ABDULLA ORIPOV “IKAR” SHE’RIDA QO‘LLANILGAN




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/219
Sana19.01.2024
Hajmi3,62 Mb.
#140785
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   219
ABDULLA ORIPOV “IKAR” SHE’RIDA QO‘LLANILGAN 
ANTROPONIMLARNING BADIIY-G‘OYAVIY VAZIFASI 
 
Muxtarova Zarnigor Javohirbek qizi 
magistrant 
Andijon davlat universiteti 
Biz yashayotgan dunyo o‘tkinchi, ko‘z ochib yumgunchalik fursatda davrlar 
ham o‘taveradi. Bu foniy dunyoda inson mayda tashvishlardan ustun turishi, 
odamzodga foydasi tegadigan buyuk ishlarga qo‘l urish uchun o‘zida kuch topa 
olishi lozim. Abdulla Oripov umri davomida o‘zigacha hech kim qo‘l urmagan, lekin 
kelajak avlod uchun nafi tegadigan biror ishni bajarib insoniyat taraqqiyotiga hissa 
qo‘shgan odamni IKAR deb ataydi va shunday sarlavhada she’r yozadi. “Ikar” – 
“fazoga ilk bora qanot qoqqan”, “o‘zini beayov o‘tda yoqqan” qadimgi yunon 
afsonaviy qahramoni. Yunon afsonalarida u mashhur Afinalik ixtirochi Dedalning 
o‘g‘li sifatida eslanadi. Dedal Afinada sodir etgan jinoyati uchun o‘lim jazosidan 
qochib Krit oroliga boradi. U yerda Minos shohi uni va og‘lini tutqun sifatida 
saqlaydi, chunki Dedal mohir rassom ham edi. Butun umr tutqunlikda yashashni 
istamagan Dedal esa qochish uchun kechalari o‘z ixtirosi – qanotlar ustida ishlaydi. 
O‘zi va og‘li Ikar uchun ikki juft qush qanotini yasaydi. Qanotlar tayyor bo‘lgach 
ota va bola parvoz qilishadi. Ota o‘g‘liga quyosh patlarni ushlab turgan mumni eritib 
yuborishi, shuning uchun unga yaqinlashmaslikni uqtiradi. Bola Ikar esa parvozning 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
203 
zavqidan yanada yuqoriroq uchadi. Quyoshning zarrin nurlari uni o‘ziga rom etadi. 
Qiziqish uni Quyosh tomon yetaklaydi. Mumlar erib, bola Ikar bo‘ronli dengizning 
eng qorong‘u qa’riga qulaydi. Ota esa o‘z ixtirosini butun umr la’natlab, o‘g‘lining 
firog‘ida umr o‘tkazadi
1
. Lekin uning kashfiyoti insoniyatning kelajakdagi 
ixtirolariga turtki bo‘ldi. Ijodkor Ikarning bitta emasligini ta’kidlaydi: 
“Ikar bitta emas, yo‘q, bitta emas,
Sanog‘i yulduzlar misoli katta.
Kimki ilk savobga iz ochdimi, bas,
Shu yilning Ikari bo‘lgay, albatta”
2
.
She’rda ilk bora savobga iz ochish ham buyuk jasorat sifatida baholanadi. 
So‘ng shunday jasorat ko‘rsatganlarga sanaladi. Ulardan Prometey – insonlarga 
xudolardan o‘g‘irlab olov keltirgan.
“Ikardir Prometey nomini olib,
O‘t izlab xudolar qoshiga borgan”.
Bu ishi uchun jigarini har kuni quzg‘unlar kelib cho‘qigan:“... Birovin jigarin 
cho‘qib quzg‘unlar”. Jordano Bruno – geliosentrik nazariyani olg‘a surib, Quyosh 
sistemasidan tashqarida tirik mavjudotlar yashaydigan olamlar borligi haqida 
zamonasi uchun dalil, isbotlar keltiradi. (“... Birovi o‘tlarda yongan beomon”) Bunga 
aqli yetmagan johil olomon tomonidan o‘tda yoqiladi.
“Gullar maydonidan anqiydi hanuz 
Jasur Brunoning jizg‘anak dudi ”.
Sapartak – qadimda Rimda ko‘tarilgan qullarning yirik qo‘zg‘oloni rahbari. 
Jangda halok bo‘lgan, ammo uning o‘limi ham bekor ketmaydi. Qullar qo‘zg‘oloni 
Rimda imperatorlik boshqaruvi shakli o‘rnatilishini tezlashtirgan.
Gulsara – Gulsara Yoqubova, O‘zbekiston xalq artisti. Ayollar ichida avvalgi 
qatorlarda akrisalikda o‘zini sinab ko‘rgan va buni uddalaganlardan biri. She’rda 
“olovqalb ukam” deya murojaat etilib, talabalarga nasihat qilinadi: 
“Arslon juftgarchisi kabi va lekin 
Obro‘ yuqi bilan yashama zinhor”.
Juftgarchi so‘ziga quyidagicha izoh beriladi: “sher va arslonlarning yemish 
topishida vositachilik qiluvchi hayvon”. Demak inson qilgan ishni inson qila oladi. 
Shoir idealidagi Ikar – kimningdir obro‘siga sherik bo‘lmaydi, “oqmagan daryo”dek 
(“Oqmagan daryoning nomidir taqir”) “olma pish, og‘zimga tush” deb o‘tirmaydi, 
harakat qiladi, intiladi, izlanadi. Bu dunyoda har doim oliy maqsadlar sari dadil 
qadam tashlaydi. Jasorat ko‘rsatadi. She’r talabalarga (sarlavha osti izohida shunday 
deyilgan) bag‘ishlanadi. Abdulla Oripov bu she’rni “talabalarga” atab yozishidan 
maqsad ular kelajak avlod, vatanimizning ertangi vorisidir. Lug‘aviy ma’nosi 
1
Ru.m.wikipedia.org 
2
Abdulla Oripov.“Saylanma”. “Tafakkur qanoti” n.,-T.,2019. 44-bet. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
204 
“so‘rovchi”, “talab qiluvchi”. Biz odatda ilm talab qiluvchilarni, ilm yo‘lida faoliyat 
yuritadiganlarni talaba deb ataymiz. Demak, talabalar bu keng ma’noda o‘z ustida 
ishlayotgan, bilimlarini kengaytirayotgan, izlanish olib borayotgan jamiki 
insonlardir. Ularning bugungi izlanishi, ixtirolari, haqiqatga tik qarashlari, ezgu va 
savob ish uchun yangi yo‘llarni ochib berishlari hamma vaqt insoniyatning baxtli 
kelajagi garovi bo‘lgan.
Sinmas qanot bilan – buyuklar misol 
Ikar bo‘la olgin o‘zing ham axir!” 
Demak, shoir talab qilayotgan ideal har doim insonlarni foydali harakatlarga, 
zamon bilan hamnafaslikka, doimo o‘z mehnati bilan ezgu maqsadlarga erishuviga 
da’vat etadi.

Download 3,62 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   219




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ABDULLA ORIPOV “IKAR” SHE’RIDA QO‘LLANILGAN

Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish