Masofaviy ta’lim modellari




Download 24.11 Kb.
bet1/4
Sana22.05.2023
Hajmi24.11 Kb.
#63154
  1   2   3   4
Bog'liq
Masofaviy ta’lim modellari
Документ Microsoft Word, Узбекистон ПТЗ устави, AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77, Маҳмудбоева Феруза (4), dinara opa, Tiggo-7-Pro-price-UZ, TALABA, Madeniyat filosofiyasinin konseptual tiykarlari, k-krak -afasi va -l suyaklari sinishlari, 7-Mavzu, 1-amaliy ish, KDIRBAYEV NADIRBEK, Hajm birliklari, О‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar va u-fayllar.org (1)

Masofaviy ta’lim modellari. Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilinishiga sabab bo’lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informasiyalashtirish darajasi, transport va kommunikasiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim sohasida informasion va kommunikasion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim sohasidagi odatlari.
Masofaviy ta’limda (MT) turli ta’lim modellari qo’llaniladi, biroq ularning barchasiga xos bir xususiyat mavjud, bu ham bo’lsa, unda barcha o’quvchi-talaba va professor-o’qituvchilar masofa jihatidan ajratilishidir.
Barcha ta’lim turlari kabi MTning ham har xil modellari mavjud. Bu ta’lim jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari:

  • fan mazmunining bayoni;

  • o’qituvchilar bilan o’zaro bevosita va bilvosita muloqot;

  • amaliy topshiriqlarning bajarilishi;

  • talaba bilimini nazorat qilish va baholashdan iborat bo’ladi.

1) Birlamchi model, yoki Yagonalik modeli ham deb ataladi. Ushbu model faqat masofaviy o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o’qituvchiga biriktirilgan bo’lishadi. Konsultasiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bulimlar bo’lishi shart. Shunday o’quv kurslarda o’qituvchi va o’quvchilarga o’quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi.
Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin.
Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko’ra faqat masofali o’qitishda va «masofali» talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O’qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kunduzgi shakli zarur bo’lmaydi. Barcha o’qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o’qitishda hududiy markazlar bo’lib, ularda talabalar o’qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygohlarda professor-o’qituvchilarga ham talabalarga ham o’quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o’quv jadvallariga qa’tiy chegaralar qo’yilmaydi.
2) Ikkilamchi model, yoki ikkilangan modeli ham deb ataladi. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o’quv dasturi va darslar jadvali, imtihonlar va ularni baholash mezonlari mavjud. Shunday o’quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko’p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo’nalishlarni izlanishlarida qo’llaniladi.
Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin.
Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o’qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o’qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo’ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar soni masofali o’qiyotgan talabalar sonidan katta bo’lgan ana’naviy oliygohlardir. Shuning uchun bir universitetning o’zida ikki shaklning birgaligida ko’proq o’zlarida katta o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba’zan u qisman kunduzgi talabalarni o’qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg’u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o’qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of Neo’ England, Australia – http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
3) Aralashgan model, yoki aralash model ham deb ataladi. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlarini integrasiyalashtirish uchun yaratiladi. O’quvchi-talabalar o’quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o’qiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar, prezentasiyalar va leksiyalar o’tkazish ham kiradi.
Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin.

Download 24.11 Kb.
  1   2   3   4




Download 24.11 Kb.