Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
192
bo‘lmish nutq tovushlarini tovlantirib, o‘rni bilan topib-topib, chertib- chertib
qo‘llash orqali erishiladi. She’riyatda asosan,
alliteratsiya (undoshlar takrori),
assonans (unlilar takrori),
geminatsiya (undoshlarni qavatlash)
kabi fonetik
usullardan foydalaniladi. Nasrda ham, nazmda ham unlilarni cho‘zish, undoshlarni
qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish
yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi.
Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan”
ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik
vositalar yordamida erishish mumkin. Aflotun va Arastu yashagan zamonlardayoq
so‘zning talaffuz tarzi va uni aynan yozuvga ko‘chirish muammosi mutafakkirlar
e’tiborini o‘ziga jalb qilgan edi. Hatto bu notiqlik san’ati bilan bog‘liq bo‘lmagan
ravishda, so‘zning, so‘zdagi harflarning talaffuzi bilan bog‘liq ohanglar garmoniyasi
buyuk faylasuflar uchun ilhom manbayi bo‘lgan edi. Ular so‘z tarkibiga singib
o‘ziga xos ma’no va ohang kasb etib ulgurmagan harflarga ham o‘zgacha mazmun
berishga intilishgan edi. Masalan, [R] harfi - tezlikning, shiddatning ramzi, [I]-harfi
viqorning, silliqlikning, yaltiroqlikning ifodachisi, [i]
- torning, [a]- keng va
kattaning, [E] -abadiyatning belgisi sifatida talqin qilingan.
Keyinroq tovushlar tabiati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar [U], [D], [R]
tovushlari dahshatni yodga solishi, [I] xursandchilikning, [M], [N], [I]
tovushlari
nazokatning sirli ramzlari ekanligi haqidagi mulohazalarini bayon qilishgan.
Tovushlarga, ayniqsa, harflarga bu tarzda ma’no yuklash, albatta, jiddiy ilmiy
asoslarga ega emas. Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‘ziga xos
murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand
bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq,
olqish, so‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik,
tilak-istak, qo‘llab quvvatlash kabi
holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli
- fonografik vositalardan foydalanadilar.
Iqbol Mirzo she’riyatida
unlilarning birdan ortiq yozilishi orqali ijodkor
aytmoqchi bo‘lgan yoki aytayotgan fikr qahramonning
voqelikka munosabatini
oydinlashtiradi. Ilmi adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining kuchsiz yoki
me’yordan ortiq ekanligini ifodalashda foydalanish kerakligi ta’kidlanadi.
Undoshlarni birdan ortiq yozilishi Aslida orfoepik me’yor bo‘yicha bir
undosh talaffuz qilinishi kerak bo‘lgan so‘zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiv va
estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So‘zlovchining ichki
ruhiyati (siqilish, ichikish, xursandlik, ko‘ngil to‘lishi kabilar)
va maqsadini
kitobxonga “aynan” yetkazish uchun ijodkorlar badiiy matnda bu holatni
undoshlami birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining
me’yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki oniyligi (bir onda ro‘y
berganligi), takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma’nolar
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
193
ifodalangan bo‘ladi. Ammo shoir Iqbol Mirzo undoshlarni majburan qavatlamaydi.
Grammatik talablarga mos qavatlangan undoshlardan mahorat bilan foydalanishga
harakat qiladi. Masalan:
Undoshlarning takror ya’ni qo‘sh kelishi natijasida belgini ta’kidlash ma’nosi
anglashiladi.
Axir Vatan
bitta, sen ham
bittadirsan,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?!1
Buncha bino qo‘yma
zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga,
Suyangani tayoq bo‘lgin cho‘ponlarga,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?! (3-bet)
Po‘stlog‘ingiz silab tomirimda nur,
Qo‘shig‘ingizda bor xushbuy daraklar.
Boringizga shukr, Sizga
tashakkur,
Vatandosh daraxtlar, yurtdosh daraxtlar