• Tayanch so‘zlar
  • Ключевеые слова
  • OYDINNISO SHE'RLARINING AYRIM LINGVOPOETIK




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   219
    OYDINNISO SHE'RLARINING AYRIM LINGVOPOETIK 
    XUSUSIYATLARI 
     
    Amanova Solihabonu 
    Samarqand davlat universiteti 
    Ilmiy rahbar: Sherzod Normo‘minov, f.f.f.d., (PhD) 
    Annotatsiya: Ushbu maqola Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining taniqli 
    vakilasi Oydinniso ijodining ayrim lingvopoetik jihatlarini o‘rganishga 
    bag‘ishlangan. Maqolada Oydinniso she’rlaridagi anafora, alliteratsiya, 
    oksyumoron kabi bir qator uslublar va badiiy mahorat tahlil qilingan.
    Tayanch so‘zlar: lingvopoetika, anafora, alliteratsiya, oksyumoron, semantik 
    ma’no, badiiyat.
    Аннотация: Данная статья посвящена изучению некоторых 
    лингвистических и поэтических аспектов творчество Айдиннисо известного 
    представителя узбекской литиратуры периода независимости. В статье 
    анализируется ряд стилей и художественных приемов таких как анафора 
    аллитирация оксюморон в стихах Айдиннисо.
    Ключевеые слова: лингвопоэтика анафора аллитирация оксюморон 
    семантическое значение художественный 
    Annotation: This article is devoted to the study of some linguistic and poetic 
    aspects of the poems of Aydinniso, a well-known representative of Uzbek literature 
    of the independence period. The article analyzes a number of styles and artistic skills 
    in Aydinniso‘s poems, such as anaphora, alliteration, oxymoron.
    Key words: lingvopoetics, anaphora, alliteration, oxymoron, artistic.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    197 
    Keyingi yillar istiqlol davri o‘zbek nazmida, ko‘proq insonga, uning qalbiga, 
    “men"dagi “men"iga qaratilgan asarlar maydonga keldi va kelmoqda. Ana shunday 
    tuyg‘ulari ummoniga g‘arq qila oladigan, she'rlari orqali umuman o‘zgacha bir 
    olamga olib kiradigan, Go‘zal Begim ta'biri bilan aytganda “dardlari yuqumli" 
    ijodkor Oydinnisodir. Uning she'rlarida insoniy tuyg‘ular va iztirob yetakchilik 
    qiladi. Lirik qahramon kitobxon ongida bo‘y ko‘rsatadi va dardli misralar yurakka 
    singadi. Xuddi, quyidagi misralardagi kabi: 
    Ehtimol, baxtsizlik bexabar 
    Mening ko‘zgumdagi aksidan.
    Manglayimni g‘ijimlab boqar,
    Qochib bo‘lmas sira dastidan.
    Badiiy asar tilida tasviriy vosita juda qadimiy va keng qo‘llanuvchi lingvistik 
    xususiyatdir. Unda tilning rang-barang uslubiy imkoniyatlari o‘z ifodasini topadi. 
    Davrlar o‘tishi bilan ijtimoiy-siyosiy hayotda yangilanish bo‘lgani sari badiiy tilda 
    ham yangicha jilolar paydo bo‘ladi, tasviriy vositalar yangicha mazmun kasb etadi, 
    tilning o‘ziga xos uslubiy bo‘yoqlarini namoyon etadi. Shu sababli ham sintaktik 
    figuralar va troplarning yozuvchi va shoirlar tili va uslubi doirasida o‘rganish 
    tilshunoslik fani oldida hamisha dolzarb va muhim masalalardan biri bo‘lib qoladi. 
    Shuning uchun ham tilshunoslikda badiiy tasvir vositalarini o‘rganishga katta e'tibor 
    bilan qaralmoqda.
    Oydinniso she'riyati ham o‘zining bir qator badiiy tasviriy vositalarga boyligi 
    bilan ajralib turadi. Shunday uslubiy figuralardan biri so‘zlar takroriga asoslangan 
    anafora hodisasidir. Takrorning mazkur turiga shoira ijodidan juda ko‘plab misollar 
    keltirish mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, anafora hodisasi ma’noni kuchaytirishga, 
    nutqni ta’sirchan qilishga xizmat qilsa-da, eng asosiysi misralardagi semantik ma’no 
    hisoblanadi. Ijodkor badiiy tasvir vositasiga muvofiq she’r yozib, semani unutsa, 
    kutilgan natijani ololmasligi mumkin. O‘zbek tilshunosligida badiiy matn tadqiqi 
    sohasida jiddiy izlanish olib borgan olim M. Yo‘ldishev “Badiiy matn 
    lingvopoetikasi” asarida ham shakl va mazmunning uyg‘unligi tamoyili haqida aytib 
    o‘tgan.
    Anafora Oydinniso misralarida semantik ma’no bilan muvofiq va mutanosib 
    tarzda qo‘llanilgan: 

