Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
205
jarayonini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmas ekan. Badiiy asardagi onomastik
birliklar, xususan antroponimlar ham mana shu millat, xalq hayoti va o‘tmishidan
olingan, unda o‘z aksini topadi. Xuddi shuning uchun ularni o‘rganish, tadqiq qilish
muhimdir. Bu orqali biz o‘z milliyligimiz, tariximizni bilish va anglashda yana bir
qadam oldinga siljiymiz. Badiiy asar tilidagi antroponimlar tadqiq qilish bir
tomondan tilshunoslikning antroponimika sohasi uchun ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchi
tomondan tilshunoslikdagi eng dolzarb masalalardan biri – badiiy asar tili va
yozuvchining uslubi muammosiga ma’lum bir
aniqliklar kiritishi bilan
ahamiyatlidir. Badiiy asarlarda qo‘llanilgan antroponimlarni tahlil qilish o‘zbek
tilshunosligida shaxs nomlarining o‘rnini belgilash, bugungi kunga qadar qanday
fonetik, leksik va grammatik holatlarni boshdam kechirganligi, semantik taraqqiyoti
to‘g‘risida ma’lum bir xulosalar chiqarish mumkin bo‘ladi. Ushbu fiklar tasdiqini
topish uchun
O‘tkir Hoshimov asarlariga murojaat qilamiz.
ertasiga Shodivoy dadasining gapini unga yetkazadi: “Jo‘rang aqalli bittayam
shoxini qoldirmabdi. Qo‘limga tushsa…”
Rais tomonidan ba’zi o‘rinlarda “tutxo‘r” deb murojaat qilingan:
-Iye, senmisan? – dedi g‘alati iljayib. Ovozi yalinibroq, yig‘lamsirabroq
chiqqanga o‘xshadi. –
Nima qilib yuribsan, tutxo‘r? “Tutxo‘r” dedimi. Bundan
chiqdi haliyam esida ekan-da. Battar qo‘rqib ketdim. (1)
Shunisi qiziqki, hamma narsani ko‘paytirib aytadigan Qo‘shovoy singlisi
Mavjudaning ismini qisqagina qilib “Ju” deydi: O‘zimdan bir yosh Ju degan singlim
bor. (Oti Mavjuda men uni “Ju” deyman.)
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”
(2) qissasida “Po‘stdumbali
moshkichri” hikoyasi bor. Hikoyada Naim sartarosh tomonidan Olim parovoz,
Hakim naynov deya kishilarning aynan laqab qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Laqab bilan qo‘llash kishi nomini aytish aynan o‘shao damning ma’lum bir
xususiyatini kamchilik sifatida bo‘rttirib ko‘rsatish uchun yoki salbiy munosabat
ifodalash maqsadida atayin qo‘llaniladi. Bu bilan laqab qo‘yuvchi kishi o‘zini baland
tutishi, mensimasligini ifodalaydi. Xalq orasida Olim paravoz (paravoz haydaganiga
ishora qilib, kamsitish ma’nosida buyum bilan tenglashtirish ma’nosi sezilib turibdi),
Hakim naynov deganda esa “naynov” so‘zida novcha so‘ziga nisbatan “salbiylik”
semasi borligini ko‘rish mumkin.
Quyidagi parchalarga e’tibor bering: “-O‘zingni soddalikka solma, uka. Man
hammasini bilaman. “Ohoni” bo‘lmasa…
Olim paravozni gazeta maqtab
chiqarmidi?
Birinchi bo‘lib paravoz haydaganmish. Yolg‘on! Qachon qarasa
ko‘mirga botib yuradigan rabochiy edi. Ha, xo‘p, boringki, haydagan bo‘lsin. Ha,
nima qipti?
Hakim naynov-chi? Birinchi o‘qituvchilardan emish. Man bilmasam
ekan uni! …O‘lguday zehni past bola edi. Tag‘in bular persanalniy pensaner emish!”
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
206
“…Maqola… Qachon chiqadi endi?” Erta-indin chiqib qolsa kerak.
Hozir
tekshirishyapti, - dedim nihoyatda xotirjam ohangda. – agar rost bo‘lsa, maqolani
chiqarib sizga personalniy pensiya tayin qilisharkan. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, sudga
berisharkan. Naim sartarosh bir daqiqa ko‘zlarini pirpiratib angrayib qoldi. -Labbay!
So‘tga! Kimni so‘tga beradi? -Siz bilan meni. Yolg‘on gapirganingiz uchun sizni,
yolg‘on yozganim uchun meni. – Shunday dedim- burilib ketaverdim.
O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida ham laqamlar ko‘p
qo‘llangan. Asarda bu laqablar personaj xarakterini ochishda yoki asarda ko‘zlangan
maqsadni yoritish vositasi uslubiy vazifa bajarayotganini ko‘rish mumkin.
Lumladan, “kobra” asar boshida laqab sifatida qo‘llanganini ko‘rish mumkin.
…Hammasiga o‘sha “A-1” armaturali lan’ati panel sabab bo‘ldi. Yo‘q, gap panelda
emas, “Kobra”da! “Kobra” deganimiz boshqarmamizning boshlig‘i Shavkat
Qudratovich. Shu odam vaqtida uysozlik kombinatidan “A-1” emas, “A-2”
armaturali panelni yetkazib berganida olam guliston edi. Tag‘in do‘ urushiga
o‘laymi?! Uch kun avval “Moskvich”ida kep qoldi… Brigadagi yigitlar uni “Kobra”
deganicha bor. Har “ko‘zi” piyoladek oynak taqib yuradi. O‘zining yuzi lagandek.
Razm solib qarasangiz, oppoq chinni laganning ikki chetiga ikkita piyola to‘nkarib
qo‘yilganga
o‘xshaydi.
Aslida
kim
qanaqa
ko‘zoynak
taqishi
o
zining ishiku-ya! Faqat Shavkat Qudratovichning fe’li g‘alati: o‘tirgan kreslosini
shunaqangi yaxshi ko‘radiki, safar akaning aytishicha, orqasini o‘sha kursiga kamida
“besh yuz” markali sement bilan yopishtirib olgan: qimirlasa terisi shilinib chiqadi.
Unga bitta narsa kerak:qay yo‘l bilan bo‘lmasin, planni bajarsa…bas. Dadam menga
bir gapni ko‘p aytgan. “Ozingdan katta odam noto‘g‘ri gapirsa ham qo‘rslik qilma,
muloyimlik bilan tushuntir”. Men ham “muloyimlik bilan” tushuntirdim: -Shavkat
Qudratovich, o‘zingiz bilasiz. “Vannochka” foyda qilmaydi… Yo‘q gapimni
eshitgisi ham kelmadi.
- Siz…siz… - dedi labi titrab. – Mayda odamsiz!
Davlat manfaatini
o‘ylamaysiz! Mana shu uyga ko‘chib kirishni o‘n yildan beri kutayotgan odamlar
bor! Onalar, bolalar. Ulug‘ Vatan urushining invalidlari… Topshiriqni bajaring!
Indamasang “siyosiy” tomondan oladi!
-Yaxshi!-dedim. – bitta iltimos, “A-1” armaturali panelni montaj qilish
mumkin, deb yozib bering… O‘z qo‘lingiz bilan… “Kobra” seskanib ketdi. Hatto
lunji shishib ketgandek bo‘ldi.
Siz… - dedi vishillab. – Ilg‘or boshqarmamamizning umum maqsadiga
ataylab bolta uryapsiz. Ko‘ramiz, montajchilaringiz nosvoychining haqini olsa, nima
deb sayrab qolarkansiz… Umuman… sizdaqa brigadrdan voz kechish masalasini
o‘ylab ko‘ramiz... faktlarimiz yetarli…
Asarda bu laqab boshliq – Shavkat Qudratovichga nisbatan qo‘llanilgan.
Ilonlarda bir xususiyat bor: ular o‘ljasini juda qattiq himoyalaydi.
Boshliq ham
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
207
mansabini – o‘tirgan kursisini juda qattiq himoya qiladi. Shu lavozim uchun hech
narsadan qaytmaydi. Shuning uchun unga bu laqab berilgan. Ikkinchi tomoni –
tashqi yuz ko‘rinishi ham ayniqsa ko‘zoynak taqishidagi o‘xshashlik ham bu
laqabning xususiyatini yana bir karra oshirgan.