• “ ражо-дуо”
  • ERKIN VOHIDOV SHE’RLARIDA AYRIM MUOMALA-MUROJAAT IFODALOVCHI UNDOV SO‘ZLARNING QO‘LLANISHI Xayitova Yulduz
  • Kalit so‘zlar
  • “тақво” қозонига солиб, устига “ ҳаё”




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   219
    “тақво” қозонига солиб, устига “ ҳаё” сувидан қуясиз. Сўнгра қозонни “меҳр-
    муҳаббат” оташи билан қиздирасиз ва ундаги нарсани “тавба-шукр” 
    қадаҳига соласиз. Қадаҳни “ ражо-дуо” шамоли билан совутганингиздан сўнг 
    ажойиб дори ҳосил бўладики, уни “ ҳамду сано” қошиғи билан ичгайсиз. Агар 
    сиз бу амалиётни тўлиқ бажарсангиз, албатта, бу дунё ва охиратдаги барча 
    дарду балолардан фориғ бўлиб, икки дунё саодатига етишасиз. (142-бет) 
    Юқорида келтирилган матнда турли соҳага оид дарахт, илдиз, сув, гурзи 
    (эск. ), қозон, қиздирмоқ, совутмоқ, шамол, дори, қошиқ, тажриба каби 
    терминлар иштирок этганлигини кўрамиз. Мазкур терминлар матн 
    мазмунидан келиб чиқиб қараладиган бўлса, албатта, ўз маъносида 
    қўлланмаган, бошқа сўзлар билан бирикиб услубий бўёққа эга бўлган ва кўчма 
    маъноларни ифодалашга ихтисослашган.
    Муаллиф инсон маънавий оламининг безаги бўлган ва ҳамма ҳам эриша 
    олмайдиган юксак даражадаги қалб поклигини (маънавий бойликни) шундай 
    гўзал бадиий, тасвирий бўёқларда ифодалаганки, ўқиган одам беихтиёр 
    маънавий қувват олади. Бу фикрлар бевосита комил инсонни шакллантириш 
    механизмидир.
    ERKIN VOHIDOV SHE’RLARIDA AYRIM MUOMALA-MUROJAAT 
    IFODALOVCHI UNDOV SO‘ZLARNING QO‘LLANISHI 
     
