• Masofaviy o‘qitishning rivojlantirish bosqichlari.
  • Masofaviy ta’lim tushunchasi




    Download 27,31 Kb.
    bet1/3
    Sana07.12.2023
    Hajmi27,31 Kb.
    #113453
      1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu


    1 – MA’RUZA. MASOFAVIY TA’LIM VA MASOFAVIY O‘QITISH
    TUSHUNCHALARI.


    Reja:
    1. Masofaviy ta’lim tushunchasi.


    2. Masofaviy o‘qitish usullari. Masofaviy o‘qitish kontseptsiyasi.
    3. Masofaviy o‘qitishning rivojlantirish bosqichlari.


    Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga ananaviy tushunchalar qatorida yangi- yangi tushunchalar kirib kelmoqda. Qo‘yida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib, ularga ta’riflar berib o‘tilgan.
    O`qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tizimli bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan jarayondir.
    Ta’lim – bu o‘qitishning natijasi bo‘lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir.
    Masofaviy oqitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
    Masofaviy oqish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart- sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog‘liq emas.
    Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim kompleksidir.
    Demak, masofaviy o‘qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o‘qitishning va masofaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.
    Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi.

    Download 27,31 Kb.
      1   2   3




    Download 27,31 Kb.