|
Bog’cha bolalarini tekislik ustida mo’ljal olishga o’rgatish
|
bet | 5/7 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 156,11 Kb. | | #107151 |
Bog'liq Matematik tasavvurlarni shakllantirish2.2. Bog’cha bolalarini tekislik ustida mo’ljal olishga o’rgatish
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha muassasalar dasturining “Fazoda mo’ljal olish” bo’limi bo’yicha elementar “fazoviy ta’limi” mana shu haqiqatlarni o’zlashtirib olishdan boshlanadi. O’rta guruh “Fazoda mo’ljal olish” bo’yicha ishlash bir necha yo’nalishda o’tkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustaqil bo’lib qolishadi, o’yinchoqlar saqlanadigan joyni bilishadi, o’rnatilgan tartibga amal qilishadi.
O’rta guruhda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga o’rgatiladi, o’quv yilining ikkin iyarmidan boshlab esa, materialni mashg’ulotga tayyorlash o’rgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, o’quv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini o’zlashtirish bilan bog’liq. Bolalar endi binoda va bolalar bog’chasi uchastkasida erkinroq mo’ljal oladilar. Masalan, boshqa guruhlar, musiqa zali, vrach xonasi qayerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning hammasi atrofni o’rab olgan fazoda katta qiziqish bilan mo’ljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yo’nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik muloqotlarda, ya’ni o’qishdan tashqari vaqtda ham keng joriy qilishadi. O’rta guruhda o’quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni ham hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni mustahkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni o’yinlarda, dasturning boshqa bo’limlariga bag’ishlangan mashg’ulotlarda har xil hayotiy situasiyalarda qo’llashga o’rgatadi.5
“Bolalar bog’chasida ta’lim tarbiya dasturi”ning “Fazoda mo’ljal olish” bo’limiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga o’ziga nisbatan yo’nalishni aniqlashni, berilgan yo’nalishda harakat qilishni (oldiga – orqaga, yuqoriga – pastga, o’ngga -chapga), o’ziga nisbatan buyumlarning holatini so’zlar bilan tushuntiradi. Ammo oldin bolaga nsibatan qarama- qarshi yo’nalishda turgan, ya’ni oldida orqasida, o’ngda – chapda turgan 1-2 ta o’yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlashga dir topshiriq beriladi. O’yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta –sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirig’iga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va o’z oldida chapida va o’ngida qanday buyumlar turganini aytadi. shundan keyin tarbiyachi boladan o’ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yo’nalishda turganligini aytishni so’raydi. Fazoda (“Top-chi, bunda nima bor?”, “Biling –chi, nima o’zgaribdi?” tipidagi) mo’ljal olishga doir mashqlar o’yin xarakteriga ega bo’lishi kerak. Bolalarda berilgan yo’nalishda harakat qilish malakaisni tarbiyalash maqsadida “Qayerga borsang, shuni topasan2, “Buyumni top”, “Bayroqchani top” kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin.
Bolalar o’yin topshiriqlarni bajarishda asosiy fazoviy yo’nalishlarni farqlashni va ularni belgilashni, mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi bolalar yo’qligida o’yinchoqlarni xonaning har xil joyiga (rasm orqasiga, gilam ostiga, shkafga va h.qga) berkitadi. O’yin boshlanishidan oldin, u bolalarga berkitilgan o’yinchoqlarni qidirishlarini aytadi. shundan keyin, u bolalarni navbati bilan stol yoniga chaqiradi, o’yinchoqni qaysi yo’nalishda qidirish kerakligini aytadi. Izlanishni boshlashdan oldin bola qanday o’yinchoq va qaysi yo’nalishni takrorlashi kerakligiga alohida e’tibor beriladi. Ishning mazmuni aniq va ixcham ifodalangan. Uni sharhlaymiz. Besh yoshga qadam qo’ygan bolalar fazoviy yo’nalishlarni farqlashlarigina emas, balki unga amal qilishlari ham kerak. “Dastur...ja” bolalarni berilgan yo’nalishda harakat qilishga o’rgatish kerakligi ta’kidlanadi. Shunday qilib, bilimlar bolalar tajribasida akslanishi, asosiy yo’nalishlarni hisobga olgan olda mo’ljal olish malkalarida sezilishi kerak. Bu yangi masala. Mana shuning uchun ham o’quv –o’yin topshiriqlarining bajarilish sur’ati dastlab sustroq bo’ladi. Axir bola berilgan yo’nalishni aniqlashdan oldin, ikki taklifdan birini tanlab olishi uchun (“Qayerga borasan? nima topasan?” deb ataluvchi mashhur o’yin namunasida) oldin o’ylab olishi kerakda. Dasturga muvofiq o’rta guruhda bolalar ko’proq fazoda o’zlaridan mo’ljal olishlari kerak, fazoda buyumlarning “o’ziga nisbatan” joylashganligini elementar tasavvur qilishlari kerak. Bu mazmun elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga bag’ishlangan mashg’ulotlarda didaktik vositalar – didaktik o’yinlar, qiziqarli mashqlar, “Nima o’zgardi?” tipidagi o’yin – mashqloar yordamida ro’yobga chiqadi. O’yinchi oldida turgan vazifa o’yinchoqlarning joylari o’zgartirilmasdan va o’zgartirilgandan keyingi joylashuvlarini topishdan iborat. Buyumlar oldin bir – biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashtiriladi. Ushbularni aniqlash kerak, uy qanday rangda, u qayerga joylashgan, boladan boshlangan yo’lning oxiridami, boladan oldindami, orqadami, undan o’ngdami yoki chapdami, uyga borishda yo’lda qanday o’yinchoqlar uchraydi, ulardan qasilari bolaga yoki uyga yaqin (uzoq) joylashgan va h.q atrofdagi buyumlarning fazoviy xarakteristikalarini tushunishlari, uning fazodagi xususiy joylashuviga bog’liqligi asta –sekin mana shunday oydinlashtiriladi. Bu xil o’yin – mashqlar real buyumli atrofni alohida buyumlar joylashuvining fazoviy xarakteristikasi bilan birgalikda idrok qilishga tayyorlaydi.
Katta guruh. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning fazoviy tasavvuri faoliyatning hamma turlari jarayonida kengayadi va mustahkamlanadi. Mashg’ulotlar tarkibiga fazoda mo’ljal olishga doir maxsus mashqlarning kiritilishi ham bunga imkoniyat beradi. Maslan, tarbiyachi bolalarga chapda eng baland, o’ngda eng past buyum turadigan qilib, buyumlarning kattaliklari bo’yicha yoyishni taklif qiladi, yoki uning o’zi stolga o’yinchoqlarni (it, mushuk, sigir, qo’y, quyon) joylashtiradi va bolalarga murojaat qiladi: “Sigirning yonida nima turganini qarang va ayting. Mushukdan chapda nima turibdi? Qo’y qaysi hayvonlar orasida turibdi?” So’ngra tarbiyachi o’yinochoqlarni biri – birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo’yadi va so’raydi. “Nima birinchi ketimoqda? Nimadan keyin mushuk ketmoqda? Nimadan oldinda sigir ketmoqda? Qo’ydan keyin nima ketmoqda?” va h.q Bolalar atrofdagi buyum orasida o’z holatlarini aniqlaydigan mashqlar ham samarali: “Stolning orqasida turibman, stolning yonida, deraza oldida turibman”. Katta guruhda maktabgacha yoshdagi bolalar qog’oz varag’ida mo’ljal olishga o’rgatila boshlanadi. Oldingi guruhlarning dasturlarida bunday vazifa yo’q edi. Tarbiyachi rahbarligida bolalar ma’lum miqdorligi buyumlarni ko’rsatilgan yo’nalishda; qog’oz varag’ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o’ng qismiga joylashtirish malakasini egallaydilar. Bunday topshiriqlar ham bo’lishi mumkin: varaqning chap qismiga 5 ta doiracha; o’ngiga esa 1 ta ortiq doiracha qo’y; varaqning pastki va ustki qismlariga 8 tadan uch burchak joylashtir. Topshiriqni bajarganidan keyin bola qanday figuralardan nechtasini joylashtirganini va qayerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarni buyumlarning qog’oz qarag’idagi, stoldagi, poldagi holatini belgilash uchun so’zlarni to’g’ri, ma’nosi bo’yicha ishlatishga o’rgatish kerak. Yil oxiriga kelib bolalar o’zlariga, boshqa odamlarga nisbatan o’rnini so’zlar bilan ifodalay oladigan bo’lishlari kerak. Ifodalangan qoidani tarbiyachi ochib berishga va to’ldirishga harakat qiladi.
