3. ADABIYOTLAR SHARHI
Diplom loyixasini Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, ma`ruzalari, mavzuga oid texnik adabiyot va o`quv qo`llanmalardan, ilmiy tehnik jurnal va gazetalardan hamda internet ma`lumotlaridan foydalangan holda yoritishga harakat qildik.
O`zbekistonimizda barpo etilayotgan eng zamonaviy, ulkan va noyob sanoat ob`yektlari “Ustyurt” gaz-kimyo majmuasi, “Jeneral motors” kompaniyasi bilan Toshkentda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilayotgani, “MAN” kompaniyasi ishtirokida Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi kompleks tashkil etilgani, shuningdek, Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar ishlab chiqarilayotgani, “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas`uliyati cheklangan jamiyati bazasida “Damas” va “Orlando” yengil avtomobillari ishlab chiqarish o`zlashtirilganini alohida ta`kidlash o`rinlidir [1].
I.A.Karimovning “2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasi”da “Jeneral motors - O`zbekiston” aksiyadorlik jamiyatida yangi “Aveo” (T-250) yengil avtomobili ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish rejalashtirilishi.
2016-yilda qishloq joylarda 1 million 800 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 900 kilometr ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, 325 kilometr yo`l qurish mo`ljallanmoqda [2].
I.A.Karimov “O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida shunday dеydi: Bu asarda davlatimiz rivojlanish bosqichlarini bosib o`tayotganligi, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlangan davlatlar qatoriga kirish uchun O`zbеkiston iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni tеz fursatda imkon boricha yuqori darajalarga olib chiqishi kеrakligi bayon etilgan. Enеrgеtika, kommunikatsiya, transport va ishlab chiqarish tizimlari shular jumlasidandir [3].
X. Mamatov “Avtomobillar” 1-qismida avtomobil dvigatellarining mеxanizmlari va tarmoqlari, ularning vazifasi, umumiy tuzilishi, ishlash uslubi hamda konstruktiv xususiyatlari bayon etilgan [4].
X. Mamatov “Avtomobillar” darsligining 2-qismida hozirgi vaqtda jumhuriyatimizda ko`p tarqalgan avtomobillarning konstruktsiyasi misolida ularning rul boshqarmasiga kiruvchi qismlari tahlil va talqin etilgan. Shuningdеk, unda xususan avtomobilning rul boshqarmasi va mеxanizmlarning vazifasi, ishlashi va ishlash sharoiti tavsiflangan bo`lib, ularning konstruktiv xususiyatlari esa taqqoslash uslubi orqali bayon etilgan [5].
E.Fayzullaеv va boshqalar “Transport vositasining tuzilishi va nazariyasi” darsligida zamonaviy avtomobillarning konstruktiv yangiliklarini va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan “Neksiya”, “Damas”, “Matiz” yengil avtomobillari va “Uzotayo`l” yuk avtomobillari bundan tashqari VAZ, GAZ, KamAZ avtomobillari konstruktsiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari, rul mexanizmlari vazifasi, tuzilishi, ishlash printsipi, turlari hamda konstruktiv xususiyatlari batafsil bayon etilgan [6].
M.Z.Musajanov «Avtotransport tarmog`i korxonalarini loyihalash» darsligida avtotransport tarmog`i korxonalarini loyihalash asoslari va uslubiyati berilgan, korxonalar tasnifi, ularni loyihalash tartibi, texnologik loyihalash me`yorlari, shuningdek, har xil turdagi avtotransport korxonalarining texnologik hisobi, ularni rejalashtirish, respublikamiz va xorijiy mamlakatlar zamonaviy loyihalash amaliyotida yaratilgan korxonalarning yangi va qayta qurish rejalari, ularning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari keltirilgan [7].
O.Hamraqulov, SH.Magdiev «Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi» darsligida amaliy faoliyatdagi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati. Ya`ni avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta’mirlash tenologiyasi, hamda avtotransport korxonalarida ishlab chiqarishda qo`llaniladigan texnologik jihozlar, harakatdagi tarkibga moddiy-texnik ta’minotni tashkil qilish va resurslarni tejash usullari, avtomobil transportini turli ekstremal tabiiy-iqlim va yo`l sharoitlaridagi, asosiy ishlab chiqarish bazalaridan ajralgan holdagi, hamda mahsuslashtirilgan harakatdagi tarkibning ekspluatatsiyasi, avtomobil transportining atrof-muhitga zararli ta`sirining yo`nalishlari va ularni kamaytirish yo`llari keltirilgan [8-9].
O.Hamraqulov tomonidan tayyorlangan «Avtomobillar servisi asoslari» darsligida zamonaviy avtomobillar servisining vazifa va maqsadlari, uning respublikamizda paydo bo`lishi va rivojlanishining o`ziga xosligi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, ishlab chiqarishning tashkil etilishi asoslari va unga qo`yiladigan talablar keltirilshgan. SHuningdek, darslikda firma usulidagi avtoservis, avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish uchastkalari va texnologik jihozlari hamda avtoservis xizmati sifatini ta`minlash chora tadbirlari keltirilgan [10].
Q.M.Sidiqnazarov umumiy tahriri ostida tarjima qilingan «Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi» darsligida avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati fan tarmog`i va amaliy faoliyat sifatida, ekspluatatsiya sohasida ishlayotgan muhandisga talablar yoritilgan, avtomobillar texnik holatining o`zgarish sabablari, texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash rejali-ogohlantirish tizimi, ularning me`yorlari, xizmat ko`rsatish vositalarining o`tkazish qobiliyatini shakllantirish qonuniyatlari, avtomobillarga TXK va ta’mirlash texnologiya asoslari, ishlab chiqarishni boshqarish uslublari va moddiy texnik ta’minotni tashkil etish, mahsus sharoitlarda avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi taraqqiyotining istiqbollari va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uslublari bayon etilgan [11].
B.A.Xo`jaev «Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari» darsligida avtomobil transporti vositalari, ular ish ko`rsatkichlari, ekspluatatsiya xususiyatlari, unumi, ularni tanlash va hisoblash, yuk va passajirlar tashish hamda yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil etish asoslari yoritilgan. «Yagona transport tizimi va har xil transportlar o`zaro yondashuvi» darsligida respublikamizdagi barcha transport turlarining ahamiyati, ularning o`rni va istiqbollari, texnik- iqtisodiy xususiyatlari hamda ulardan maqsadga muvofiq foydalanish masalalari yoritilgan [12-13].
O.Xamraqulov va boshqalar «Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar» o`quv qo`llanmada neft va neftdan olinadigan yonilg`i, moylash materiallari va mahsus suyuqliklarni avtomobillar va boshqa qishloq xo`jaligi mashinalari ekspluatatsiyasida ishlatilishi, ularning fizik-kimyoviy xossalari va sifatini dvigatel ishiga ta`siri, texnikada ulardan oqilona foydalanish, yonilg`i va moy mahsulotlarini me`yorlash haqida ma`lumotlar mujassamlashgan [14].
S.A.Usmonov, M.Raxmatullaev «Texnik tizimlarni boshqarish» avtomobil transporti texnik ekspluatatsiyasida boshqarishni tashkil qilish, boshqaruv qarorlarini optimallashtirishning va transport tizimlarida tashqiliy tarkiblarni qurishning ilmiy asoslari qarab chiqilgan. Texnik ekspluatatsiyada boshqaruv va qaror qabul qilish usullari, harakat tarkibining sifati, texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash tizimi hamda ishlab chiqarish hodimlarning texnik ekspluatatsiya samaradorligiga ta`siri ilmiy tadqiq etilgan [15].
O`.Yo`ldashev va boshqalar «Mehnat muxofazasi» o`quv qo`llanmasida mehnat muxofazasining umumiy qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, uskunalar xavfsizligi texnikasi, yong`in xavfsizligi masalalari hamda O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan me`yoriy xujjatlar asosida yozilgan [16].
O.Q.Qudratov va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» qo`llanmasida fanning tarixi, kelib chiqishi va uning inson uchun ahamiyati keltirilgan. Unda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan shug`ullanadi [17].
S.G`ulomov «Mustaqil O`zbekiston» asarida Vatanimiz iqtisodining rivojlanishi avtotransport va avtomobil yo`llarining ahamiyati boshqa sohalar kabi muhimligi ko`rsatib o`tilgan [18].
Xalqaro moliya bozorlaridagi inqiroz va buning oqibatida vujudga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar davrida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida vaqtinchalik foydalanilmayotgan mehnat resurslarini mamlakatning transport infratuzilmasini rivojlantirishga safarbar qilish bo`yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini amaliyotga tadbiq etish kutilgan natijalarga olib keladi. SHuning uchun ham mamlakatimizda avtomobil yo`llarini qurish, undan foydalanish sohasida mavjud yo`l jamg`armasi mablag`lari hisobidan keng qamrovli ishlarni yanada jonlantirish maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz ilmiy tadqiq etilgan [19].
I.Abdukarimov, M.Pardaev, B.Ikromov “Korxonaning iktisodiy salohiyati tahlili” hamda V.V.Semyonov “Ekonomika predpriyati” o`quv qo`llanmalarida ishlab chiqarish korxonalarning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy xarajatlarni asoslash, bozordagi resurs narhlaridan foydalanish, ishlab chiqariladigan mahsulotni raqobot darajasi hisobga olish, loyiha orqali tayyorlangan mahsulotni narhi hisoblanib bozordagi narhga solishtirish, ishlab chiqarish dasturini tuzishda raqobat darajasi hisobga olish, loyihani amalga oshirish uchun kerakli mablag`ni bank kredit foizi hisobga olish, ishlab chiqishni asosiy fondi hamda ishlab chiqarish fondi hisoblab chiqish, yillik ishlab chiqarish xajmi va tayyorlov narhi (mahsulot birligiga) hisoblash, daromad, tannarh, foyda, amortizattsiya va samaralar hisoblash uslublari bayon etilgan [20-21].
Fan-texnikaning tez suratlarda rivojlanishdan foydalangan holda men bu diplom loyixasi yuzasidan bir qancha ma’lumotlarni internetning bir qancha saytlaridan oldim [22-28].
|