|
PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALIBog'liq Karabayeva M.I.PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI
1 – SON / 2022 - YIL / 15 - SENTYABR
www.bestpublication.org
86
1-rasm.
Suv molekulalarida yodning tarqalishi.
2-rasm.
Diffuziya jarayonining bosqichma-bosqich borishi.
Massa almashinish jarayonlari faol komponent va inert tashuvchi fazalar bilan
xarakterlanadi. Faol komponent-bu fazadan fazaga o`tuvchi massa, inert
tashuvchilarning miqdori esa, jarayon davomida o`zgarmaydi. Massa almashinish
jarayonini harakatga keltiruvchi kuch – kontsentratsiyalar farqi.
Absorbstiya – bu gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga selektiv
ravishda yutilish jarayonidir.
Suyuqliklarni haydash va rektifikastiya – bu suyuq va bug`fazalar orasida
komponentlar o‟zaro modda almashinish yo‟li bilan suyuq aralashmalarni
kimponentlarga ajratish jarayonidir. Ushbu jarayon issiqlik ta‟sirida olib borilib,
komponentlarning qaynash temperaturasi har xil bo‟lishiga asoslanadi. Bu jarayon 2 xil
bo‟ladi: oddiy haydash (distillash) va murakkab haydash (rektifikastiya). Shu alohida
ta‟kidlash kerakli, bunda modda suyuq fazadan bug`ga va bug`dan suyuq fazaga o‟tadi
Ekstrakstiya – bu eritma yoki qattiq jismdan erituvchi yordamida bir yoki bir
necha komponent ajratib olish jarayonidir («suyuqlik-suyuqlik» sistemasida faol
komponent bir suyuq fazadan ikkinchisiga o‟tadi. «Qattiq jism – suyuqlik» sistemasida
modda qattiq jismdan suyuq fazaga o‟tadi. Bunday sistemada komponentning suyuq
fazaga o‟tishi eritish jarayon deb ataladi.
Adsorbstiya – bu gaz, bug` yoki suyuq aralashmalardan bir yoki bir necha
komponentlarni qattiq, g`ovakli jism bilan yutilish jarayonidir. Juda katta faol yuzaga
ega qattiq jismlar adsorbentlar deb ataladi
Quritish – bu qattiq materiallar tarkibidagi namlikni bug` shaklida ajratib olish
jarayonidir. Ushbu jarayonda faol komponent - namlik qattiq fazadan gaz yoki bug`
fazasiga o‟tadi.
|
| |