|
II-Bob. Fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni
|
bet | 4/7 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 156,11 Kb. | | #107151 |
Bog'liq Matematik tasavvurlarni shakllantirishII-Bob. Fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni
2.1. Ilk yoshli bolalarda fazoni his etish hususiyatlari
Insonning fazoda mo’ljal olish muammosi keng va ko’p qirrali. Fazoda farqlash va fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, obektlarning shakli, o’lchami, fazoviy yo’nalishlari, fazoda joylashgan o’rni, hajmi, bo’yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoda mo’ljal olish “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodas”dir. Fazoda mo’ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va aytib o’tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana shuning uchun ham “fazoda mzljal olish” tushunchasining mazmunini aniqlashda ba’zi mualliflar u atrof tevarakdagi buyumlarning holatlari, o’zaro masofalari, kattaliklari shakllari, o’zaro joylashuvlari va ularning mo’ljal olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o’z ichiga oladi, deb hisolaydilar. Birmuncha torroq ma’noda fazoda mo’ljal olish” ifodasi joyda mo’ljal olish deyignada, quyidagilar tushuniladi: a) “Turish nutqasi”ni, ya’ni subektning uni o’rab olgan obektlarga nisbatan makonini aniqlash. Masalan, men uydan o’ng tomonda turibman va h.k. b) atrofdagi obektlarni fazoda mo’ljal olayotgan odamga nisbatan yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o’ngda turibdi, eshik esa mendan chap tomonda; v) buyumlarning bir – biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini, boshqacha aytganda, ular orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash. Faol harakat qilish fazoda mo’ljal olishning zarur komponentidir, chunki inson fazoda “joyning bir nutqiasidan ikkinchi nuqtasiga harakat qilib, muvaffaqiyatli o’tishini amalga oshirish uchun” fazoda mo’ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo’ljal olish amalda har doim quyidagi uchta topshiriqqa bog’liq harakat (yo’nalishi) ni tanlash; shunga rioya (amal) qilish (yo’nalishni saqlash); harakat qoxirida maqsad (nishon) ni aniqlash. Bundan harakatlarning o’zaro muvofiqligi va aniq fazoviy mo’ljal olganligi muhim komponentlar va shu bilan birga. Insonning fazoda mo’ljal olishini egallashning ko’rsatkichi ekanligi ko’rinadi. Har xil yosh bosqichida bolalar bilan ishlashning mazmuni va uslubitining asosiy yo’nalishlarini qaraymiz. Bolalar bog’chasida tarbiya va tahlim dasturi”ning “Fazoda mo’ljal olish” bo’limi ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar tasavvurlarni rivojlantirish bo’yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk yoshdayoq boshlash kerak. Uch yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak –atrofda 9uy sharoiti, guruh “onasida, buyumlarning, o’yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida) juda katta qiziqini qiziqish bilan amaliy orientir (mo’ljal) olish bo’yicha har xil tajriba to’plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani xonalarning (guruh xonasi, uxlash xonasi, yuviniladigan xona, hojatxona), buyumlarning, narsalarning, o’yinchoqlarning fazoviy joylashuvlari bo’yicha erkin mo’ljal olishga o’rgatishi kerak. Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning qismini) ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi ba’zi o’zgarishlarni hech bir qiynalmay payqay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish chegaralangan fazoda harakat qilish yo’li haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot faoliyatida takomillashadi. Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining ikkinchi yilidanoq nutqlarida ham aks eta boshlaydi (“Mana”, “bu erda”, “u erda”, “bunda”). Buning ustiga so’zlar harakat yo’nalishini yoki qiziqtiruvchi buyumni ko’rsatuvchi imo – ishoralar bilan kuzatiladi. Ana shu yoshda bolalar “o’ziga”, boshqa odamga nisbatan mo’ljal (orientir) olishni egallay boshlaydilar. 3
Kattalarning takliflariga binoan, qo’g’irchoqning ko’zlari, og’zi, biqini, qo’lchalari qaerdaligini mamnuniyat bilan ko’rsatadilar. Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar, masalan, o’zlarining chap va o’ng qo’llaini farqlay boshlaydilar. Bunda katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni egallab olishiga yordam berishdan iborat. Ikkinchi kichik guruh Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytgancha, kichkintoy bunda “o’ziga”nisbatan o’ng, chap, yuqori tomon va h.k. larni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan”ga nisbatan mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng – chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik tug’diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. Bolaning o’ziga nisbatan mo’ljal olishi dasturining yangi vazifasiga –boshqa odamga, buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish vazifasiga – o’tish uchun zarur asos bo’ladi. Ammo boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish faqat o’z gavdasi sxemasini bilgandagina mumkin bo’ladi. Bola hayolan bu sxemani boshqa obektlarga nisbatan ko’chiradi va o’xshashlik bo’yicha uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, bolalar o’yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol harakat qilishadi. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini haarkterli detallarga qaratadi. Masalan, mashina qaralayotgan bo’lsin; oldinda kabina, orqada kuzov, pastda oldingi va keyingi g’ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni obektning fazoviy buyumlarini (ustida – ostida, tagida – yuqorisida, oldidan – orqasidan, bir tomoni –yosh tomonidan va ikkinchi tomonidan) o’zlashtirish imkonini beradi. Bolalar hali obektning o’ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi, bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda o’zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy harakteristikasini tushunish qisman o’zlashtiriladi. U holda, deb so’raladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish zarurmi? “O’ziga” nisbatan mo’ljal olishning o’zi etarli bo’lishi mumkinmi? Gap shundaki, tevarak –atrofimiz, ya’ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har xil buyumlar to’plami to’lib toshib yotibdi. Mana shu fazoda mo’ljal olish ularning har xil parametrlarini, jumladan, “oldindan”, “orqasidan”, “yonidan”, “ustidan”, “ostidan”, keyinroq buyumning “chap” yoki “o’ng” tomoni kabi parametrlarini hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o’ziga, so’ngra boshqa odamga, buyumlarga nisbatan qarama –qarshi tomonlarni ajratish, birichidan, istiqbolda bolaning faqat “o’ziga” nisbatangina emas, balki boshqa obektlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish malakasini egallashini ta’minlaydi. Ikkinchidan, bu bilim va malakalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni bilib olish uchun zarur. Biz bu munosabatlar haqida ularning tomonlariga – oldingi (yuz tomonga), yon, yuqori 9ustki) va h.k. tomonlarga mos kelishlariga qarab, mulohaza yuritamiz. Nihoyat, uchinchidan, hatto ancha chegaralangan fazo chegaralarida ham (guruh xonasi, yoki xonaning bir qismi, stolning usti, qog’oz varag’i va h.k.) mo’ljal olishning asosiy yo’nalishlarini bilishni nazarda tutadi. Bu yangi dasturiy vazifa. Bu to’liq o’zlashtirilgandan keyingina, uni butun ish mazmunidagi asosiy vazifa deyish mumkin.
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg’ulotlarida bu vazifalar. “Qo’g’irchoqni cho’miltirish”, “Qo’g’irchoqni uzlashga yotqizish”, “Qo’g’irchoqni kiyintirish” kabi didaktik o’yinlarda aniqlashtiriladi. Masalan, tarbiyachi kichkintoylarga qo’g’irchoqning boshini, yuzini (oyoqlarini) yuvishni, so’ngra esa, uning (bolaning) o’zi yuzi, boshi va boshqa a’zolari qaerda ekanligini ko’rsatishni so’raydi. Bolalarga fazoviy yo’nalishlarni o’z gavdasining aniq qismlariga mos qo’yishni o’rgatish kerak, yuqoriga – bosh tomonga, pastda – oyoqlar, oldinda yuz, chapda – chap qo’l, o’ngda – o’ng qo’l. Mashg’ulotlarda kichkintoylarni pastda – yuqorida, oldinda – orqada, chapda – o’ngda kabi juft qarama – qarshi yo’nalishlarni farqlashga o’rgatish kerak. Bu malakalarga tayanib, tarbiyachi bolalarni “o’zidan”ga nisbatan oldinga- orqaga, o’ngga –chapga kabi fazoviy yo’nalishlarni ko’rsatish va aytishga o’rgaish kerak. Masalan, ayiqchaga oldin o’ng qo’l, keyin chap qo’l bilan silkashni, qo’g’irchoq qaysi tomonga ketganini (o’ngga, chapga, zinadan yuqoriga, pastga), koptok qayoqqa dumalaganini ko’rsatish va aytishni so’raydi; bayroqchalarni oldin tepaga ko’tarish, so’ngra pastga tushirishni; qo’llarni oldinga (o’z oldiga, to’g’risiga), chapga, o’ngga cho’zish, ularni orqaga yashirishni va h.k.ni so’raydi. Bu xil mashqlar vaqtida hg’amma bola va tarbiyachi bir tomonga qarab o’tirishlari yoki turishlari kerak. Dastur vazifa (masala) larini amalga oshirish “Bayroqcha qaysi tomonni ko’rsatmoqda?” kabi o’yin-mashqlar yordamida bajariladi. Bolalar, masalan, bayroqcha bilan qaysi yo’nalish (yuqori yoki past, to’g’ri yoki orqa, chekaa) ko’rsatilayotganini payqab olishlari kerak. Ularning o’zlari bayroqchalar, lentalar, pufaklar (sharlar), koptoklar yordamida ko’rsatilgan o’yin – topshiriqlarni bajaradilar. 4Yo’nalishlarni hisobga olgan holda fazoda mo’ljal olishning birinchi tajribasi, fazoning o’zini idrok qilishning qayta qurilishi shunday sekin – asta tarkib topadi. Asosiy yo’nalishlar bo’yicha tashqi dunyoning fazoviy tavsifini o’zlashtirish uzoq davom etadigan jarayondir. Maktab yoshidagi o’quvchilarda fazoni bunday idrok qilish va asosiy yo’nalishlarni bilganlik asosida mo’ljal olish uchun ba’zi asoslargina yaratiladi. Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, tekislikda mo’ljal olishning ba’zi malakalari (rasm solish, elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg’ulotlarining borishida) egallanadi. Bolalar varaq o’rtasini, uning yuqori va pastki qismlarini farqlashni, har xil yo’nalishlarda (chapdan o’ngga, yuqoridan pastga qarab) oziqlar o’tkazishni o’rganadilar, sanoq materialini ustki va pastki poloskalarga qo’yishni, uni varaqda, kartochkada chapga yoki o’ngga joylashtirishni o’rganadilar. To’rt yoshga qadam qo’ygan bolalarning ish mazmunida yana bitta vazifani,ya’ni buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarning ba’zi variantlarini (“ustida”, “ostida”, “orqasida”, “ichida”, “oldida”, “orqasida”, “yuqorisida”, “pastida”) bilib olish vazifasini ta’kidlash kerak. Bu vazifa o’yinlar (“O’yinchoqlar berkinmachoq o’ynaydi”, “Quyoncha qaerga yashirindi?”, “O’yinchoqni qaerdan topdingiz?” shaklida qiziqarli hal qilinadi. Dastur vazifasini bajarish kontekstida lug’at ustida ishlash ham olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolani dasturda nazarda tutilgan fazoviy belgilashlarni to’g’ri tushunishining o’zi, u (hatto ba’zida) yo’naltiruvchi savollar yordamida bu munosabatlardan mustaqil foydalana oladigan bo’lishining o’zi mutlaqo kifoya. Ikkinchi kichik guruh bolalari uchun o’ng va chapni farqlash juda qiyinlik bilan amalga oshadi. “O’ngga –chapga” yo’nalishlarini farqlashga o’rgatishning dastlabki bosqichida qanday pedagogik yo’l -yo’riq amalga oshirilishi kerakligi haqida fikr yuritamiz. O’z qo’llarini farqlash qobiliyati avval bolaning o’ng va chap qo’llari chun xos bo’lgan harakatlarni bajarish jarayonida seziladi. Masalan, ovqatlanish vaqtida u qoshiqni o’ng qo’li bilan, nonni esa chap qo’li bilan ushlaydi; rasm cholish mashg’ulotlarida bola chap qo’li bilan rasmni tutib turadi, o’ng qo’lida esa qalam, mo’yqalam bo’ladi. Bu ikki vaziyatdan tarbiyachi, bunday foydalanadi; mashg’ulot boshlanishida (yoki ovqat eyish oldidan) bolalar e’tiborini qalam (yoki qoshiq) ni har doim o’ng qo’lda tutish kerakligini, chap qo’l bilan esa, qog’oz varag’ini (yoki taqsimchani) tutib turish (nonni ushlash) kerakligini uqtiradi. Tarbiyachi bunga bolalar e’tiborini tortibgina qolmay, balki ko’rsatadi ham. Hatoga yo’l qo’ygan (yanglishgan) bolaga tarbiyachi ikkinchi marta ko’rsatadi (“Mana endi hammasi to’g’ri; qalam o’ng qo’lingda, chap qo’ling bilan esa qog’ozni tutib turasan”) Bolalarning harakatlarini tekshirishda tarbiyachi ular bilan suhbatlashadi, ma’qullaydi. Pedagogik baho his –tuyg’uga to’la bo’lishi, to’la qanoatlanganlikni ifodalashi, o’z tarbiyalanuvchilarining topqirliklaridan hayratlanishi”ni ifodalashi muhimdir. Bunday baholash o’ziga xos pedagogik usul bo’lib, bolaning harakatlari to’g’riligini ifodalabgina qolmay, balki his – hayajonli kayfiyat hosil qilida, ularning bunday mashqlarga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, o’z qo’llarining fraqlashni tezroq o’rganib olishga istak uyg’otadi. 1. Tarbiyachi dastlab bolalarga qo’llarini nomlari bo’yicha farqlashni o’rgatadi. Tarbiyachi bolalarning qo’llarini belgilaydi, bolalar ularni fraqlashadi. Shu maqsadda bu bolaga murojaat qilib so’raydi: - Sening o’ng qo’ling qani? - Mana (ko’rsatadi) - Sening o’ng qo’lingdagi nima? - Qoshiq. - Sening chap qo’lingdagi nima? - Non - Balli, sen qaysi qo’ling o’ng, qaysi qo’ling chap ekanini juda yaxshi bilar ekansan. Bir necha mashg’ulotdan keyin, bunday deb so’rash mumkin: “Hozir, men sizlardan o’z o’ng va chap qo’lingizni bilish bilmasligingizni so’rab, tekshiraman. “Odatda, bolalar tarbiyachining savollariga faollik ko’rsatib, mamnuniyat bilan javob beradilar (“Mendan hali so’ramandingiz”, “Men g’am bilaman”, “Qoshiq qaysi qo’limda ekanini mendan so’rang”, “Toping-chi, qalam qaysi qo’limda”). Bunda tarbiyachining vazifasi bu faollikni quvvatlab turishdan iborat. U so’raganda, bolalar ba’zida xato qiladilar (bunday xatolardan bolakaylarning hayajonli ta’sirlanishini ko’ra bilish kerak). Xato o’ziga xos pedagogik usuldir. Unda bola qaysi qo’li o’ng, qaysi qo’li chap qo’l ekaini pedagogga mamnuniyat bilan tushuntiradi. Bunday kichik mashqlar nihoyatda zarurdir. Bu xid mashqlarning davomiyligi bir yarim – ikki minutdir. Mashqlar bolalar e’tiborini asosni faoliyatdan chetga tortadi, deb aslo xavotir olmaslik kerak. Aksincha, bunday mashqlar bolalarning hayotiy faoliyatiga to’liq ravishda ijobiy ta’sir etib, ularni faollashtiradi. Mashqlar o’ziga xos “ma’naviy – his – tuyg’uga to’la tetiklashtirishning o’rnini bosadi, e’tiborning yo’nalishini o’zgartirish mexanizsomini mashq qildiradi. Ularning ta’limiy samarasi ravshan, bu samara mashqlarning kollektiv shakllarini o’tkazish rejimida (“haftasiga 3-4 marta individual ish bilan qo’shib olib borilganda) atigig bir – bir yarim oy o’tganidan keyin so’zila boshlaydi. Shunga qaramay, bunday savol paydo bo’lishi mumkin: “Aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’limning boshlanishida nega ilk bor bunday mashqlar, albatta, faqat ma’lum pedagogik vaziyatlarga jiddiy “Bog’langan” bo’lishi zarur? Gap shundaki, rasm solish mashg’ulotlarida, noneshta, tashki ovqat, kechki ovqat vaqtida bolalar har qaysi qo’l uchun “arakterli bo’lgan harakatlarni bevosita bajarishadi. Boshqa sharoitda bolalar bu harakatlar haqidagi tasavvurlar bilan ish ko’rishlariga to’g’ri keladi. Shu sababli noto’g’ri beriladigan javoblar miqdori ortib ketadi. Ana shuning uchun ham mashqlar samaradorligini orttirishning muhim sharti – oldinggi tajribani aktuallashtirib borishdan iborat. Qiyinchilik paydo bo’lgan hollarda farqlashning asosiy mezonini eslatib qo’yish zarur (“O’ng qo’lingda har doim qoshiqni ushlaysan” va h.q) Harakaterli tmooni shundaki, tarbiyachining yordami bolalarda faol harakat reaksiyasini uyg’otadi: ular tasavvurdagi qoshiqni (qalamni) qaysi qo’lda ushlash qulay ekanini qandaydlir darajada sinab ko’rishadi. Shu bilan ilgari shakllangan sensomator bog’lanishlar kompleks ravishda jonlantiriladi, shundan keyin bolalar taklif qilingan topshiriqlarni ko’proq ishonch bilan bajaradilar. Mashqlardan bog’cha tartibotining har xil momentlari (yuvinish, kiyinish, sayrga chiqishga yig’ilish)da foydalanish mumkin. O’z qo’llarini fraqlash malakasi uchun konkret pedagogik vaziyatda, musiqa, matematika, konstruksiyalash mashg’ulotlarida, harakatli o’yinlar vaqtida va jismoniy tarbiya mashqlarida bir necha daqiqa ajratish mumkin. Masalan, ikkinchi kichik guruhda o’tkaziladigan matematika mashg’ulotlarida tarbiyachi dastur vazifalarining butun bir kompleksini amalga oshirishi mumkin. Buning uchun galdagi vazifa xuddi oldingidek, o’z qo’llarini farqlash ko’nikmasini takomillashtirishdan iborat. Shu asosda keyingi yosh guruhlarda tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchilarini o’ng va chap oyoqlarini, ko’zlarini bir – biridan farqlashga o’rgatadi. Dasturning bu vazifasi bolalarni umumlashtirilgan idrokka, juft qarama- qarshi tomonlarni aniqlashga olib keladi. Mashg’ulotni guruh bilan yoki bitta bola bilan o’tkazish ham mumkin. Mashqlarning o’yin shakllarining samaradorligi, pedagogik jarayonda ulardan keng foydalanishning mumkinligi mazkur didaktik vositaning alohida ommaviyligidadir. Mana shu o’yin – mashqlarning varaintlari bo’lib, ularning maqsadi – qo’llarni o’z nomlari bo’yicha amalda fraqlashdan iborat. Bu mashqlarning davomiyligi 4-5 minutdan ortmaydi. “Qo’llaring qayerda?” Topshiriq: qo’llarni orqaga yashirish. Tarbiyachi oldin bolaning o’ng qo’li qayerda, chap qo’li qayerda ekanini topadi, so’ngra bitta (yoki bir nechta) bolaga o’z qo’llarini ko’rsatish va ularning nomini aytishni taklif qiladi. “Zoldir qani?” Topshiriq: zoldirni kaftga berkitish. Tarbiyachining vazifasi zoldir qaysi qo’lda – o’ng qo’ldami yoki chap qo’lda ekanini topish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga navbati bilan o’zlarining chap va o’ng qo’llarini ko’rsatishni, ularni atashni, zoldir qaysi qo’lga yashirilganini aytishni taklif qiladi. “Bayroqchani ol”. Tarbiyachi bolalar qaysi qo’l o’ng (chap) qo’l ekanini eslashlarini, shu qo’l bilan bayroqchani olishni; bayroqchani boshqa qo’lga o’tkazishni, qo’lni yuqori ko’tarishni, bayroqlani silkitishni va yana boshqa (chap) qo’lga o’tkazishni taklif qiladi. Yoki ko’k bayroqcha (chap) qo’lga o’tkazishni taklif qiladi. Yoki ko’k bayroqcha (lentacha) o’ng qo’lda, sariq bayroqcha chap qo’lda. Topshiriq: bayrochalar o’rinlarini almashtirish. Shunday keyin tarbiyachi so’raydi: “Bayroqning rangi qanday? U qaysi qo’lda?”. “O’yinchoq qaysi qo’lda?” Tarbiyachi oldin bolalardan biriga o’yinchoqni o’ng (chap) qo’l bilan olishni aytadi. keyin esa, bola o’yinchoqni qaysi qo’liga olishni xohlasa, o’sha qo’liga olishini va o’yinchoq qaysi qo’lida ekanini aytishni taklif qilishi va u o’ng qo’lida qanday o’yinchoq, chap qo’lida qanday o’yinchoq borligini aytishi kerak. “Toshlarni boshqa qo’lingga o’tkaz”. Bir nechta (5-6 ta) toshni bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tkazish kerak. Topshiriqni bajarish jarayonida bola o’z qo’llarini farqlaydi, ularni belgilaydi. Shu bilan bir vaqtda bola “bitta” va “ko’p” atamalarini farqlashni o’rganadi. O’z qo’llarini farqlashga oid bundan keyingi mashqlar qiyinroq harakatlar bilan bajariladi. “Nima og’ir?” Topshiriq: ikki buyumdan qaysinisi og’ir )yengil) ekanini aniqlang: qaysi qo’ldagi (o’ng yoki chap qo’ldagi) buyum og’ir, qaysi qo’ldagisi yengil ekanini aniqlash. Bolalar kichik guruhda olingan bilimlar asosida “o’ngga chapga” “fazoviy yo’nalishlar) bilan tanishadilar. Bu yosh guruhlarida bolalar bu yo’nalishlarni farqlashgagina o’rgatiladi. (bilib olish, mustaqil aytish va ko’rsatish). Dasturning navbatdagi muhim vazifasi chegaralangan gorizontal tekislikda (qog’oz varag’i, sanoq mateirallini qo’yish uchun kartochka) “O’ngga chapga) yo’nalishlari bo’yicha mo’ljal olishning dastlabki malakalarini rivojlantirishdan iborat. Bolalar o’ng qo’llari bilan sanoq materialini tanlab olib, ularni kartochkaga chapdan o’ngga yo’nalish bo’yicha qo’yishni o’rganadilar. Topshiriq; tekislikning uzunligini boshqa poloska yoki lentacha bilan taqqoslash uchun teksilik ush, nihoyat, uchinchidan tekislikda mo’ljal olish. Endi umumlashtiruvchi xulosalarni (tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 bilan cheklanamiz: 1. Bolalar o’ng va chap qo’l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang barang amaliy tajribasini to’plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial harakterini (o’ng qo’lda qoshiqni, qalamni, mo’yqalamni ushlash, chap qo’lda taqsimcha, qog’oz varag’i va hokazolarni tutib turish) mustahkamlash, so’ngra bolalarni qo’llarining nomlari bo’yicha