Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
199
Oydinniso ijodida bir qator, boshqa asarlarda uchramaydigan tashbehlar ham
mavjud. Jumladan:
Osmon to‘la nayzaning uchi
Va bo‘yningga tushguday o‘roq.
Qotib qolgan osmonning ko‘ksi,
Qotib qolgan yer yana ko‘proq.
Ushbu misralarda yulduzlar “nayzaning uchi"ga, oy esa, o‘roqqa o‘xshatilgan.
Ijodkor she'rni tashbeh bilan boshlab, tashbeh bilan tugatadi:
Sovut kiygan jangchiday hatto
Tuyg‘u pusib poylar yurakdan.
Xulosa qilib aytganda, Oydinniso ijodi kutilmagan tashbehlarga hamda turli
xil badiiy tasvir vositalariga boy. Shoira ana shunday vositalar orqali tilimizning
go‘zalligini hamda keng imkoniyatlarini ochib bergan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Adabiyotlar:
1. Oydinniso. Serenada. – Toshkent: Akademnashr.
2. Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. - Samarqand.
3. Yo‘ldashev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. -Toshkent, Fan, 2008
SADRIDDIN AYNIY ASARLARIDA DAVR NEOLOGIZMLARINING
IFODALANISHI
Muslixiddinova Raxshona
NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: f. f. f. d. (PhD)
N. J. Yarashova
Annotatsiya: Neologizmlar doimiy yangilik bo‘yog‘ida bo‘lmaydi. S.
Ayniyning “Doxunda” va “Odina” asarida o‘z davri uchun yangi bo‘lgan so‘zlar
qo‘llanilishini ko‘rish mumkin.
Annotation: Neologisms are not always in the news. "Doxunda" and "Odina"
one can see the use of words that are new to their time.
Leksikaning rivojlanishi ikki yo‘nalishda bo‘ladi. Leksika o‘z
taraqqiyoti
jarayonida jamiyat taqqiyotida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni, yangiliklarni
ifodalash orqali va leksika boshqa tillarda qabul qilingan soʻzlar, yaratilgan yangi
soʻzlar, atamalar, iboralar oʻz ma’nolarini oʻzgartirishlari hisobiga ham boyib
boradi. Xususan, S. I. Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga
qaraganda murakkab va ko‘p qirralidir.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
200
Neologizmlar avvalo ikkiga bo‘linadi:
Umumtil neologizmlari;
Individual yoki muallif neologizmlari.
Umumtil neologizmlari ham dastlab individual nutqda boʻladi degan qarash
bor. Umumtil neologizmi tilda ma’lum vaqt ishlatilganidan keyin yangilik
bo‘yog‘ini yo‘qotadi va ko‘pincha odatdagi, zamonaviy leksemaga aylanib ketadi
1
.
Muallif umumtil neologizmi bo‘lgan so‘zni asariga kiritgan bo‘lishi ehtimoli
yuqori. Adibning yoki biror ijodkorning o‘zi yangi so‘z shakllantirsa u individual
bo‘la oladi. Sadriddin Ayniy asarlarida davr neologizmlarini alohida o‘rin tutadi.
Zotan, asarlarda davr uchun yangi bo‘lgan so‘zlarni uchratishimiz mumkin.
1. Bir oydan beri zindonda g‘alati gaplar eshitila boshladi:
- Hurriyat bo‘larmish!
- Hurriyat nima?
- Hurriyat shu emishki, birov birovga “bu yerda tur! U yerda o‘tir!”
deyolmasmish. (Sadriddin Ayniy. Doxunda. 213-bet)
2. Zakotchi eski gazetani ko‘rgach, g‘azablanib odamlariga: Qo‘l oyog‘ini
bog‘lang bu jadidni, - deb Sharifni ko‘rsatdi.
…Bu qo‘qqisdan ko‘tarilgan mojarodan; “jadid otli qochoq biron gunohkor
bor ekan-da, uni izlar ekanlar” deb o‘ylar, shuning uchun”
-Biz jadid degan kishini tanimaymiz va shu nom bilan yuradigan odamni
uchratgan emasmiz. - der edilar. (Sadriddin Ayniy. Odina. 55-56-bet)
3. -Buxoroda musulmon boʻlgan juhudlarni "jadid" deydilarda, -dedi bir
bandi.
- Yo‘q, -dedi ahvoldan bir darajada xabardor boʻlgan boshqa bir bandi, -
gazet oʻqiydigan musulmonlarni "jadid" der emishlar. (Sadriddin Ayniy. Doxunda
214-bet)
Bugungi davr neologizmlarini aniqlash birmuncha murakkab emas, chunki
yashab turgan kecha-kunduzimizdagi yangi so‘zlarni ilg‘ab olish oson. Badiiy asarda
qo‘llanilgan o‘tgan ma’lum davr neologizmi esa asar ruhidan anglashiladi. Yuqorida
ko‘rgan ikki “hurriyat” va “ jadid” so‘zlariga e’tiborimizni qaratsak.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Hur” so‘ziga “ozod, erkin; mustaqil;
erksevar, asl, toza”, “Hurlik” so‘ziga “Hur, erkin holat. ”, “Hurriyat” so‘ziga esa
“ozodlik,
erkinlik, hurlik; 1. Siyosiy, iqtisodiy va b. zulm, tazyiqdan xaloslik,
erkinlik ozodlik”, deya izoh beriladi.
“Jadid” so‘ziga [yangi, boyagi, oxirgi] tar. Yangilik tarafdori, jadidchilik
harakatining qatnashchisi”, deya izoh beriladi.
1
Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - Toshkent. Unversitet. 2006.93-bet.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
201
Demakki, hozirgi unda eskirgan so‘zga
aylanib ulgurgan bu ikki
ma’rifatparvarlikka //asar qahramonlari uchun hayrat uyg‘otgan, taajjubga solgan
vaziyatlarni guvohi bo‘lish mumkin.
Shu vaqt banka xodimlarining choy ichish
vaqtlari, agar biroz kechiksam choydan qolaman. (Sadriddin Ayniy. Sudxo‘rning
o‘limi. 6-bet)
“Banka” so‘zi ijtimoiy hayotni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan muassasa
apakopa hodisasi hosilasi bo‘lib tilga kirgan – bank atamasi hisoblanadi. Ma’lum bir
turg‘unlik davridan so‘ng iqtisodiyotda endi qadam qo‘yila boshlangan davr uchun
bu so‘zing yangi bo‘lishi tabiiy holdir.
Bu charxlarning vazifasi - chinglarni aylantirish, chigitli paxtalarni chinglar
og‘ziga yetkazib berish, tozalangan paxtalarni bir tomonga surish va boshqalar edi.
Ching deganimiz bir -birlariga ustma-ust qurilgan bo‘lib, bir charx vositasi bilan
yuzma-yuz aylanadigan ikki tishli o‘qdan yasalgan bir dastgohdir…har ikki-uch
chingga bir ishchi qaraydi, uni “chingchi” deb ataydilar. (Odina. 30-bet)
Yuqorida o‘sha davr neologizmi “ching” atamasi haqida so‘z ketyapti.
Muallifning o‘zi so‘zga tushuncha beradi. Bu esa bu so‘zlarning o‘z vaqti va o‘rni
uchun yangilik bo‘yog‘iga to‘la ega bo‘lganligining tasdig‘idir. Davomida esa
neologizimga o‘zbek tilida shaxs oti yasovchi qo‘shimcha qo‘shilib yana bir yangi
so‘z yaratilganini guvohi bo‘lamiz.