|
Matematika 5-sinf
|
bet | 1/3 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #101678 |
Bog'liq Foizlar-5-sinf
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
GURLAN TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI
43-AYRIM FANLAR CHUQUR O`RGATILADIGAN VA CHET TILLARINI O`QITISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI
MATEMATIKA fani o’qituvchisi O`razmetov Izzatning
(Matematika 5-sinf)
Sana:
Sinf: 5-sinf
Fan o’`ituvchisi: Urazmetov Izzat
MAVZU: Foizlar
Maqsad: Darsni DTS talabi asosida o’tish
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarda foizlar haqida bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda matematikaga qiziqishini uyg’atish. Faizlarga doir masalalarni hayotga tadbiq eta bilishni o’rgatish. Oilani muqaddas maskan ekanligini, ota-onaning farzandlariga bo’lgan mehrini hech qachon unutmasligini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarga foizlarga doir masallarni mustaqil yechishni, guruhlarda xamkorlikda ishlash samaradorligini o’rgatish.
Dars turi: yangi bilim
Dars usuli: noan’anaviy dars
Dars jihozi: videoproyektor, uy rasmlari, tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi axboroti. Yozuv taxtachasi va lattani tayyorligini tekshirish. Jurnalni yozish.
O’tilganlarni takrorlash.
Sinf o’quvchilari 5 ta guruhga bo’linib o’tirishadi.
O’qituvchi: O’quvchilar bugungi darsimizning mavzusi “Foizlar”, darsimizning nomi esa “Oila- muqaddas maskan”. Hammamiz bilamiz Vatan oiladan boshlanadi. Ota-onamizni va boshqa oila a’zolarimizni hurmat qilishimiz, e’zozlashimiz, qo’limizdan kelgancha yordam berishimiz kerak. Oila haqida Ko’p she’rlarni, maqollarni, ertak va rivoyatlarni o’qigansizlar deb o’ylayman. Qani kim oila, ota-ona, farzand haqida maqollar aytadi. (O’quvchilar o’zlari bilgan maqollarni aytadilar).Endi darsimizga qaytamiz.
O’qituvchi o’tgan darsda o’tilgan mavzu yuzasidan guruhlarda blis-savol o’tkazadi.
|
| |