    Onam hali yosh deb aldangan gumroh 
    Onam mangudir deb adashgan banda.

    Qotib qolgan osmonning ko‘ksi 
    Qotib qolgan yer yana ko‘proq.

    Oshkor aylagandek butoq, yaproqlar
    Oshkor aylayverdi yuragim zorin.

    Qirq yomg‘irdan sidirdim g‘amni,


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    198 
    Qirq yomg‘irim quvonchga do‘ndi.

    ochiq tasvirlashga xizmat qiladi. Har lahza bir orzu chorladi imlab,
    Har lahza o‘rtadi mumtoz ayriliq.

    Shuncha uzoq uchdingmi g‘arib,
    Shuncha uzoq kechikkuningcha… 
    Yuqoridagi misralardan ko‘rinib turibdiki, so‘zlarni takror qo‘llash she'rning 
    ma’nosiga putur yetkazmagan. Aksincha, ma’noni to‘laroq ochish va fikrni to‘laroq 
    yetkazish uchun xizmat qilgan.
    Ketib borayapman, bilmam qayoqqa,
    Ketib borayapman, men ketmog‘im shart.
    Tortib borayotir yuragim ortga,
    Tortib borayotir bir davosiz dard. 
    1
    Yuqoridagi misralarda anaforaning ishlatilishi kitobxonni lirik qahramon 
    kechinmalari girdobiga kiritadi. Ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ijodkor 
    tuyg‘ularini bir qadar 
    Shoira ijodida faqatgina so‘zlar takrori emas, balki, tovushlar takroriga 
    asoslangan alliteratsiya hodisasi ham kuzatiladi. Alliteratsiya nutqdagi tovush 
    takrori demakdir. 
    2
    Alliteratsiyadan ham me'yorida va eng asosiysi badiiy tasvir 
    vositasiga zo‘r bermasdan, ma’noga zarar yetkazmay qo‘llash lozim. Oydinniso 
    she'rlarida alliteratsiyadan me'yorida va semantik ma’no bilan mushtarak holatda 
    foydalnilgan. “Poyonsiz ko‘ngilni ko‘mib kuzlarga" “k" tovushidan, “Qarog‘imda 
    quyosh qadalgan" “q" tovushidan alliteratsiyaning namunalari yuzaga kelgan.
    Oydinniso til vositalarining birikmalar shaklidagi aktuallashuviga asoslangan 
    oksyumoron hodisasidan ham she'rlarida ajoyib obrazlilikni yuzaga keltirishda 
    foydalangan.
    Ko‘zyosh kabi tovushsiz isyon 
    Va shovqinli jimlik kulguday 
    Haqiqatday haqsiz bir gumon 
    Va unga inonmoq o‘lguday.
    Bilamizki, oksyumoronda ma’nolari bir-biriga yopishmaydigan so‘zlar 
    yonma-yon ishlatilib, yangi ma’no kasb etadi. “tovushsiz isyon", “shovqinli jimlik" 
    poetik vositalari ham xuddi shunday vazifani bajargan. Biron odamga yoki tuzumga 
    nisbat ko‘tarilgan g‘alayon isyondir. Va u tovushsiz bo‘lmaydi. Jimlik esa, 
    tovushsizlikdir, u qanday qilib shovqinli bo‘lishi mumkin? Mantiqan o‘ylaganda bu 
    mumkin emas. Biroq, shoiraning ushbu misralari butun bir yaxlit asar serjiloligini 
    oshirishga xizmat qilgan.
    1

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OYDINNISO SHE'RLARINING AYRIM LINGVOPOETIK

    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish