Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
189
qo‘shilgan dialektal holatdir. Quyidagi parchada esa I
shaxs kishilik olmoshining
dialektal holati uchraydi:
Bunday kunda mag‘an ko‘ngil to‘q edi,
Xon Alpomish chalqib yurgan bek edi,
Ulton degan sira begi yo‘q edi. [5, 309]
Umuman, morfologik-fonetik dialektizmlar dialektologiya morfologiyasi,
fonetikasida o‘rganilsa-da, biroq shevaga xos so‘z nuqtayi nazaridan baholanmagan.
Xususan, dialektizmlar haqida fikr bildirilar ekan, quyidagi holga duch kelamiz:
“Ayniqsa, dialektal so‘zlardan hazil, kinoya sifatida foydalangan o‘rinlar bor:
Miraziz A’zamga:
Bolalarcha kasha yeb,
Bolalarga yozadir.
Shuytib, sakson yoshda ham
Bolalardek tozadir.
Shun ta’kidlash lozimki, dialektizmlar adabiy tilning boyishi uchun tabiiy
manbalardan biri bo‘lib qoladi. ”
[1, 90-91] She’riy parchaga berilgan bu izohlarda
esa
shuytib birligi
dialektizm sifatida tilga olinsa-da,
turi haqida munosabat
bildirilmagan. Aslida ko‘rinib turibdiki, badiiy matndagi
shuytib birligi morfologik-
fonetik dialektal xususiyatlarga ega. Shu ma’noda dialektizmning ushbu turiga
nisbatan morfologik-fonetik dialektal so‘z deyish mumkin. Eposining dialektallik
xususiyatini ta’minlashda bunday tavsifga ega dialektizmlarning o‘rni ahamiyatli
ekanligini aytish mumkin.
Negaki, ham asosda, ham qo‘shimchada fonetik o‘zgarishlar bo‘lishi dostonni
adabiy tildagi muayyan qoidalardan holi bo‘lishini ta’minlaydi, natijada dialektallik
xususiyatini saqlanishiga zamin yaratadi. “Demak, dialektal so‘z o‘zicha
shakllanmaydi, balki dialektal matn (lar) va u (lar)ning tarkibida shevaga
xos lеksik
birliklar bilan birga qo‘llangani uchun u faqat bir (yoki bir necha) sheva vakillari
tushunadigan dialektal ma’noga ega bo‘ladi. ” [3, 29] Shu ma’noda morfologik-
fonetik dialektal so‘zlar ham sheva vakillari tushunadigan dialektal ma’noga ega
bo‘ladi. Asos va qo‘shimchalardagi bunday holat morfologik-fonetik dialektizmlarni
shakllantiradi dialektal ma’no yuklaydi deyish mumkin.
Shu o‘rinda bir necha morfologik-fonetik dialektizmlar “Alpomish”da uchrab,
doston matnini dialektal matn sifatida ko‘rsatib turibdi degan xulosani beradi.
“Doston tilidagi lug‘aviy birliklarning asosini adabiy tildagi so‘zlar tashkil qilsa-da,
lekin unda qipchoq dialektining o‘ziga xos so‘zlari va shuningdek, adabiy tildagi
variantidan ma’lum fonetik va morfologik o‘zgarishlarga uchragan so‘zlar ham
anchaginaligi uning sheva vakillari tomonidan aytilganligini tasdiqlaydi. ” [4, 85]
Dostonning bu xususiyatlarini o‘rganish natijasida morfologik-fonetik dialektal
so‘zlarni ham shakllangan deyishga asos borligini ko‘rsatadi.