farqlashsh, nihoyat, uchinchidan tekislikda mo’ljal olish. Endi umumlashtiruvchi xulosalarni (tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 bilan cheklanamiz: 1. Bolalar o’ng va chap qo’l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang barang amaliy tajribasini to’plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial harakterini (o’ng qo’lda qoshiqni, qalamni, mo’yqalamni ushlash, chap qo’lda taqsimcha, qog’oz varag’i va hokazolarni tutib turish) mustahkamlash, so’ngra bolalarni qo’llarining nomlari bo’yicha farqlash va mustaqil nomlashga undash zarur. 2. Qo’llarning nomi bilan har qaysi qo’l uchun xos bo’lgan harakatlar xarakteri (bola o’ng va chap qo’li bilan nima qiladi) orasidagi aloqani mustahkamlash. 3. O’rgatuvchi mashqlarda ikkala qo’lning nomi va harakat xarakteri bo’yicha qiyoslash kerak. Taqqoslash differensiallash jarayonini jadvallashtiradi. 4. Mashqlar va differensiallash tobora murakkablashtira borilishi kerak. a) o’ng va chap qo’l uchun xarakterli bo’lgan tabiiy harakatlarni bajarish jarayonini aniqlashdan bu harakatlar haqidagi tasavvurlar asosidagina farqlashgacha; b) berilgan masala yagona va mustaqil bo’lgan (“Sening qo’llaring qayerda?”, “Bayroqchani ol”, “Zoldir qani?”) vaiyatda aniqlashdan, natijada uni bajarish jarayonidan (“Qaysi qo’l bilan uzoqqa?)”, “Qaysi qo’l bilan aniqroq?”) farqlashgacha murakkablashib borishi kerak. Pedagogik tajribani tahlil qilish ko’pincha bolalar bilan ishlash natijalari kutilganidan anchagina past ekanini ko’rsatmoqda. Buning sababi uslubiy harakterlagi xatolarga yashirinib yotibdi. Ularni harakterlab o’tamiz. Ko’pincha tarbiyachilar qo’llarning aniq nomlari (“chap, “o’ng”) o’rniga bu qo’l” yoki “yo’q, bu qo’l emas, boshqasi”, deyishadi. Boshqa bir xato. Tarbiyachi qo’llarni o’z vaqtida va to’g’ri belgilaydi, bolalarni ularni mustaqil nomlashga undaydi. Ammo og’zaki bilimlarda asosiy mezon – har qaysi qo’l uchun haarkterli bo’lgan haarkat faoliyatini tushunib yetishdan uzilgan holda shakllantiriladi. Sensor komponentdan uzilgan holda og’zaki farqlash jiddiy uslubiy xatodir. Navbatdagi xato. Tarbiyachi ko’pincha xatoni mustaqil tuzatish muhimligini yetarlicha baholamaydi. U yerdan berishga shoshiladi, bayroqchani chap qo’ldan o’ng qo’lga o’tkazadi. Natija ravshan: kichkintoy endi bayroqchani o’ng qo’lida ushlab turibdi, yo’l qo’yilgan xatoga tushunib yetilmagan. Yana bitta xato. Bilish jarayonini jadallashtirish maqsadida tarbiyachi mezon sifatida mo’ljallangan buyumlarni aytadi, masalan, “derazaga yaqin turgan qo’l o’ng qo’l, chap qo’l esa devorga yaqin turgan qo’ldir”. Aniq shart – sharoitda, tushunarliki, hammasi xatosiz aniqlanadi. Ammo shuni hisobga olish kerakki, bu holda bolalar eng oldin buyum oriyentirlarni farqlaydilar. Bizning hozirgi “o’ng – chap” dunyomiz keng va turli tumandir. Uni hatto katta yoshdagi bolaning ham mustaqil ravishda tushunib olishi oson emas, unda, masalan, fazoviy xarakteristikaning nisbiyligi, uning hisob boshlanadigan nuqtaga nisbatan bog’liqnligi aralashib ketishi mumkin. Bunday holda nima absolyut va o’zgarmas? Bolaning o’z fazoviy sxemasi (koordinatlari) o’zgarmas. Har qaysi odamning sxemasi va buyum olmi obyektlarining fazoviy sxemasi o’zgarmas.
|
| |