    Xayitova Yulduz
    talaba 
    Andijon davlat universiteti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada Erkin Vohidov she’rlarida qo‘llangan 
    muomala-murojaat ifodalovchi undov so‘zlarning uslubiy xususiyatlari haqida fikr 
    yuritilgan.
    Kalit so‘zlar: so‘z, undov so‘z, she’riyat, muomala-murojaat, uslub, tahlil.  
    O‘zbek she’riyatining yuksak darg‘alaridan biri sanalgan E. Vohidov o‘z 
    she’rlarida o‘zbek tili boyliklaridan unumli fiydalangan so‘z ustasidir. Xususan, 
    muallif she’rlarini kuzatar ekanmiz, unda muomila-murojaat ifodalovchi undov 
    so‘zlardan ham keng foydalanganini ko‘ramiz. Bunday undov so‘zlar anglatgan 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    214 
    uslubiy ma’no nozikliklarini quyida shoir she’rlaridan olingan misollar orqali ko‘rib 
    chiqsak.
    So‘ng bor qarab mashinaga,
    Yon ko‘zguni uzatdi.
    “Oq yo‘l”, dedi, o‘zi ketmay 
    Avval bizni kuzatdi.
    * * * * 
    “Xayr, qamchi bosing, endi 
    Toychog‘ingiz hech tolmas.
    Bizning eski qumg‘on tugul 
    Samolyot ham yetolmas”. (“Farg‘ona yo‘llarida” she’ridan) 
    Yuqorida keltirilgan she’riy parchada oq yo‘l, xayr kabi nutqiy odat undovlari 
    qo‘llangan. Strukturaviy jihatdan “Oq yo‘l” undovi tarkibli, boisi ikki so‘zdan 
    tashkil topgan. ”Xayr” undovi esa sodda hisoblanadi. Ikki undov so‘z ham 
    xayrlashuv ma’nosini ifodalab kelgan. ”Oq yo‘l” undov so‘zida "Xayr" sòziga 
    nisbatan funksional ijobiy bo‘yoq kuchliroqdir. "Oq yo‘l" so‘zi ko‘proq badiiy 
    uslubda qo‘llanilsa, "xayr" undovi esa ko‘proq so‘zlashuv uslubida qo‘llanadi. 
    Pragmatik jihatdan adibning “oq yo‘l” undovini qo‘llashi lirik qahramonning 
    hamrohiga nisbatan g‘amxo‘rligini, boshqalarni hurmat qilish kabi yashirin 
    ma’nolarni o‘zida mujassam etadi.
    “Xayr” undov so‘zi esa kesatiq, piching ma’nosida kelgan. Toychog‘ining 
    yaxshi chopmasligini bilib turib, hamroxining ustidan yengil kulgi qilib oladi. Eski 
    qumg‘on tugul samolyot ham yetolmasligi bilan piching qiladi.
    “Bo‘ri chaqirgan majlis va beodob ot haqida latifa” she’rini olaylik.
    Qo‘y ko‘z yosh to‘kdi ba’rab,
    Isyon qilmadi lekin.
    Ketarkan ma’yus qarab,
    “Rahmat” deb qo‘ydi sekin.
    * * * * 
    Lekin unga tan berib 
    Ichida “qoyil” dedi.
    Quyon, echki va qo‘yni 
    Aytgan vaqtida yedi.
    Adib yuqoridagi hangomada qoyil, raxmat kabi tuzilishi jihatidan sodda 
    tashakkur undovlardan foydalanadi. Bilamizki, bo‘ri hamma vaqt o‘zidan ojiz 
    hayvonlarga zug‘um qiluvchi yirtqich hayvon sifatida asarlarda ishtirok etuvchi 
    obraz hisoblanadi. Bechora qo‘y joni omon qolishini eshitib sekingina “rahmat” 
    aytib ketmoqchi bo‘ladi.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    215 
    Lekin she’r mazmunini pragmatik jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, “rahmat” 
    undov so‘zi qo‘yning qo‘rquv ostidagi minnatdorchiligini va shu bilan birgalikda 
    bo‘ri ruxsat bergani bilan bundan keyin unga omonlik baribir yo‘qligini oldindan 
    prognozlayapti, bu bilan inferensiya hodisasi yuzaga chiqmoqda. Lekin bo‘ri otning 
    aqliga ichida “qoyil” undov so‘zini aytadi. Bu yerda ekspressiv tagma’no yuzaga 
    kelgan.
    Qay oliy makonga safar qilmayin 
    Qay yiroq sohilga eltmasin qismat,
    “Assalomaleykum!” deya jilmayib 
    Bir o‘zbek qondoshim qarshilar albat. ; 
    Yuqoridagi 
    Vatan 
    madhi 
    kuylangan 
    she’rni 
    olaylik. 
    Ijodkor 
    “Assalomaleykum” undov so‘zini qo‘llash orqali o‘zbek millatiga xos milliy 
    koloritni ochib bera olgan. (Assalomaleykum) undov so‘zi tuzilishiga ko‘ra tarkibli, 
    chunki adib ikki so‘zni qo‘shish (assalomu alaykum) orqali kundalik nutqiy 
    undovidan foydalangan. Semantik jihatdan salomlashish undovi hisoblanadi. 
    Salomlashish undov so‘zlari ko‘p ( salom, xayrli tong, xayrli kun, xayrli kech va h. 
    k). Biroq E. Vohidov aynan( assalomaleykum) undovini ishlatishi bilan o‘zbek xalqi 
    o‘zining go‘zal tarbiyasi orqali dunyoning eng chekka o‘lkasida ham ajralib turishini 
    ko‘rsatib bergan.
    Uchar edim g‘oyat tez, baland,
    Onam pastda, kenglikda qolib- 
    Qo‘l silkirdi: oq yo‘l, bolajon.  
    Yuqoridagi she’rda ishtirok etgan oq yo‘l undov so‘zi tuzilishiga ko‘ra tarkibli, 
    mazmunan xayrlashuv ma’nosini bildiradi. Mitti bolakayning tushida osmonda 
    uchib ketayotgani va pastda esa onasi unga oq yo‘l tilayotgan holati keltirilgan. Oq 
    yo‘l ijobiy funksional bo‘yoqqa ega undov so‘zdir. Oq yo‘l undov so‘zi (bolajon) 
    undalmasi bilan birgalikda kelib, kichraytirish, erkalash, bolaning kelajagi 
    porloqligiga bòlgan ishora sifatida yashirin tagma’nolarni ifodalashga xizmat qilgan.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    216 

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “тақво” қозонига солиб, устига “ ҳаё”

    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish