• Kalit so‘zlar
  • “KELINLAR QO‘ZG‘OLONI” KOMEDIYASIDA EMOTSIONAL-




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   219
     
    “KELINLAR QO‘ZG‘OLONI” KOMEDIYASIDA EMOTSIONAL-
    EKSPRЕSSIV LEKSIKA 
    Qo‘shinova Muyassar Umarboyevna 
    ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
    Namangan akademik litseyi 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” 
    komediyasida aks etgan emotsional-eksprеssiv leksika va uning o‘ziga xos lingvistik 
    xususiyatlari tasnifi tahlil etilgan. Emotsional-eksprеssiv leksika orqali 
    yozuvchining komik xarakter yaratish mahorati misollar asosida tahlil doirasiga 
    tortilgan.
    Kalit so‘zlar: emotsional-eksprеssiv leksika, komik xarakter, komediya, ko‘p 
    ma’noli so‘z va iboralar, denotativ ma’no, ifoda semalari, konnotativ ma’no.
    Annotation: This article analyzes the classification of emotional-expressive 
    vocabulary and its specific linguistic features reflected in Said Ahmad's comedy 
    "Kelinlar quzgaloni". The writer's ability to create a comic character through 
    emotionally-expressive vocabulary is drawn into the analysis based on examples.
    Аннотация: В статье анализируется классификация эмоционально-
    экспрессивной лексики и ее языковые особенности, отраженные в комедии 
    Саида Ахмада «Kelinlar kuzgaloni». В анализе на примерах привлекается 
    умение писателя создать комический образ посредством эмоционально-
    экспрессивной лексики.
    Said Ahmad ijodida emotsional-eksprеssiv leksika vositasida komik xarakter 
    yaratish, yumor va satirada uslubiy bo‘yoqdor leksikadan o‘rinli foydalanish 
    kuzatiladi. Yozuvchining «Kelinlar qo‘zg‘oloni» asari komediya janriga xos barcha 
    xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan. Komediya janrida yaratilgan asarlar dramatik 
    turga mansub bo‘lib, qahramonlarning o‘ziga xos xarakterini yoritishda yumor va 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    182 
    satiraga boy bo‘lishi bilan boshqa dramatik asarlardan farq qiladi.
    “Komediya” (yunoncha komos-quvnoq marosim, ode-qo‘shiq) antik 
    davrdayoq janr sifatida shakllangan. Komediya dramatik turning komiklikka 
    asoslangan janri bo‘lib, unda xarakterlar, holat va voqealar kulgili tarzda, komiklikka 
    yo‘grilgan holda taqdim etiladi. Antik zamonlardan to klassitsizim davriga qadar 
    komediya tragediyaning aksi ko‘rilgan va adabiyotshunoslikka oid risolalarda 
    tragediyaga yuksak, komediyaga esa tuban janr sifatida qaralgan. Mazkur hol XVIII 
    asrgacha, ma’rifatchilik adabiyotida oraliq janr sifatida drama paydo bo‘lgunga 
    qadar davom etgan. Keyingi ikki asr davomida komediya muttasil rivojlandi, turfa 
    janr xususiyatlarini kasb etib, imkoniyatlari kengaydi [Quronov D., Mamajonov Z., 
    Sheraliyeva M., 2010: 138-bet].
    “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asarini lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchi 
    mahoratini namoyon etadigan emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda 
    reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay 
    darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Rangsiz tasviriy 
    san’at, ohangsiz musiqa bo‘lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni 
    insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq 
    qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf etadi. Biroq 
    bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobga chiqariladi. Aslida, taniqli 
    adabiyotshunos olim O. Sharafiddinov ta’biri bilan aytganda, “Adabiyot tildan 
    boshlanadi. Adibning yozuvchilik nigohi qancha o‘tkir bo‘lmasin, tafakkur quvvati 
    qancha baquvvat bo‘lmasin, inson tabiatining sir-u asroridan har qancha boxabar 
    bo‘lmasin, qalami o‘tmas, uslubi to‘mtoq, tili g‘aliz bo‘lsa, uning oliyjanob niyatlari 
    qog‘ozda qolib ketaveradi. Yozuvchi hayot haqidagi tasavvurlarini, ijtimoiy-
    ma’naviy muammolar haqidagi hukm va xulosalarini kitobxonga til orqali yetkazadi, 
    odamlar qalbidan kechadigan ismsiz tuyg‘ularga nom beradi, so‘z sehri bilan 
    kitobxonga ta’sir ko‘rsatib, uning fikriy dunyosini, ruhiy olamini harakatga 
    keltiradi”
    [Шарафиддинов О., 1987: 27-bet].
    Badiiy adabiyotda tilning o‘rni beqiyos. Shuning uchun taniqli rus yozuvchi 
    Konstantin Fedin o‘z vaqtida “Badiiy adabiyot til san’atidir. Hatto badiiy formaning 
    bosh bo‘laklaridan biri bo‘lgan kompozitsiya ham yozuvchi tilining hal qiluvchi 
    ahamiyati oldida keyinda turadi. Biz yetilmagan yoki hatto yomon kompozitsiyali 
    yaxshi asarlarni bilamiz. Lekin tili yomon yaxshi asarning bo‘lishi mumkin emas”, 
    – deb alohida ta’kidlagan edi [Дониёров Х., Йўлдошев Б., 1988: 78-bet].
    Badiiy tilning lingvistik xususiyatlarini o‘rganish sohasida o‘zbek badiiy nutq 
    uslubiyati fani keyingi yillarda salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Eksprеssivlik, 
    faqatgina san'atkor, yozuvchilar tiligagina emas, jamoat arboblari, publitsistlar, hatto 
    olimlar tiliga xosligi tadqiqotlarda aks etdi.
    Eksprеssivlik va emotsionallik tushunchalari o‘rtasida ma’lum darajada 



    Download 3,62 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “KELINLAR QO‘ZG‘OLONI” KOMEDIYASIDA EMOTSIONAL-

    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish