• Parallellik
  • Iqtisodiy tejamkorlik
  • Ijtimoiy teng huquqlilik
  • Masofaviy ta’lim tushunchasi




    Download 27,31 Kb.
    bet2/3
    Sana07.12.2023
    Hajmi27,31 Kb.
    #113453
    1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu
    AMALIY TOPSHIRIQ (2), course text, 1-topshiriq., mem, ЎЗАРО ДАРСЛАРНИ КУЗАТИШ, Oʻzbek adabiyot-WPS Office (1), A7, 12-Mavzu, 13-mavzu dinamik makroiqtisodiyot (1), 06 28 31 AJAHI G TAXONOMY, ECOLOGY AND DISTRIBUTION OF REPRESENTATIVES OF THE FAMILY ENIDAE WOODWARD, 1903 IN THE KOHITAN MOUNTAIN, iqtisodiy-nazariyaning-zamonaviy-jamiyatdagi-tutgan-o-rni-va-ahamiyati, mZf2WD4VUD5xj5sKddPfbigueX8ux114jXDtm17Q
    Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi.
    Modullilik – Bir biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘quv kurslari to‘plamidan
    - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o‘quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi.
    Parallellik – O‘quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.
    Keng qamrovlilik – Ko‘p sonli o`quvchilarning bir vaqtning o‘zida katta o‘quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli o`quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o‘zaro va o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati.
    Iqtisodiy tejamkorlik – O‘quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o‘quv materiallaridan samarali foydalanish, o‘quv materiallarini bir joyga yig‘ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko‘p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
    Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish imkoniyati.
    Internatsionallilik – Ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.
    Oqituvchining yangi roli – Masofaviy o‘qitish o‘qituvchining o‘qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o‘qituvchi o‘zlashtirish jarayonini muvofiqlashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi talab etiladi.
    Sifat – Masofaviy o‘qitish usuli ta’lim berish sifati bo`yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o`quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin.
    Yuqoridagilarni hisobga olinganda masofaviy ta’lim kompleksi ancha qulayliklarga ega ekan. Lekin, nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo‘lib qoldi?
    degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o`tish mumkin:

    • Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog`liqmasligi va boshqalar).

    • Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.

    • Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.

    • Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.

    • Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.

    Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o‘qitishga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi:

    1. Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o‘quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.

    2. Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish.

    3. Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.

    4. Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish.

    5. Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.

    6. Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash.

    Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim kompleksini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta’lim maskanlari (OTM) kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ta’minlangan. Ularning barchasi Internet tarmog`iga ulanganlar. Ushbu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy etish OTMlari oldiga qo`yilgan ko`p muammolarni o‘z paytida xal etishga yordam beradi.

    Download 27,31 Kb.
    1   2   3




    Download 27,31 Kb.