|
PDEplot(pde1, [cos(t), sin(t),0], t=-2*Pi..3*Pi, ic_assumptions=[diff(u(x,y), x) = -cos(t)])
|
bet | 9/10 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #254585 |
Bog'liq Solijonov Barkamoljon KURSPDEplot(pde1, [cos(t), sin(t),0], t=-2*Pi..3*Pi, ic_assumptions=[diff(u(x,y), x) = -cos(t)]);
2.4 Maple dasturining differensial tenglamalarni yechish uchun mo`ljallangan maxsus paketida ishlash
Maple amaliy paketida differensial tenglamalarning yechimlarini hisoblash uchun dsolve[interactive] komandasi yordamida qulay muloqot oynasindan foydalanish imkoniyatiga ega. Muloqot oynasida natijani olish uchun oddiy differensial tenglamani qiymatini hisoblashda analitik va sonli usullardan foydalanish mumkin.
Analiz qiluvchi muloqot oynasini ishga tushirish quyidagicha:
>dsolve[interactive](diff(y(x),x) = (a[0]+a[1]*y(x)+a[2]*y(x)^2+a[3]*y(x)^3)/
(( s[1]*x+s[0])*y(x)+r[1]*x+r[0]));
Muloqot analizi uch sistemali qismdan iborat.
Har xil sistemali tenglamalar
Sistemalar boshlang`ich va aniq chegaralari
Sistemalar parametrlari (aniqmas o`zgarmaslar)
Muloqot oynasida har xil tenglama va tenglamalar sistemasini o`zgartirish kiritish uchun Edit tugmachasini bosish kerak. Bunda tenglamalarni joriy oynadagi parametrlarini o`zgartirish mumkin.
U shbu oynaning ikkita sohasi mavjut bo`lib, sistemaga ishlatilayotgan va yangi tenglamalarni qo`shish mumkin. Buning uchun yangi tenglama (tenglamalar sistemasi) larni kiritib, Add tugmasi bosiladi. Differensial tenglamani kiritishda xatolikka yo`l qo`yilsa, Edit
(Delete-kiritlgan tenglamalarni o`chiradi)
bosiladi. Tenglama tuzatilib, OK tugmasi (Cancel-bekor qilish) bosiladi.
Barcha o`zgartirishlar qilingandan keyin Done tugmasi bosiladi.
Tenglamaga boshlang`ich va chegaraviy shartlarni (x(0), y(0), …) kiritish yuqoridagi oynada bajariladi. Bunda Edit bosilganda quyidagi oyna chiqadi. Xato kiritilgan ma’lumotga o`zgartirish kiritishda Edit (Delete) tugmachasi bosiladi natijada quyidagi oyna chiqadi va xuddi oldingi tenglama kiritishdagi amallar bajariladi.
Tenglamadagi o`zgarmas parametrlarni kiritishda quyidagi oyna ochiladi.
Ochilgan oynada o`zgarmaslarga ixtiyoruy qiymatlarni kiritish mumkin.
Differensial tenglamalar sistemasini sonli yechimini topishda Solve Numerically tugmasi bosiladi va
ekranda quyidagi muloqot oynasi ochiladi.
Unda berilgan differensial tenglamani sonli yechish, uning grafigini ikki o`lchovli tekislikda va uch o`lchovli fazoda tasvirlash, animatsiya (harakatlantirish) berish, chizmani turli xildagi ranglarda tasvirlash va differensial tenglamalar ustida boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu muloqot oynasidan foydalanish ko`pgina qulayliklarga ega. Oynada muhim chiqishni tasvirlovchi kirish sistemasining raqamli yechimini topish uchun tanlovlarni aniqlash mumkin.
Izoh: Bu oynaga kirish sistemasi to`liq aniqlanganda, ya’ni kirim uchun unikal raqamli yechim olish mumkin bo`lganda erishish mumkin, chunki barcha muhim shart aniqlangan va barcha parametrlar raqamli kattaliklarga ega bo`ladi. Differensial tenglamalar sistemasini analitik yechimini topishda Solve Symbolically tugmasi bosiladi va ekranda quyidagi oyna chiqadi.
Differensial tenglamani qiymatini chiqarish uchun Solve, agarda qiymat katta joyni egallasa yoki qiyin bo`lsa, uni faqat katta oynada ko`rish mumkin. Katta oynadan foydalanish uchun Large Display tugmasi bosiladi Misol tariqasida ishlash uchun quyidagi oynani ko`rish yetarli.
Differensial tenglamaning grafigini chizhishda Plot tugmachasidan foydalaniladi. Plot options tugmachasi esa grafikni tanlash imkonini beradi.
Bu oyna grafikni chizishda unga o`zgartirishlar kiritishga qulay. Masalan uning nomini, o`qlarini, o`qlar va mustaqil o`zgaruvchi diapazonlar, umumiy tanlash (2D yoki 3-D) ikki o`lchovli va uch o`lchovli ko`rinishda, nuqtalar (qurilishida), o`qlarining naqshini va grafik ustida boshqa amallarni bajarish mumkin.
|
| |