|
Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari
|
bet | 1/6 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 71,62 Kb. | | #131591 |
Bog'liq Bolalar ongida natural sonlar qatori tizimining tarkib topishi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO`LIM
MAKTABGACHA TA’LIM YO`NALISHI
21-18-guruh talabasi
Zokirova Shaxnozabonu Azizbek qizining
“MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI”
fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Bolalar ongida natural sonlar qatori tizimining tarkib topishi.
Topshirdi: Zokirova Shaxnozabonu
Qabul qildi: _____________________
Farg`ona-2023
KIRISH 3
I BOB. BOLALARDA SON SANOQ HAQIDAGI TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH 4
1.1. Sanash va o'lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish. 4
1.2. Sanash natijalari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari. 7
II BOB. BOLALARDA BUTUN SONLAR QATORI HAQIDAGI TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH 20
2.1. Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo‘lishga o‘rgatish. 20
2.2. To'plamlarning tengligi va teng emasligi haqidagi tasavvurlani shakllantirish. 23
XULOSA 33
Glossariy 34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 35
35
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim sohasida tub o'zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo'lmoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2707-sonli Qaror, O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni, Maktabgacha ta'lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi, "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi" kabi me’yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug'ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim berish jarayonini takomillashtirishda bo'lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta'minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishida o'ziga xos o'ringa ega.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi.
|
| |