• MATEMATIK MODELLARNI QURISH METODLARI
  • Matematik model
  • Matematik modellarni qurish metodlari




    Download 29.88 Kb.
    bet1/6
    Sana22.06.2023
    Hajmi29.88 Kb.
    #75036
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH
    Маъруза-1, DARSNI psixologik pedagjgik tahlili(1), 8.Gorizantal – frezalash dastgohlarini ariqcha kesish uchun rostlash va sozlash., LECTURE 2 BIOSFERA RESURSLARI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH, 7-лекция, Teng va tengmas oraliqlar uchun interpolatsion formulalar reja i-fayllar.org, Masofaviy ta`lim o\'qitish , 8-dars Sanoq sistemasi 2024, 9-dars uyga vazifa 1, 3-dars uyga vazifa 1, aaaa krasford, matematikadan test 1-b guruh 22.01.2018, 17-Mavzu K.T.D.T, ivWLMvqXI6DRklOAl2ETbVFfpJEyv3iJIIazR5Ec

    Matematik modellar qurish.
    Reja:

    1. Matematik modellarni qurish metodlari. 




    1. Boshqaruv jarayonlarini modellashtirish.

    3. Matematik modellarning asosiy turlari.




    MATEMATIK MODELLARNI QURISH METODLARI

    Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarni yechishda 


    muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi 
    masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattalikni miqdor jixatdan ifodalash, so`ngra 
    bog`liqdigini o`rganish imkoniyatini beradi. 
    Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi. 

    Matematik model deb o`rganilayotgan ob`ektni matematik formula yoki 
    algoritm ko`rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog`lanishga aytiladi. Kompyuter ixtiro etilganidan so`ng matematik modellashning ahamiyati keskin oshdi. Murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish, so`ngra ularni kompyuterlar yordamida tatbiq etishning xaqiqiy imkoniyati paydo bo`ldi. Endilikda ob`ekt, ya`ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida tajriba o`tkazila boshlandi. 
    Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirsh va boshqalar bilan bog`liq bo`lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik modellash uslubining samaradorligini tasdiqlaydi. Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o`tkazish haqiqiy ob`ektni tajribada tadqiq etish mumkin bo`lmagan yoki iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan hollardao`tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy ob`ekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyuterda o`tkazilgan hisoblash tajribasi o`rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo`lib xizmat qiladi.
    Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyuterda hisoblash tajribasini o`tkazish yo`li bilan yadroviy urushning iqlimga ta`siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g`olib bo`lmasligini ko`rsatadi. Kompyuterli tajriba yer yuzida bunday urush oqibatida ekologik o`zgarishlar, ya`ni haroratning keskin o`zgarishi, atmosferaning chang-lanishi, qutblardagi muzliklarning erishi ro`y berishi, xatto yer o`z o`qidan chiqib ketishi mumkinligini ko`rsatadi. 


    Download 29.88 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 29.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematik modellarni qurish metodlari

    Download 29.88 Kb.