajmini 17,4 foizga ko`paytirish vazifasi qo`yilmoqda. Inflatsiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o`rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko`zda tutilmoqda.

    Ana shu vazifalarni amalga oshirishda 2016-yilga mo`ljallangan Investitsiya dasturining hayotga tatbiq etilishi o`ta muhim o`rin tutadi. Nega deganda, bu dastur sanoatda, butun iqtisodiyotimizda tarkibiy o`zgarishlarning eng muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.

    2016-yil uchun belgilangan, umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo`lgan 164 ta yirik investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda so`zsiz ishga tushirishni ta`minlash bo`yicha zarur chora-tadbirlarni kechiktirmasdan amalga oshirish lozim.

    Birinchi navbatda, Toshkent – Samarqand – Buxoro tezyurar temiryo`l qatnovini yo`lga qo`yish bo`yicha ishlarni yakuniga yetkazish, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida har biri 450 megavatt quvvatga ega bo`lgan ikkita bug`-gaz turbinasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida 150 megavatt quvvatga ega bo`lgan energiya bloki, Muborak gazni qayta ishlash zavodida 6 milliard kub metr gaz ishlab chiqaradigan uchta oltingugurt tozalash bloki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 70 ming tonna mis eritish quvvatiga ega bo`lgan yangi pech qurilishini tugallash ko`zda tutilmoqda. Shuningdek, Jizzax viloyatidagi sement zavodining quvvatini 1 million tonnagacha portlandsement ishlab chiqarish darajasida kengaytirish, “Jeneral motors - O`zbekiston” aksiyadorlik jamiyatida yangi “Aveo” (T-250) yengil avtomobili ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish rejalashtirilmoqda.

    2016-yilda qishloq joylarda 1 million 800 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 900 kilometr ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, 325 kilometr yo`l qurish mo`ljallanmoqda.

    Bir so`z bilan aytganda, 2016-yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar qiymatidagi investitsiyalar yo`naltirish, ularning o`sish sur`atini 109,3 foizga yetkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig`ini xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015-yilga nisbatan 20,8 foiz ko`pdir.

    Shu borada muhim bir masalaga e’tiboringizni alohida jalb etmoqchiman. Ya’ni, ilgari tushimizda ham ko`rmaydigan investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarini iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga jalb etar ekanmiz, biz avvalo, shular hisobidan xorijdan olib keladigan texnika va texnologiyalar zamon talabiga javob beradigan eng yuqori darajada bo`lishi shart.

    O`tgan yili shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspert baholash agentligi tashkil etildi. Barcha buyurtmachilarning mazkur talablarga so`zsiz rioya etishi birinchi navbatda ushbu agentlikdan qat`iy talab qilinadi.

    Yaqinda Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi tomonidan yengil va to`qimachilik sanoati korxonalarida ushbu masala o`rganib chiqilganida, qator jiddiy kamchiliklar borligi aniqlandi. Bunday tekshiruvlarni davom ettirish kerak.

    Shu bilan birga, eskirgan, talabga javob bermaydigan asbob-uskunalarni olib kelish va ishga tushirish yuzasidan buyurtmachilarning javobgarligini kuchaytirish bo`yicha Ma`muriy javobgarlik kodeksiga va Jinoyat kodeksiga aniq moddalar kiritish zarur.

    2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo`l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturining asosiy qoida va yo`nalishlarini so`zsiz bajarish bo`yicha boshlangan ishlarni 2016-yilda ham davom ettirish eng muhim vazifamizdir.

    Bu borada O`zbekiston milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish masalasi diqqatimiz markazida bo`lishi zarur. Buning uchun joriy yilda qariyb 513 kilometr avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruksiya qilish lozim.

    Temir yo`l transporti sohasida temir yo`llar tarmog`ini yanada rivojlantirish, Samarqand – Buxoro temir yo`l uchastkasining elektrlashtirilishini ta`minlash, Qarshi – Termiz uchastkasini elektrlashtirish ishlarini davom ettirish hal qiluvchi yo`nalishga aylanadi. Qamchiq dovoni orqali o`tadigan 19 kilometrlik tunnel qurilishini yakuniga yetkazish va Angren – Pop yo`nalishi bo`yicha temir yo`l qatnovini yo`lga qo`yish, hech shubhasiz, joriy yilning muhim voqeasi bo`ladi. Bu yo`lning ishga tushirilishi Farg`ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o`rtasida temir yo`l orqali yuk va yo`lovchi tashish imkonini yaratadi [2].

    2007 yil boshidan boshlab “Sam Koch avto” korxonasidan chiqarilayotgan “Uzotayo`l” avtobus va yuk avtomobillarini takomillashtirish maqsadida Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyasi bilan hamkorlik yo`lga qo`yildi. Endi bu korxonaning nomi “Sam Koch Avto” dan “Sam Avto”ga, ishlab chiqarilayotgan avtobus va avtomobillarining nomi esa “Isuzu”ga o`zgartirildi. Bundan tashqari 2009 yilga kеlib Gеrmaniyaning MAN Nutzfahryeug avtomobil zavodi bilan hamkorlikda “GV-MAN auto” O`zbekistan qo`shma korxonasi Samarqand shaxrida ishga tushrilib, yuk tashish avtomobili va avtobuslarini ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yildi.

    “Uz DAEWOO avto” Co avtomobillariga agrеgat va ehtiyot qismlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish borasida ko`plab qo`shma korxonalar ishga tushirilmoqda. Bunday qo`shma korxonalar Andijon, Namangan, Farg`ona va boshqa viloyatlarda tashkil qilindi. Masalan: Andijonda “Uz Tong Xong Ko”, “Uz Dong Yang Ko”, “Uz Koram Ko”, “Uz Dong Ju Paint Ko”, “Uz SaeMyung Ko”, “Uz Dong Vong Ko”, “Uz Kodji Ko”, “Avto Oyna”, “Uz Chasis Ko”, “O`z-Auto AUSTEM”, “Uz-Hanwoo” va boshqa ko`plab qo`shma korxonalari ishga tushirildi, bular avtomobilning saloni, ichki qoplamalari, oldi va orqa bampеrlar, asboblar, panеllar, bеnzobaklar, lakbo`yok matеriallari, sideniyalar, shovqin so`ngdirgichlar yoritish chiroqlari, g`ildirak disklari va boshqalar avtomobil qismlarini ishlab chiqarmoqdalar.

    “Uz DAEWOO avto” Co va unga aloqador qo`shma korxonalarning barpo etilishi mamlakatimiz xalq xo`jaligining avtotransportga bo`lgan ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, minglab zamonaviy ish o`rinlar bunyod etilishiga sabab bo`ldi. Shuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov: “Avtomobil sanoati O`zbеkiston iqtisodiyotining tayanchiga aylanib bormoqda” - dеb bеjiz xitob qilmaydi.

    “O`sish stratеgiyasi tayanch elеmеnti sifatida, kеyingi yillarda GM korporatsiyasi jadal rivojlanayotgan jahon bozorida egallagan yеtakchilik holatida muvaffaqiyatlarga erishish uchun dinamik ilgarilab borish yo`lini tanlab oldi” - dеdi GM korporatsiyasining raisi va ijrochi dirеktori Rik Vagonеr.

    2007 yilning ikkinchi yarmidan boshlab zavod AQShning Jеnеral Motors kompaniyasi bilan hamkorlikda Shеvrolеt markasi ostida “GM-Uzbekistan” YoAJ avtomobil zavodida “Matiz”, “Nexia DOHC”, “Lasеtti” va “Tacuma”, “Epica”, “Captiva”, “Spark”, “Cobalt” hamda “Orlando” rusumli avtomobillarni ham o`z konvеyеrlaridan chiqarmoqda. Yaqin kunlarda yana boshqa yangi rusumli avtomobillar chiqarilishi ham rеjalashtirilgan.

    Avtomobilni ishchanlik holatini saqlab turishga (texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash, yoqilg`i moylash materiallari, shinalarni ta`mirlash, qayta tiklash va x.k.) ketadigan xarajatlar tashish tannarxining 9 dan 25 foizgachasini tashkil qiladi, amortizatsiya muddatida ular avtomobilning boshlang`ich narxidan 6...7 barobar ortib ketishi mumkin. Avtomobilni ekspluatatsiya davridagi xarajatlari umumiy xarajatlarning 87 foizini tashkil qiladi, qolgan 13 foizi esa avtomobilni ishlab chiqarish davriga to`g`ri keladi. Mehnat sarfini olib qaraydigan bo`lsak, yangi avtomobil ishlab chiqarishga 1,5...3,5 foiz mehnat sarflangani holda qolgan barcha avtomobilga qilinadigan mehnat sarfi, ya`ni 96,5...98,5 foizi ekspluatatsiya jarayoniga to`g`ri keladi.

    Yuqoridagi ma`lumotlardan shu narsa aniq bo`ladiki, avtomobillarni ishlatuvchi ularga texnik xizmat ko`rsatuvchi va ta`mirlovchi korxonalar faoliyatiga katta ahamiyat berish lozim. Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimovning “Mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivojlantirish g`oyat muhim ahamiyatga ega” degan fikrlari to`la asoslidir. Ishni ilmiy asosda tashkil qilish, avtomobillar ekspluatatsiyasining nazariy asoslarini rivojlantirish o`ta muhim masaladir. CHunki bu mavjud ishlatish sharoitida avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshiradi, buzuqliklarni oldindan bashoratlashga va oldini olishga imkon beradi.




    Download 2,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 2,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Diplom loyixasi qismlari bo`yicha maslahatchilar

    Download 2,05 Mb.