Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
202
Ikkinchidan, agar ular bosh koʻtarsalar Buxoro xalqiga yordam berishga
kelsalar, rus konsuli oraga tushib, ularning amirga qarshi borishiga yoʻl bermaydi.
(Doxunda 215-bet)
Izohli lugʻatga murojaat qiladigan boʻlsak, konsul soʻzi (lot. consul —
maslahatchi 1 tar. Qadimgi Rimda hamda 19-asr boshida Fransiyada: oliy hukumat
amaldorlarining unvoni va shu unvonga ega bo‘lgan
shaxslarMustamlaka davrida
amrga "maslahatchi" boʻlgan shaxs - konsul hisoblangan. Shu davrdan boshlab
kishilar bu soʻzni taniy boshlagan.
`Yuqorida Sadriddin Ayniy asarlaridan "Doxunda", "Odina" va " Sudxo‘rning
o‘limi" asarlaridan baʼzi oʻrinlarda qo‘llangan neologizmlar tahlilini koʻrdik.
Shuningdek, inqilob, partiya kabi vaqt va makon jihatidan yangilik boʻyogʻi ega
soʻzlarni ham uchratamiz. Leksik neologizmlar nisbiy tushuncha va ular doim ham
oʻz tarkibida yangilik boʻyog‘ini saqlamasligi tasdig‘ini avvalgi asrlarda yozilgan
asarlar tasdiqlaydi. Haqiqatda yuqoridagi soʻzlarimizning baʼzisi eskirgan soʻzga
aylangan boʻlsa, baʼzisi umumtil qatlamiga singib odatiy soʻzlardan biri bo‘lgan.