Katta guruhlarda eng oldin asosiy yo’nalishlarni hisobga olgan holda fazoda tez mo’ljal olish tajribasini istiqbolda takomillashishi ta’minlanishi kerak. Topshiriqlar xarakteri tobora qiyinlasha boradi. Bajarish sur’ati ortadi, Tarbiyachi, “Paketni top”, “Bayroqchani top”, “Razvedkachilar” kabi didaktik o’yinlarda bir yoki ikki yo’nalishni birining ketidan birini ketma –ket topishnigina emas, balki birdaniga bir qancha (beshtagacha) yo’nalishni topishni taklif qilishi mumkin, masalan, “ Qayin daraxtigacha to’g’ri bor; o’nga burilib, besh qadam yur; chapga buril, yana uch qadam yur; orqaga buril (aylan)”. Yurish, yugurish jismoniy tarbiya va musiqa mashg’ulotlarida, harakatli o’yinlarda, badantarbiya daqiqalarida va ertalabki gimnastikada harakat yo’alishini tez o’zgartirish kabi mashqlardan keng foydalaniladi. Fazoda mo’ljal olish mashqlari bolalarda yo’l harakati qoidalari haqidagi bilimlarni shakllantirish ishi mazmuniga ham kiritiladi. Katta guruhda fazoda tez mo’ljal olish tajribasi ham rang –barangdir: “Ko’z bog’lash” o’yinlari juda murakkab topshiriqdir – nishongacha berk ko’zlar bilan borish talab qilinadi (“Toychaga yem ber”, “Barabanga taq –taq urish” o’yinlari). Bu vazifa ustida ishlash dasturning bolalarning fazoviy munosabatlar haqidagi bilimlarini kengaytirish talabi kabi (“chapdan”, “o’ngdan”, “yuqorida”, “pastda”, “oldida”, “orqasida”, “orasida” doimo diqqat markazda turmog’i kerak.
Ma’lumki, bolalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni fraqlashning dastlabki tajribasini kichik va o’rta guruhlarda olganlar. Katta guruhda bu bilimlarni kengaytirish, sistemalashtirish masalasi, bolalarni o’yin materiallaridagina mo’ldal olishgagina emas, balki atrofdagi real sharoitda ham mo’ljal olishga o’rgatish vazifasi qo’yiladi. Mana shuning uchun ham bu yosh guruhida bunday topshiriqlardan foydalanish ma’qul, u yoki bu buyum qayerda hamda u boshqa buyumlarga nisbatan qanday joylashgan? Masalan, qurilish materiallari qo’yilgan shkaf eshikdan chap tomonda turibdi: eshik bilan shkaf orasiga rasm osib qo’yilgan; kitob burchagi shkaf qarshisida derazalar orasiga joylashtirilgan va h.q Maxsus didaktik o’yinlarda (“Qo’g’irchoqqa mebellarni joy – joyiga qo’yishga yordam bering”, “Nima qayerda turibdi?” va h.q) real buyum muhitning bundany fazoviy –og’zaki tavsiflari ham tekislikda mo’ljal olish kabi besh yoshli bolalarga to’la mos keladi. Maktabgacha yoshga yetguncha bolalarda tekislikda mo’ljal olishga doir bilim va malakalarning ma’lum miqdordagi tajribasi to’planadi. Bolalar varaq teksiligida uning o’rtasini, burchaklarini, chekaalarini yoki tekislikni chegaralovchi tomonlarini bemalol ajrata oladilar; varaqning ustki yoki ostki (yuqori va quyi) chap va o’ng qismlarini ajrata oladilar.
Bolalar asosiy fazoviy yo’nalishlarni hisobga olgan holda tekislikda mo’ljal ola biladilar. Bu malkalarni ular hali kichik va o’rta guruhlardayoq doimo egallashgan. Hozirgi bosqichning assoiy vazifasi bu tajribani mustahkamlash, chuqurlashtirishdan iborat. Bunday mashqlar foydali: buyumlar tasvirlangan rasmlar varag’i tekisligida kichki o’yinchoqlarni, geometrik figuralarning modellarini joylashtirish. Bu topshiriqlarni bajarganlaridan keyin bolalar obyektlarning tekislikda va bir – biriga nisbatan joylashuvlarini mustaqil ravishda tavsiflab berishlari kerak (masalan, qizil doiracha varaqning o’rtasida uchburchaklar orasida turibdi, sariq uchbuchak doirachadan chapda, ko’k uchburchak esa, undan o’ng tomonda turibdi). Ish mazmunidagi yangi eyelement -oraliq yo’nalishlarni bilishdan iborat. Bola tekislikda oriyentir (mo’ljal) olganidan keyin, uning har bir alohida elementini yoki qismini (burchagi, tomoni, uning biror qismi) yanada aniqroq aytishi mumkin.6 Endi varaq tekisligining to’rttala burchagining har bir xususiy tavsif oladi: ustki o’ng burchak, ustki chap burchak, pastki chap burchak va h.q Varaq sirtida, masalan, markazdan balandda (tepada) yoki markazdan pastda (quyida) joylashgan yana ikkita qismni o’ng va chap qismni ajratish mumkin; varaq sirtining to’rtta qismining har biri ikki yoqlama, ya’ni ustki o’ng qism yoki pastki chap qism kabi, fazoviy tavsif oladi.
Fazoda mo’ljal olish malakalarini qiyinlashtirish shart – sharoitlariga besh yoshli bolalarning bilimlari bemalol yetadi, ammo bunda bitta shart bajarilishi zarur: elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida didaktik o’yinlardan, qiziqarli mashqlardan keng foydalanish kerak. Va, nihoyat, oxirgisi: bolalarga faqat “o’zidan” emas, balki boshqa odamga, boshqa buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish haqida. O’quv – o’yin topshiriqlari – o’rtog’ining o’n gtomoni yoki chap tomoniga turish, undan oldinda yoki orqada turish, ko’rsatilgan buyumga nisbatan o’zining fazodagi o’rnini tavsiflab berish; ko’rsatilgan oriyentirga nisbatan bir yoki bir necha buyumni joylashtirish – bolalarning bu malakalarni muvaffaiyatli o’zlashtirishlariga yordam beradi.
Tayyorlov guruhi. Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo’nalishida ularning o’zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o’zi orasidagi fazoviy munosabatlarda, shuningdek, qog’oz varag’ida (teksilikda) mo’ljal olish malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi “chapdan – o’ngdan”, “ustida –ostida” kabi qarama- qarshi yo’nalishlarni ajratishga asoslanishi kerak. Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish uchun bunday topshiriq beriladi: varaqning yuqori chekkasiga 4 ta varaqcha va pastki chekkasiga shuncha gulcha qo’yish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga nima qayerda yotganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan 9figuralar miqdorini orttirish, ular o’rinlarini almashtirish va h.q) foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, “kim eslab qoladi?”, “nima o’zgardi?”, “Nimalari bilan farq qiladi?”, “Juft kartochkalar” kabi o’yinlarni o’tkazish tavsiya qilinadi. Bunday topshiriqlarni o’tkazish metodikasi haqida fikr yuritamiz. Olti yoshli bolalar “o’ziga” nisbatan to’la ishonch bilan mo’ljal oladilar. Ammo hali ularning ko’pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o’ng va chap tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o’zi tomoniga yuzi bilan aylangan o’rtog’ining o’ng qo’li uning chap qo’li qarshisida bo’lish holi ajablantiradi. Nega bunday bo’ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va malakalarning puxta stereotipi (andozasi) yig’ilib qoladi: o’ngda (o’ngroqda, o’ngga), o’ng qo’l turgan tomonda bo’ladi. Bu fazo “o’zidan” mo’ljal olishda mutlaqo to’g’ri. Ammo endi vaziyat o’zgardi. “Bolaga boshqa odamdan yoki boshqa buyumlardan mo’ljal olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi subyektning o’zidan tashqarida belgilanadi. Bu yerda oldinga tajriba fazoviy vaziyatlarning yangi variantlari bilan ziddiyatlikka kirishgandek bo’ladi. Haqiqatda esa, masalan, bola o’zi bilan juft bo’lib turgan. Malik o’zidan o’ng tomonda turganini yaxshi biladi. Bu endi odat, oddiy haqiqat. Amo teskari fazoviy munosabatlarni (chunonchi, “Agar Malik mendan chap tomonda turgan bo’lsa, u holda men undan o’ng tomonda turgan bo’laman”) tushunish tayyorlov guruh bolalari uchun ham unchalik oson emas. Bu yerda “boshqa odamga nisbatan” mo’ljal olish vaziyati mavjud. Buni to’g’ri tahlil qilish uchun bola eng oldin o’rto0ining o’ng va chap qo’li (tomoni) ni aniqlashi kerak. Katta guruhda bolalar bu malakani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko’nikma bo’lishi kerak.
Olti yoshli bolalar o’ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni xuddi o’ziga nisbatan o’ng va chap tomonni aniqlagandek aniqlashini yaxshi tushunib olmoqlari kerak (chap tomon o’ng qo’l turgan tomonda, o’ng tomon chap qo’l turgan tomonda) aniqlashning samali usuli xayolan o’rtog’ining orqasiga turishdan iboratdir. Shunday qilib, “yuzi bilan orqasiga”boshlang’is holatidan, ya’ni bola shrto0ining orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o’ng va chap tomonni aniqlash kerak, shundan keyin “yuzma-yuz” holatida, ya’ni boshqa bola qarshisiga turib, “o’ng-chap”ni farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday boshlang’is holatda, hatto o’rtog’i orqasi bilan turganda ham, “o’ng –chap” tomonlar aniqlanadi. Katta guruh bolalari fazovyi yo’nalishlarning asosiy guruhlarini muvaffaiyatli farqlay oladilar. Ular bu bilimlardan atrof fazoda va gorizontal tekislikda mo’ljal olishda bemalol foydalana oladilar. Kichki yoshdagi guruhda ularga oraliq yo’nalishlar (“o’ngdan oldinda”, chapdan oldinda”) tanishtirilgan, ammo amalda qo’llashni bittagina vaziyat –varaq tekisligida mo’ljal olish bilan chegaralanilgan edi. Maktabgacha tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Chunonchi, bolalar atrofdagi fazoda (guruh xonasi, zal, uchatka) mo’ljal olib, endi guruh xonasi yuzining oldingi o’ng qismini, yoki oldingi chap qismni ajrata oladilar, orqadagi o’ng burchakni, yoki chap burchakni aniqlab oladilar va h.q shu fazo chegarasida mavjud har bir buyumga imkoni boricha aniq fazoviy – og’zaki tavsif beriladi. Yoki ular o’yinchoq mashinani (toychoqni, kuchukchani, ayiqchani) qaror ekanlar, har bir g’ildirakni (oldingi o’ng yoki oldingi chap, orqadagi o’ng yoki chap g’ildirak) ajratib va tavsiflab bera oladilar. Fazoviy yo’nalishlarni, shuningdek, oraliq yo’nalishlarni hisobga olib, mo’ljal olish tajribasi ham ancha o’zgaradi. “buyumlardan” mo’ljal olishga oid topshiriqlar miqdori asta –sekin ortadi. Topshiriqlarni bajarish sur’ati va sifatiga nisbatan talabalar ortadi. Ko’p mashqlar musobaqa elementlarini o’z ichiga oladi (topshirqini kim tezroq, aniqroq bajaradi) shunday qilib, maktabga tayyorlov guruhida murakkablashtirish elementalari va ba’zi yangi topshiriqlar amalga oshirila boradi. Varaq tekisligida mo’ljal olti yoshli bolalar bilan ishlashda muhim masala ekani yukorida ko’rsatilgan edi. «Varaq tekisligi geometriyasi» endi qisman o’zlashtirilgan. Endi olingan tajribani puxtalash, mustahkamlash kerak. Shu maqsadda tayyorlov guruhda «Ko’urishga oid diktant», «Eshitishga oid diktant» kabi qiziqarli mashqlardan keng foydalaniladi; juft rasmlar bilan didaktik o’yinlar o’tkaziladi; tasvirlangan buyumlar, geometrik figuralarning fazoviy joylashuvlarining xar xil variantlari ifodalangan maxsus jadvallardan foydalaniladi. Katakli yoki chiziqli «mikro fazoda» mo’ljal olish yangilik bo’lib kiradi. Bolalar varaqning chiziqli yoki katakli qismlari bilan tanishtiriladi, masalan, geometrik naqshning yoki alohida shakllar, belgilar, rayem elemetlarining joylashtirilishlariga e’tibor beriladi; namunaga qarab, ularning fazoviy joylashuvlarini mustaqil qayta tiklashga o’rgatiladi va x,. k. Kichik fazoni ajratish, to’g’ri idrok qilish va alohida elementlar — harflar, belgilarning joylashuvlarini aniq qayta tiklash qiyin masala ekanini ta’kidlaymiz. Ammo bo’lajak birinchi sinf o’quvchisi buni hal qilishga tayyorlangan bo’lishi kerak. Buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlash. Olti yoshli bolalar bilan ishlashda buyumlarning o’zaro joylashuvlari belgilari bo’yicha, ularning orasidagi munosabatlarning rangbarang variantlarining hammasn (ichida, ustida, tagida, orqasida, oldnda, orasida, qarshisida, o’ngida, chapida, to’g’risnda va h. q) namoyon qilinishi kerak. Bolalar ularni maxsus didaktik vaziyatlar (didaktik o’yinlar o’yinchoqlar bilan mashqlar)da ham buyumni fazo muxitida ham bir xil darajada taniy oladigan bo’lishlarn kerak.
Didaktik material snfatida geometrik obyektlardan (geometrik jismlar, geometrik figuralar modellari), buyumlarning bir-birlariga nisbatan joylashuvining fazoviy kurinishini aks ettiruvchi rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi. Real obyektlar ham rasmlardа sxema tarzida (soddalashtirib) berilgan bo’lishi mumkii. Bu guruhda bolalarni real fazoni aks ettiruvchi sodda sxema va rejalarni «ukish»ni urgatish imkoni paydo buladn. Bugungi kunda bunday ishning axamiyatini oshirib baxrlash dargumon. Shu bilan birga, bolalarda buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni tushunishni rivojlaitirishda ular bir buyumning boshqa buyumga nisbatan joylashgan o’rninigina aniqlash (quyoncha o’rdakchadan oldinda, qizil doiracha ko’k doiracha ustida yotibdi va h.q) bilan cheklanib kolmasliklarini kuzatib borish muxnm. Bolalar ikki yoki undan ko’p obyektlar orasidagi munosabatlarni topishlari kerak, masalan, qo’g’irchoq ayiqchadap oldinda, ammo matryoshkadan orqada, ayiqcha esa qo’g’irchoqning orqasida turibdi. Bu yumning joylashgan urnini topish eng oson topshiriqlardan bo’lib, u fazoviy munosabatlarni aniqlash vaziyatyaga kiritilgan.
Maktabga tayyorlov guruhida lugat ustida ishlash alohida muxim axamiyatga ega. Bo’lajak birinchi sinf o’quvchilari atamalarning umumlashgan ma’nosining ahamiyatini egallab, ulardan o’z nutqida mustaqil foydalaia oladigan bo’lishlari kerak. Bu rejada nutqda fazoviy belgilashlarni favllashtirnshga mo’ljallangan bezaki didaktik o’yin va mashvlar («Aksincha», «Fikrni tuldir», «Nima qayerda?»» samaralidir. Yo’l q»idalarini o’rgatish Bu ish jarayonida transport va piyodalar harakati! qoidalarini umumlashgan holda aks ettiruvchi maketlar, sxemalashtirilgan rasmlar, shartli belgnlar va sodda sxemalardan foydalaniladi. Shunday qilib, hozirgi zamon psixolognk va pedagogik tadqiqotlar hamda maktabgacha tarbiya muassasalarining ilg’or ish tajribalari quyidagilarga ishontirmoqda: bolalar bog’chasidan maktabga o’tish paytiga kelib, bolalar atroflaridagi buyumlar, fazo haqida yetarli hajmda ma’lumotga ega bo’ladilar. Ularning bilimlari maqsadga yo’naltirilgan o’rgatish sharoitlarida umumlashtirishning yuqori darajasiga erishadi: ya’ni «o’zidan», «buyumlardan», fazo yo’nalishlaridan mo’ljal olishning har xil usullarini sistema sifatnda bilganliklari asosida fazoda bemalol mo’ljal oladilar. Oxirida bugungn kunda bolalar bog’chasidan maktabga boruvchi bola «Bolalar bog’chasida ta’lim va tarbiya dasturi»ning «Fazoda mo’ljal olish» bo’limi bo’yicha egallashi kerak bo’ladigan bilim va malakalar hajmini aniqlaymiz. Bolalar quyidagilarni bilishlari kerak: — Fazoviy yo’nalishlar — asosiy (oldinga — or-qaga, yuqoriga — pastga, o’ngga — chaiga) va oraliq yo’nalishlar; — Buyumlarning joylashuvlari va ular orasidagi fazoviy munosabatlar o’rtasida, orasida, qarshisida, o’ngda, chapda, yuqorida, pastda, tagida; usdida; ichida; orqasida, oldida va h.k.); — Fazoda mo’ljal olishning ba’zi usullari (o’zidan, boshqa odamdan, buyumlardan, fazoviy io’nalishlar bo’yicha); — Piyodalarning ko’chada yurishining ba’zi qoidala-ri, ba’zi yo’l belgilari, uydan bolalar bog’chasigacha boriladigan va bolalar bog’chasidan uygacha bo’lgan yo’l; — fazoviy atamalarning ma’no ahamiyatlarini (tu-shunish va ulardan mustaqil foydalanish); — «o’zidan», har xil buyumlardan mo’ljal olish; — atrofdagi buyumlar va fazoda hamda tekislikda, mo’ljal olishning har xil usullaridan foydalanib. mo’ljal olish; — fazoda o’z o’rnini boshqa odamga nisbatan, bosh-Qa buyumlarga nisbatan aniqlash; buyumlarning o’rnini o’ziga va buyumlarning bir-biriga nisbatan joylashuvlarini aniqlash.
Xulosa
Hozirgi zamon psixologik va pedagogik tadqiqotlar hamda maktabgacha tarbiya muassasalarining ilg’or ish tajribalari quyidagilarga ishontirmoqda: bolalar bog’chasidan maktabga o’tish paytiga kelib, bolalar atroflaridagi buyumlar, fazo haqida yetarli hajmda ma’lumotga ega bo’ladilar. Ularning bilimlari maqsadga yo’naltirilgan o’rgatish sharoitlarida umumlashtirishning yuqori darajasiga erishadi: ya’ni «o’zidan», «buyumlardan», fazo yo’nalishlaridan mo’ljal olishning har xil usullarini sistema sifatida bilganliklari asosida fazoda bemalol mo’ljal oladilar.
Oxirida bugungi kunda bolalar bog’chasidan maktabga boruvchi bola fazoda mo’ljal olish bo’yicha egallashi kerak bo’ladigan bilim va malakalar hajmini aniqlaymiz.
Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko`proq sabotlikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o`z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo`lishiga e'tibor bera bilishga odatlantirish kerak. Bolalarda matematik bilimlarga bo`lgan qiziqish, matematik xarakterdagi masalalarni sabr — toqat va tirishqoqlik bilan kyechish ko`nikmalari rivojlantiriladi. Induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang`ich ko`nikmalarini azaliy operatsiyalarni, ya'ni analiz qilish, sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va hayolni o`stirishga matematik ta'lim berish katta yordam qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng kо‘lamli ish bо‘lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan kо‘rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi.
|
| |