• Kalit so‘zlar
  • Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   219
    Adabiyotlar: 
    1. O‘tkir Hoshimov. “Ikki karra ikki besh”. T. 2001. 148-b.
    2. O‘tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari”. T. 2002.
    XIAZMNING BADIY NUTQDAGI VAZIFALARI
    (Usmon Azim she’rlari ijodida) 
    Parpiyeva Madina Ashurali qizi 
    Andijon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi II kurs magistranti 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada Usmon Azim she’riyatida alohida o‘rin olgan 
    xiazm va uning vazifalari haqida fikr yuritamiz.
    Kalit so‘zlar: parallelizm, xiazm, inkorli parallelizm.
    Аннотация:В данний статье мы рассматриваем хиазм и его функциб 
    занимающие особое место в поезии Осмон Азима.
    Annotation: In this article, we consider the chiasm and its funksions, wchich 
    have a special place in the poetry of Osman Azim.
    Sintaktik paralleizm she’r misralarida bir-biriga yaqin yoki bir xil birliklarni 
    takrorlanib qo‘llanishidan paydo bo‘ladi.
    -Aybsizligim –bir o‘limga teng,
    Men uchun ham jallod, dor qurgin.
    Hamma gunoh qildi-ko‘rdim men,
    Hamma gunoh qildi-jim turdim… 
    (Tush) 
    Sintaktik parallelizmning murakkab ko‘rinishlari ham bo‘lib, ular: xiazm va 
    inkorli parallelizmdir. Xiazm –bu so‘zlarning qisman yoki to‘la teskari 
    takrorlanishidir. Inkorli paralleizm esa avvagi bo‘lakni inkor qiluvchi turdir. 
    1
    She’r yozaman -sevgi,
    She’r yozaman –nafrat.
    (Parellel chiziqlar) 
    1
    Адабиётшунослик луғати (Хаммуалиф).-Т.:Академнашр. 2010.-Б.21.4-215 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    208 
    Yuqoridagi misralarda she’r yozaman sevgi – lirik qahramon ham sevgi bilan, 
    ham nafrat bilan yozadi. Bu his-tuyg‘ularini o‘quvchiga yuqtirish uchun sintaktik 
    paralleizmdan foydalangan. Sintaktik konstruktsiyalar bu yerda (she’rni sevgi-
    muhabbat bilan yozaman) to‘ldiruvchi, kesim takroridan yuzaga kelgan. Bu yerda 
    ega-tushib qolgan, egani esa kesimdagi shasx-son qo‘shimchalari orqali aniqlab 
    olamiz. To‘ldiruvchi esa belgisiz qo‘llangan. Ikkichi misrada esa birinchi misraga 
    zidlik munosabati ifodalangan.
    “Xizam poetik nutqda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) Uslubiy-semantik 
    vazifa. Bunda ikki komponent mazmuni o‘zaro zidlik kasb etadi, yoki aksincha, bir- 
    birini mantiqiy to‘ldiradi. 2. Ekspressiv vazifa. Bunda o‘quvchi yoki tinglovchiga 
    zavq bag‘ish, fikrni tez va uzoq vaqt esda saqlab qolishga xizmat qilish nazarda 
    tutiladi. 3. Evfonik vazifa. Xizamni yuzaga keltirayotgan bo‘laklar o‘zaro o‘rin va 
    vazifa jihatidan almashinganda ohang ham shunga mos ravishda almashinib 
    boradi”
    1
    .
    Meni seving,
    Mendan nafratlaning – 
    Boshqasiga ruxsat bermayman.
    (Parellel chiziqlar) 
    Xizamning uslubiy - semantik vazifasiga ko‘ra o‘zaro zidlik yoki mantiqan 
    bir- birini to‘ldirish vazifalarini bajaradi. Yuqoridagi misrada xuddi shuni 
    ko‘rishimiz mumkin. Birinchi misra va ikkinchi misra ma’no munosabati jihatidan 
    o‘zaro zidlangan. Zidlik hosil qilgan konstruktsiyalar bular: “ Meni seving- mendan 
    nafratlaning “. Bundan tashqari sintaktik paralleizm boshqa stilistik figuralar bilan 
    ham birga qo‘llaniladi.
    Quyidagi misrada esa biz xizamning ekspressiv vazifasi ko‘zga yaqqol 
    namoyon bo‘ladi. Ya’ni o‘quvchi lirik qahramon holatini zavq bilan tinglaydi, shu 
    holatni esa xotirada uzoq muddatga muhrlaydi 
    Oxista-oxista yog‘adi yomg‘ir,
    Oxista –oxista qo‘zg‘alar shamol 
    Oxista-oxista to‘kar yumshoq nur 
    Bulutlar bag‘ridan ko‘ringan hilol.
    (Oxista-oxista yog‘adi) 
    Kecha –uzun. Kecha –cheksiz.
    Kecha –g‘alayon.
    Xavotirda farzandini 
    Quchoqlar cho‘pon! 
    (Bezovta tun) 
    1
    Mamaziyayev O.X. “O‘zbek poetik nutqida xiazm va gradatsiya.-Farg’ona,NDA,-2004. 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    209 
    Mirsalarda xiazmni hosil qilayotgan bo‘laklar o‘zaro o‘rni va vazifalari 
    jihatidan almashinganda ohang ham almashinilib boradi.
    Usmon Azim she’riyatida sintaktik paralleizm va uning bir turi bo‘lgan 
    xiazmda shoir o‘z o‘rnida shunday mohirona qo‘laganki, ohongdorligi bilan, o‘ziga 
    jalb qilishi bilan kitobxon xotirasida muhrlanadi.

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish